Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan
pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining
g’oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab
chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish
imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va
shaxs ma’naviyatiga ziyon etkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi.
Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish,
mavjud ko’rsatkichlar vositasida ularning sodir bo’lish sabablarini o’rganish, zarur
chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga
keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator ob’ektiv va
91
sub’ektiv omillarga bog’liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi,
maqbul, ayni vaqtda samarali bo’lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan
yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti
va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Ayni vaqtda, O’zbekiston
Respublikasida pedagogik yo’nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik
yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni
aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy
aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning
psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama-
qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o’rni va roli, shuningdek,
dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi. Pedagogik ilmiy
tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi,
izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega
bo’lgan jarayon bo’lib, uning samarali bo’lishi uchun bir qator shartlarga rioya
etish zarur. Ular quyidagilardir:
-muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
-ilmiy farazlarning to’g’ri shakllantirilganligi;
-vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi;
-tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob’ektiv yondashuv;
-tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh,
psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi
qonuniyatlarining to’g’ri hisobga olinganligi;
-tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini aytib o‘tish;
-tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo’nalishda, tadqiqotlarni olib borishda
Pedagogik kuzatish metodi metodidan ham keng foydalanilmoqda.
Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo’llash jarayonida, ta’lim muassasalarining
o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo
holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar
o’rtasidagi farq to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish
murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida,
uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish
mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish,
o’quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati
yanada oshadi.
92
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo’l qo’ymaslik muhimdir.
Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish;
3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish;
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Pedagogik tarbiya haqidagi fanda pedagogik reallikni haqiqat voqelik bilish
usullsridan eng ko’p qo’llaniladigan usul bu kuzatuvdir.
“Kuzatuv” iborasi bir necha ma’noga ega. Hayotiy ma’nosi insonning atrof-
muhit bilan chambarchas bog’liqligini qamrab oladi. Kuzatuv unga (insonga)
muhitga
moslashishiga
o’z
hatti-harakatlarini
o’zgaruvchan
sharoitga
moslashtirishga yordam beradi. O’quv-ta’limiy kuzatuv o’quvchiga (talabaga)
o’rganayotgan narsasi haqida bu narsaning jarayoni bir-biriga bog’liqligi miqdoriy
sifatiy o’zgarishlari haqida tushuncha beradi.Pedagogik kuzatuv tarbiyachi, sinf
rahbariga o’zini tutishini idrok etishdan iborat. Nazoratchi uchun kuzatuv,
o’qituvchi hatti-harakati, ma’lum sharoitda sinf rahbarining harakati, uning kasbiy
faoliyati orqali pedagogik jarayonning tuzilishini ochib beradi. Ko’rinib turibdiki,
kuzatuv hayotiy yoki ilmiy (tadqiqot uchun) bo’lishidan qat’iy nazar pedagog
uchun juda qimmatlidir. Kuzatuvchanlik – pedagogik mutaxasislikning qimmatli
qaratqichlaridan biridir.
Lev Tolstoyning pedagogik ijodidan ma’lumki, maktab –bu laboratoriya, bu
yerda o’qituvchi hamma narsani kuzatishi o’z kuzatuvlarini tekshirishi va yana
kuzatishi kerakdir. Fan olamida ilmiy tadqiqot kuzatuvlar – bu olimning umumiy
qurolidir. Texnika rivojlanishi bilan tadqiqotchilar oddiy ko’z bilan
ko’rolmaydigan narsalarning maxsus moslamalar yordamida bilib olmoqdalar.
Fiziologiya va psixologiyadan ma’lumki, kuzatuvda barcha sezgi organlari
qatnashsa, uning natijasi yuqori bo’ladi. Kuzatiayotgan ob’yektni insonni ko’rish,
hidlash, sezish orqali har tomonlama ko’radi.
Tadqiqot kuzatuvi ko’rinishidan oddiyga o’xshasa ham murakkabdir. U
mukammal bo’lishi uchun bir necha bosqich va shartlardan iborat. Uning
murakkabligi yana shunda ko’rinadiki, kuzatuvchi maqsad qilib olgan tadqiqotini
diqqt bilan har tomonlama o’rganish bilan birga sharoitni ham qo’shib o’rganishi
kerak. Bu usulni ko’p olimlar ta’riflab berishgan. Jumladan, P.A.Gloriozov,
V.I.Zagvyazinskiy,
L.V.Zangol,
E.I.Monoezonov,
M.N.Skatkin,
S.P.Sshapovalenko kabilar. Bu usulning ilmiy tushunchasi yuzaga kelgan: biror-bir
pedagogic hodisa jarayonini kuzatish orqali aniq ma’lumotlar yordamida
maqsadga erishish.
93
Faylasuf
olimlar,
sotsiologlar,
iqtisodchilar,
pedagoglar,
psixolog-
ruhshunoslar uchun kuzatuv usuli, gnosologik qurol bo’lishi bilan birga uning
umumiy tushunchasi ham uchraydi. Ba’zi mualliflar kuzatuv tushunchasini
aniqlashda ham hayotiy, ham ilniy ma’nosini birlashtirishadi. Masalan falsafiy
ensiklopedik lug’atda yozilishicha, kuzatuv oldinda (belgilangan) va aniq
maqsadga yo’naltirilgan maqsadli faoliyatdir. Biroq bu yerda tushuncha
ma’nosida kuzatuvning bir nechta ta’rifi ta’kidlangan: birinchidan, kuzatuv inson
bajaradigan ish, ikkinchidan bu mehnat faoliyatining tarkibiy qismidir.
Pedagogika fanida uslub tushunchasiga qaytamiz. Tadqiqotchi talaba
quyidagicha ta’rifni qo’llashi mumkin.
Pedagogik tadqiqotda kuzatuv - bu sezgi organlari orqali qabul qilingan va
kelayotgan ma’lumotni birlamchi qayta ishlangan pedagogik holatlarni bilish
usuli.
Kuzatuvning asosiy vazifasi: olimning kuzatuv ob’yekti bilan to’g’ridan-
to’g’ri va qarama-qarshi bog’liqligi sharoitda o’rganilayotgan jarayon haqidagi
ma’lumotlarni tanlab olish
Falsafa nuqtai-nazaridan qaraganda, kuzatuv uslubi bilishning avvalida
joylashgan bo’lib, tom ma’noda anglash bilan bog’liq bo’lgan “jonli kuzatuv”dir.
Kuzatuv uslubiga asos-dialektikadir. Unga tayangan holdagina biz pedagogik
jarayonning murakkab pedagogik holatlarini, unig muhim tomonlarini ocha
olamiz.Kuzatuv fanga ma’lum bo’lgan va isbotlangan holatlarga qat’iy o’zgarishlar
kiritishi mumkin. Kuzatuv shunday yangi dalil kiritadiki, avvalgi izohni talab
qiladi Tadqiqotchining gneseologik qurollangan bo’lishi muvaffaqiyatning
metodologik sharti hisoblanadi. Bu ayniqsa o’quv-tarbiyaga kerak, chunki ilmiy
bilish o’quv bilim doirasiga joylashgan. Pedagogik kuzatuvda dialektika asosiy
mazmunni tashkil etadi, uning talablariish tashkil etishga bog’liqdir.Materialistik
dialektikadan ognli va mohirona ravishda foydalanish aniq va tushunarli natija
olishga olib keladi. O’quvchining aqliy rivojlanishiga foydali mehnatningta’sirini
tadqiqot uchun olaylik. Tadqiqotchi uchun bu ta’sirning xarakterini bilish qaysi va
qay miqdordagi kuzatuv ob’yektlari yordam beradi. Nazar doirasida sinaluvchi
shaxslar (o’quvchining yoshi, pedagogik, psixologik, sotsial, demokratik, tibbiy-
biologik ma’lumotlari) bo’lishi kerak. Ular o’rganayotgan fanlar, narsa mazmunini,
bunga ishlab chiqarish va faoliyatga doir mavzular ham kiradi. O’quvchining ikkita
bir-biriga bog’liq bo’lgan; pedagogik va iqtisodiy foydali mehnatning mazmuni,
uslublari, vositalari va maxsuli bo’ishi kerak. Sinaluvchilarningishlab chiqarish
faoliyatidagi intelektual siljishlarni o’lchaydigan “Apparat” uskuna ham
zarur.Kuzatuv tadqiqoti uchun shunday ob’yektlar kerak. Shunisi aniqki, faqatgina
materialistic dialektika asosidagina o’rganilayotgan pedagogic aloqalar ichiga
kirish mumkin. Kuzatuvning mohiyati nimada? Bu savolga javob berish uchun
94
idrok etishga murojaat qilish kerak, chunki ilmiy kuzatishning psixologik
xususiyati idrok etishda mujassam. Bu ibora mazmun jihatdan birdek emas.
Jarayon –anglashdan natija idrok etishni ham bildiradi. Kuzatuv idrok etish
jarayonini bildiradi. Aytish joizki kuzatuv va idrok etish sinonim ma’noda bo’lsa
ham bir xil tushunchaga ega emas. Idrok etish – psixik jarayon:Kuzatuv –atrof-
muhit hodisalari pedagogik jarayonni bilish usulidir. Kuzatuv mohiyati tadqiqotchi
ongida o’rganilayotgan ob’yektning miqdoriy, sifatiy, tarkibiy belgilar, vector,
dinamik holati va o’zgarishlari aks etishi va jamlanishidan iborat. Kuzatuvning
o’ziga xos xususiyati uni ham tadqiqiy maqsadni yechishga qaratilgan mustaqil
uslub holida, boshqa uslublarning tarkibiy qismi sifatida ishlatsa bo’ladi. Masalan
pedagogik tajribani uning borishi va natijasini o’tkazib bo’lmaydi. Biror uslub
tarkibiga qarab, kuzatuv ixtisoslashadi. Masalan, statistik kuzatuvda pedagogik
jarayonning miqdoriy ma’lumotlari jamlanadi.
Pedagogikada tadqiqiy kuzatuv turlari
Pedagogikada tadqiqiy kuzatuv mohiyatini tushunish uchun uni guruhlarga
bo’lib olish kerak. Tadqiqotchini o’rganilayotgan ob’yekt bilan bog’liqligiga qarab
quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Bevosita va bilvosita ochiq va yopiq vaqt va
joyiga ko’ra uzluksiz cheklangan, monografik va maxsus va hokazo.
Kuzatuv turlari harakatchan bo’lagni sabab aniq va to’la bir guruhga jamlab
bo’lmaydi. Bevosita kuzatuv – tadqiqotchi va o’rganilayotgan ob’yekt o’rtasida
to’g’ridan –to’g’ri munosabatlar hech bir o’tish o’zgarishlarsiz bo’ladi.
Tadqiqotchining uch xil o’rni ajraladi:
1. Tadqiqotchi – guvoh (betaraf)
2. Tadqiqotchi – pedagogik jarayonning rahbari
3. Tadqiqotchi – pedagogik jarayonda qatnashchi
Qaysi rolda ishtirok etishiga qarab kuzatuv dasturi tuziladi, dalillarni to’plash,
yig’sh uslubi va texnikasi tanlanadi.Bevosita kuzatuv bilvosita kuzatuvni to’ldirishi
va o’zgartirishlar kiritishi mumkin.U tadqiqotchi dasturi va topshirig’i bo’yicha
ishlaydigan vakil shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.Masalan Kuban Davlat
Universiteti studentlarini 4 ta guruhga birlashtiramiz.Bir necha oy mobaynida ular
o’qituvchisining dasturi asosida o’rta maktab bitiruvchilarini o’zini tutishini
kuzatadilar, Bitiruvchilar hokimiyatga kelishiga joylashmoqchi bo’lishgan.Talaba
aytilgan tajribani amalga oshirish uchun kichik o’quvchilar o’yinlarini 10-sinfdagi
o’quvchilar kuzatuvini yo’lga qo’ydi. Amaliyot dasturini mukammal o’rgangan
yigit va qizlar dalillar yig’ndisini qayd etdilar. 1-3-sinflar tanaffusda darsdan so’ng
uyda o’zlashtirishni jismoniy ko’rsatkichi do’stona kompaniyalarga mas’uligiga
95
ko’ra bolali yoki yakka bolali oiladanligi, kun vaqti hafta kuniga va xonadonga
qarab o’quvchilar o’yinda o’zini qanday tutishini kuzatdilar. O’yin qoidalariga
rioya qilishi qoida bizilishlarga nisbatan chora ko’rishga ham e’tibor qaratishdi.
Mavzu: Bolalar erkin o’yinlarining tarbyaviy jihatlari.
Bu misolda tadqiqotchi bevosita olgan keyin o’zi olgan kuzatuv natijalari
bilan solishtirish va ko’proq sinaluvchilarni jalb qilish maqsadida:
Bir maktabda bir guruh ota-onalarni o’z bolalarini maktab kun tartibi
o’zgarganda moslashishini kuzatishini iltimos qilishdi. Bevosita kuzatuvda
muvaffaqiyatga erishish tadqiqot qatnashchilarini tyyorgarligini, aniq va
mazmunan ma’lumot berilganligiga bog’liq. Bir ob’yektni bir guruh bo’lib bir xil
kuzatuv olib borish ishlatildi. Oxirida natijalar rahbarga uzatiladi. Masalan,
pedagogik jarayonni kuzatuvchilardan biri dars davomida o’qituvchining
harakatini kuzatadi. Boshqasi o’quvchilar harakatini, uchunchisi alohida bir
o’quvchini harakatini jamladi. Tadqiqotchi topshirig’iga binoan o’quvchi o’z-
o’zini kuzatishi ham qiziq bo’ladi. Lekin bunday manba to’g’ri ma’lumot bera
oladimi?
Bunday holatda o’quvchi tadqiqot ob’yekti emas, ishtirokchisi sifatida
namoyon bo’ladi. Umuman olganda o’z-o’zini kuzatish o’rinli degan savolga ha
deya javob berish mumkin. Biroq bunday qat’iy qaror qabul qilish ham noo’rin
bo’ladi. Bu ayrim holdagi kuzatuv desa bo’ladi. O’z-o’zini kuzatishda olingan
natijalar ishonarli ko’rinsada, ular baribir sub’yektdir. Shu bilan birga bu orqali
pedagogik holatini ayrim noma’lum tomonlari ochiladi. Masalan, yuqori sinf
o’quvchilari tadqiqotchi iltimosiga ko’ra, shu vaqti tuzlishini o’rgatish uchun
fanlardan topshiriqlarni bajarish navbatini har bir topshiriqga ketadigan vaqtini uy
vazifalari tartibini qayd etadilar. Ba’zi hollarda ularni mustaqil ishlash
samaradorligini kuzatishganda o’quvchining uslubini maqsadga muvofiqligi
aniqlanadi. Abatta, bu ma’lumotlar tekshiriladi, kuzatishning boshqa turlari bilan
solishtirib, aniqlab kiritiladi. Psixilogik tomondan mustaqil (o’z-o’zini) kuzatish
inson ongi orqali psixomotor harakatlarini nazoratga olish degani. Faoliyat asab
sistemasining turli bosqichlarida o’tishi mumkin. Ongli harakat (operatsiya)
kechayotganda inson ongida faraz qilingan ma’no (mazmun) bilan birga “ongli
nazoratdagi” ma’ni ham paydo bo’ladi. Bunda ikkala ma’no ham bir-biriga o’tishi
mumkin. Shunga o’xshash narsa adabiyot o’qituvchisi insholarni tekshirganda
bo’ladi. Ya’ni o’qituvchi avtor fikrlarini uning so’z bilan ifodalash shakliga
ko’chiradi. Shunday qilib sinaluvchilar o’z-o’zini “mustaqil” kuzatuvini bo’lishini
va maqsadga muvofiqligini inkor etib bo’lmaydi. Biroq olingan ma’lumotlar
pedagog yoki psixolog uchun faqt yordamchi vazifasida keladi.
96
Kuzatuv tadqiqot usuli
O’z-o’zini kuzatuvni tanlagan tadqiqotchilar uchun quyidagi qoidalar joiz:
a) O’quv-tarbiya jarayonini tadqiqot qilishda o’z-o’zin kuzatuv o’quvchilarga
va ayrim hollarda o’smirlarga tegishli.
b) Ishga yollanga o’quvchilar mustaqil kuzatuv uslubi va natijalarni qayd etish
haqida yetarlicha tavsiyalar olishi kerak.
c) O’quvchilar
o’z-o’zini
(mustaqil)
kuzatuv
ma’lumotlarini
umumlashtirishda tadqiqotchi ularning individual xususisyati va yoshini, hamda
ularning o’z fikrlarini e’tiborga olish kerak.
Biz ko’rib chiqqan bevosita kuzatuvning turlarida tadqiqotchi pedagogik
holatlarni dastur asosida harakatlangan boshqalarning idrik etishiga tayanadi.
Biror vosita yordamidagi kuzatuv bilan birgalikda o’quv va tarbiya
natijalarining moddiy guvohi bo’lib xizmat qiladigan sinovdagilarning harakati
faoliyati mahsuli yordamidagi kuzatuv ham ishlatiladi. Tadqiqotchi kuzatgan
pedagogik
jarayonning
tabiiyligi
kuzatuv
natijalarining
qimmatli
va
ob’yektivligiga ta’sir qiladi.Faqat sinaluvchilar harkati va sharoitini haqiqiyligi.
Tadqiqotchi uchun boshqalarga o’qituvchi va o’quvchilarning sahnalashtirgani
yoki tayyorlangani kerak emas. Ochiq kuzatuv shundayki, Bunda o’qituvchi va
o’quvchilar kuzatayotganlarni ongli ravishda bilib turadilar. Tabiiyki o’zgalar
oldida pedagogik holat o’zgaradi. Oddiy holatdagidan farqlaydi. Chunki inson
hissiyoti va o’zini tutishi yakkalik holati va kuzatuvdagisi turlicha bo’ladi.
Ayniqsa o’z mehnatini boshqalar qanday baholashiga befarq bo’lmaganlar uchun.
Boshqalar tomonidan kuzatuvda sharoitni, normallashtirish uchun moslashish
bosqichi muhim. Biroq moslashish bolalar fe’l-atvorida sun’iylik bo’lmasligini
kafolatlashadi. Ular mehmonlar huzurida ko’proq o’zlarini bir xilda tutadilar.
O’quvchilar o’zgalarning darsda ishtirokiga munosabatlarini anketa qilishganda,
bu holga befarqlar bo’lmasligi aniqlandi. Bu esa shuni ko’rsatadiki, aniq natijalar
olish uchun ochiq kuzatuv yetarli emas. Yopiq kuzatuv-jarayonni haqiqiy holatini
beradi. Kuzatuvning bu turi ziddiyatli, lekin qimmatlidir.Ayniqsa pedagog o’zini
tutishini ko’rinmay nazorat qilish ahloqdan emasdek ko’rinadi. Biroq o’qituvchi
doimo bolalar kuzatuvida bo’ladilar. Nazorat ostida bo’lish o’qituvchi uchun oddiy
holder. Odamlarni yopiq kuzatish television o’rnatmalar yordamida bo’lib ishlab
chiqarishda, tibbiyot muassasalarida, ko’chalarda transport harkatini kuzatishda,
universamlarning savdo zallarida keng qo’llaniladi. Germaniya gazetalarida
yozilishicha, bir tomoni oynali devor bo’lgan sinf xonalari xalaqitsiz kuzatish
imkonini beradi. Umuman bunda taassufni yengib o’tish kerak, chunki tashqi
tomondan qaraganda ilmiy maqsadda kuzatuv bilan oddiy hayotdagi bildirmasdan
97
kuzatish va quloq tutish o’xshashdir. Ikkisidan biri: yoki biz pedagogik
jarayonning ichiga kiramiz yoki yashirincha qilinayotgan kuzatuvdan uyalsak,
haqiqiy ahvolni ko’ra olmaymiz. Yopiq nazorat uchun texnika vositalari
bo’lmaganda tabiiy sharoitda foydalansa bo’ladi, ya’ni qulay o’rinni tanlab olib:
Nazoratdagilarga bildirmagan holatda ko’z bilan quyidagicha kuzatish
mumkin.
-sport maydonida jismoniy tarbiya darslarini
-maktab hovlisida matematikadan amaliy ishlarni
-film, teleko’rsatuv, qiziqarli uchrashuvlardagi o’quvchilarningta’sirlanishi.
Ayrim hollarda tadqiqotchilar o’zlarining birdaiga paydo bo’lish ta’siridan
foydalanishadi, lekin bu o’quvchiga salbiy hissiyotlarni keltiradi.Tadqiqotchining
odobi bildirmaslikning qay me’yorda bo’lishini har holda aytib turadi.
Ochiq va yopiq kuzatuv yordamida olinganni taqqoslaganda bir turdagi
kuzatuvdan ko’ra ularda voqealar holatini to’laroq ko’rsatadi, ochib beradi.
Uzluksiz kuzatuv –pedagogik jarayonni boshidan oxirigacha kuzatish
kerakligida qo’llaniladi. Kuzatuv vaqti sinaluvchilarning faoliyati davomiyligi va
jismonanmumkin bo’lgan vaqtda o’tayotganiga bog’liq. Masalan dars tuzilishini
muvofiqligini o’rganish uchun kuzatuv 45 minut oralig’ida o’tadi. Bunday holni
boshqa darslarda kuzatish boshqa ob’yektni qayta ifodalash bo’ladi. Uzluksiz
kuzatuvga yana bir misol bitta yoki bir nechta o’quvchining o’yinda o’zini tutishi
bo’la oladi. O’yin aniq chegaraga,ya’ni boshi va oxiriga ega.Lekin boshi va oxiri
yo’q bolgan jarayon bo’lishi, uni uzuq-uzuq bo’lishi uzluksiz kuzatuv olib borishga
imon bermaydi. Bunday hollarda diskret (uzuq-uzuq) kuzatuvga murojaat qilinadi.
Diskret kuzatuv nazoratdagi jarayon birdek bo’lmagandaginaqo’llanmaydi.
Pedagogik jarayon yopiq bo’lganda, tadqiqotchiga faqat ayrim hollari ko’ringanda
masalan, o’quvchilarni bir sharoitdao’zini tutishida qo’llansa foydali bo’ladi.
Vaziyatni poylab yoki ataylab tashkil etilganda, tadqiqotchi nazoratdagi jarayon
“kadr”larni kuzatadi. Monografik (bir mavzudagi) kuzatuv ko’p miqdordagi bir-
biriga turlicha bog’liq bo’lgan hodisalarni o’z ichiga olidi. Misol uchun
N.K.Krupskaya nomidagi Moskva viloyati pedagogic institutining pedagogika
kafedrasi o’qituvchilarining birinchi yil ishlayotganlarning (stajyor) kasbiy
tayyorgarligini kuzatishini olsak. Oliygohdagi tahsilning sifatini keyingi
qoldirilgan nazorat bilan kuzatish uchun ular bitirgan talabalar ish joyiga bordilar
va talabalarning pedagogic kasbiy mahorati jamlamasini kuzatdilar. Yosh
o’qituvchining ma’lum bir dars vaziyatida, sinfdan tashqari tadbirlarda, ota-onalar
98
yig’ilishlarida, maktab rahbarlari va jamoasi bilan muloqotdagi uslubi texnikasi,
odati, madaniyati, ilmiyligi, bilimdonligi, mustaqilligi kuzatuvga olindi. Mazkur
holatda kuzatuv ob’yekti ham o’qituvchilar, ham o’quv- tarbiya jarayonining
ikkinchi tomoni bo’lmish o’quvchilar bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |