103
dasturi» talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini
o’rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo’l qo’yilgan
kamchiliklarni aniqlash, ilg’or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi
pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo’llaniladi.
Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan
iborat: O’quv mashg’ulotlarining jadvali, o’quv dasturi, guruh (yoki sinf)
jurnallari, o’quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash
yig’ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim
muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o’quv-tarbiya ishlarini
tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta’lim muassasasi jihozlari (o’quv partalari, stol
stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
Mazkur metod muayyan yo’nalishlarda o’quv-tarbiya ishlari samaradorligi
darajasi, o’quvchilarda hosil bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi, ilg’or
pedagogik tajribalar mazmunini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: