4.2-mavzu.Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va о‘tkazish metodikasi
va bosqichlari.
Reja
1. Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish.
2. Pedagogik tadqiqotlarni о‘tkazish bosqichlari.
Tayanch tushunchalar: taqqoslash, yangiliklar, samarador, tekshirish,
tajriba, yo’nalish, yaratuvchi, shakllantiruvchi, tasdiqlovchi, nazorat qiluvchi,
laboratoriya tajribasi, tabiiy ,aralash (majmuaviy) tajriba.
1. Pedagogik tajriba tadqiqot usullarining o’ziga xos majmui bo‘lib, u
tadqiqotlar avvalida asoslangan faraz to’g’riligining ilmiy jihatdan xolis hamda
111
isbotli tekshiriluvini ta’minlaydi. Shuningdek, boshqa usullardan farqli o’laroq,
ta’lim va tarbiya sohasidagi u yoki bu yangiliklarning samaradorligini tekshirish,
mashg’ulotning yangi, yanada samarali vositalari, usullari hamda tashkil etish
yo’llarini chuqurroq tadqiq etish imkonini beradi. Pedagogik tajriba o’quv-mashq
jarayoni tuzilishidagi turli omillarning ahamiyatini taqqoslab, ma’lum vaziyat
uchun ularning eng maqbul birikmalarini tanlash, muayyan pedagogik vazifalarni
amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni aniqlashga zamin yaratadi. Tajribaning
pedagogik kuzatishdan farqli jihati, shuningdek, u hodisalarni turli xil sharoitlarda
o’rganish imkonini beradi, bundan tashqari, tajriba jarayonida bir hodisani bir
necha bor aynan bir xil yoki sal boshqacharoq holatda tekshirish va, nihoyat,
tajriba vositasida predmetni ancha aniq o’rganish, uni alohida tarkibiy qismlarga
taqsimlash, ular orasida tadqiqotchini eng ko‘p qiziqtiradigan qismlarni ajratib
olish mumkin bo’ladi. Shunday qilib, sportda pedagogik tajriba: a) o’rganilayotgan
hodisani sun’iy ravishda boshqalaridan ajratib olish; b) tekshiriluvchilarga
pedagogik ta’sir ko’rsatish sharoitlarini aniq maqsad yo’lida o’zgartirib turish,
bunda olinadigan natijalarni kuzatib borish; v) o’rganilayotgan ayrim pedagogik
hodisalarni o’zgartirgan holda takrorlash (taxminan xuddi shunday sharoitlarda
o’sha dastur asosida muvoziy guruhlarda mashg’ulotlar o’tkaziladi, tekshi-
riluvchilarga ma’lum topshiriqlar ham beriladi) imkoniyatini yaratadi. Pedagogik
tajriba o’quv-mashq jarayonidagi u yoki bu ob’yektiv bog’lanishlarni yuzaga
chiqarishda yordam beradigan faktlarga ega bo’lish (yig’ish) uchun xizmat qiladi.
Faktlarsiz tadqiqot bo’lmaydi. Akademik I.P.Pavlov «Faktlar - olimning havosi,
ular bo’lmasa, siz hech qachon parvoz qila olmaysiz, ularsiz barcha
nazariyalaringiz quruq chiranishdan bo’lak narsa emas», - degan edi.
2. Pedagogik tajribalarning turlari ko’p bo’lib, ular quyidagi belgilariga ko’ra
tavsiflanadi: a) tajriba sharoiti amal qilishi uchun sarflanadigan vaqtga ko’ra- uzoq,
yoki qisqa muddatli; b) o’rganilayotgan pedagogik hodisalarning tuzilishiga ko’ra -
oddiy yoki murakkab, v) tadqiqot maqsadlariga ko’ra - pedagogik jarayonning
yo’nalishini o’zgartirib yuboruvchi tajriba (u yana yaratuvchi tajriba,
shakllantiruvchi tajriba deb ham ataladi) hamda tasdiqlovchi, nazorat qiluvchi
tajriba; g) tajribaning tashkil etilishiga ko’ra - laboratoriya tajribasi, tabiiy hamda
aralash (majmuaviy) tajriba.
Tajribaning har qanday turi: a) farazlar ichlab chiqilishini; b)tajriba ish
dasturlari yaratilishini, o’quv-mashq jarayoni amaliyotiga aralashuvning usul
hamda yo’l-yo’riqlari belgilanishini; v)tajriba ishini amalga oshirish uchun zarur
sharoitlar taminlanishini; d)tadqiqotchi tomonidan ushbu tajribada qatnashadigan
barcha sportchilar tayyorlanishini: y) tadqiqotchi va tekshiriluvchilar orasida
o’zaro to’g’ri munosabatlar yo’lga qo’yilishini talab etadi.
112
Pedagogik tajribalarni tashkil etish va o‘tkazishda quyidagi talablarga rioya
qilish lozim;
A) Dastlabki ma’lumotlar va farazlarni belgilab olish maqsadida
o’rganilayotgan hodisalarni avvaldan sinchiklab kuzatish.
B) Tajriba o’tkazish mumkin bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish, buning
uchun mos ob’yektlarni tanlash (sport zali, kontingent, jihozlar va h.k.).
V) Tajriba ishining barcha muolajalarini aniq ishlab chiqish.
G) O’rganilayotgan hodisaning (ob’yektning) rivojlanishini muntazam
ravishda kuzatish va olingan ma’lumotlarni to’liq yozib borish.
D)Ma’lumotlarning turli usullar va yo’llar bilan tegishli moslamalar,
sxemalar, so’rovnomalar, testlar, matematik apparatlarni qo’llagan holda
muntazam ravishda qayd etib borish (imkoniyat bo’lganda o’lchash hamda
baholash).
E) Takrorlanuvchi vaziyatlarni yuzaga keltirish, sharoit xususiyatlarini
o‘zgartirish hamda kesishma tasir o’tkazish; avval olingan ma’lumotlarni
tasdiqlash (yoki inkor etish) uchun murakkablashtirilgan vaziyatlar yaratish.
J) Olingan ma’lumotlarni empirik o’rganishdan mantiqiy umumlashtirishga,
tahlil etish va nazariy jihatdan qayta ishlashga o‘tich. Faktlar har doim
sabablarning natijasidir, ushbu sabablar esa faktlar asosida aniqlanadi.
3. Birinchi bosqichda mazkur mavzu bo’yicha ilgari chop etilgan ishlar
nazariy tomondan chuqur tahlil qilinadi; hal etilishi lozim bo’lgan muammolar
aniqlanadi; ushbu tadqiqot uchun mavzu tanlanadi; tadqiqotning maqsad va
vazifalari belgilanadi; muammoning yechimini topish bo‘yicha mavjud amaliyotlar
o‘rganiladi; jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida tekshirilayotgan muammoni
hal qilishga yordam beradigan mavjud choralar ko‘rib chiqiladi; tadqiqot farazi
shakllantiriladi.
Ikkinchi bosqichda qator vazifalarni bajarish kerak; tajriba ob’yektlarini zarur
miqdorda tanlab olish (sportchilar, sport guruhlari, sport turlari va x.k.); tajriba
qancha muddat davom etishini aniqlash; tajriba ob’yektining dastlabki holatini
o’rganish uchun muayyan usullarni tanlash; usullarning qulayligi hamda
samaradorligini oz sonli tekshiriluvchilar guruhida sinovdan o’tkazish; tajriba
ob’yektida tegishli pedagogik taassurotlar natijasida yuz beradigan o’zgarishlar
haqida hukm chiqarish mumkin bo’lgan belgilarni aniqlash.
Uchinchi bosqich asosiy hisoblanib, ishlab chiqilgan usuliyatning
samaradorligini tekshirish bo’yicha tajribani o’tkazishga yo’naltiriladi. Ushbu
bosqich quyidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi: tajriba o’tkazilayotgan tizimning
boshlang’ich holatini o’rganish (sportchilarning jismoniy, texnik, taktik yoki
funksional tayyorgarligi darajasi aniqlanadi); tajriba o’tkazilayotgan sharoitlarning
dastlabki holatini o’rganish; taklif etilgan choralarning samaradorligi mezonlarini
113
shakllantirich; tajriba ichtirokchilariga uni o’tkazish tartibi hamda samaradorligi
shartlari xususida ko’rsatmalar berish; tajribaning muayyan vazifani hal etish
bo’yicha muallif taklif etgan tadbirlari tizimini amalga oshirish; tadbirlarning
tajribaviy tizimi ostida ob’yektlarda bo’layotgan o’zgarishlarning xususiyatlarini
ko’rsatuvchi oraliq tekshirish asosida olingan tajribaning borishi haqidagi
ma’lumotlarni qayd qilish; tajriba o’tkazish jarayonidagi murakkabliklar hamda
kuzatilishi mumkin bo’lgan tipik nuqsonlarni aniqlash; sarflanadigan vaqt, mablag’
hamda harakatlarni baholash.
To’rtinchi - yakunlovchi bosqich tajribadan kelib chiqadigan xulosalarni
umumlashtirishga yo’naltiriladi; tadbirlarning tajribaviy tizimini amalga oshirish
natijalari (sportchilar tayyorgarlik darajasining so’nggi holati, ularning bilim,
ko’nikma va malakalarini egallab olganliklari darajasi bayoni; tajriba ijobiy
natijalar bergan sharoitlar tavsifi; tajriba ishtirokchilarining (trenerlar, sportchilar)
xususiyatlarini bayon etish; sarflangan vaqt, harakatlar hamda mablag‘lar
to’g’risidagi ma’lumotlarni aniqlash; tajribada tekshirilgan tadbirlar tizimining
qo’llanish doirasini ko’rsatish.
4. Tadqiqotchi-pedagog oldida har doim shunday savollar ko’ndalang bo’ladi:
tajribada nechta sportchi yoki shug’ullanuvchi qatnashishi kerak? Unda nechta
o’qituvchi-trener ishtirok etishi lozim? Mazkur savollarga to’g’ri javob berish
tajriba ob’yektlari miqdorining reprezentativ (hamma uchun ko’rgazmali bo’lgan)
tanlab olinishini amalga oshirish demakdir. Tanlab olish, birinchidan, sportchilarni
qamrab olishi jihatidan e’tiborli bo’lishi kerak. Tanlab olish hajmi tajriba oldidagi
vazifalarga bog’liq. Aynan shu vazifalar tanlab olishning zarur xususiyatlarini
belgilaydi. Tajriba vazifalari va unga kiritilgan ob’yektlar soni o’zaro uzviy
aloqada bo’lib, bir-biriga tasir ko’rsatadi. Biroq hal qiluvchi unsur, baribir,
tajribaning pedagog-trener oldindan belgilab qo’ygan vazifalari hisoblanadi.
Aynan ular tanlab olishning zaruriy xususiyatini belgilaydi.
Masalan, muvoziy tajribalar tashkil etilgan vaqtda (unda sportchining tezlik-
kuch sifatlarini tarbiyalash usuliyatini tekshirish ko‘zda tutilgan bo’lsa), bir tajriba
guruhi va bir nazorat guruhi bilan chegaralanish mumkin. Tajriba guruhida ishlab
chiqilgan usuliyatga muvofiq ravishda machg‘ulotlar o’tkaziladi, nazorat guruhida
esa odatdagi o‘quv jarayoni boradi. Tajriba guruhidagi sportchilar tayyorgarlik
darajasi, o’g’il va qiz bolalar tarkibiga ko’ra nazorat guruhidagi sportchilar bilan
bir xil bo’lishi juda muhim. Buning ustiga, har doim tanlab olishning
reprezentasiyalanganligini sportchilar, trenerlarning etiborliligi nuqtai nazaridan
ham, sportchilarning muayyan guruhi uchun mumkin bo‘lgan natijalarning
xolisligi nuqtai nazaridan ham isbot qilish talab etiladi.
5. O‘ta qisqa muddatli tajriba noxolis ilmiy tavsiflarga, alohida pedagogik
omillar ahamiyatining oshirib ko‘rsatilishiga olib keladi. Haddan ziyod uzoq
114
muddat tajribachini boshqa vazifalarni hal etishdan chalg‘itadi, ishning
sermehnatligini oshiradi. Shuning uchun ham har qanday tadqiqotda tajribaning
eng qisqa zaruriy muddatini maxsus isbotlab berish lozim.
Buni, birinchidan, ehtiyotkorona ilmiy-amaliy xulosalari chiqarilgan o‘xshash
tajribalar o’tkazishning ilgarigi yutuq va kamchiliklarini tahlil etish yo‘li bilan;
ikkinchidan, tajribaning maqsad va vazifalarini uning zaruriy muddati
(davomiyligi) bilan solishtirish yo’li orqali amalga oshirish mumkin. Agar,
masalan, tadqiqotchi kichik maktab yoshidagi bolalar tezlik-kuch xususiyatlarini
o’rganayotgan bo’lsa, u tajribani uch yil davomida 1-2-3-sinflarni qamrab olgan
holda o’tkazishi kerak. Boshqa yosh guruhlarida ham tajribaning davomiyligi
muvofiq ravishda tanlanadi. To’g’ri, agar pedagog mazkur yosh guruhidagi barcha
sinflarda bir vaqtda tajriba o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lsa va ish olib
borilayotgan sinf aynan bir turli ekanligi isbotlansa, bu muddat qisqartirilishi ham
mumkin.
6. Pedagogik tajribani tashkil etish va o‘tkazish chog‘ida tadqiqotchi ishga
aloqador hamma narsani albatta qayd etib borishi shart.
Hujjatlarning standart shakllari yo‘q. Ular ko‘pgina omillar (tadqiqotning
vazifalari, usullari va x.k) orqali belgilanadi. Lekin har qanday holatda ham
tajribachi tadqiqot qaydlari kundaligini yuritishi, sportchining musobaqa faoliyati,
tayyorgarligining turli jihatlari, organizmidagi har xil tizimlar tekshiruvi
qaydnomalariga ega bo‘lishi, shuningdek, tekshiriluvchilarning tibbiy-pedagogik
varaqalarini to‘ldirib borishi lozim.
Tadqiqot qaydlari kundaligiga pedagog o‘quvchilarga pedagogik ta’sir
o’tkazilgani to’g’risidagi, jamoaviy, guruhli tadbirlar hamda alohida ta’sir
choralari amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlarni yozib boradi. Ayni paytda,
sportchilar ustida pedagogik kuzatuv olib borar ekan, pedagog ularning pedagogik
ta’sirlarga munosabatini ham, hissiy qo‘zg‘alishlar, fikr bildirish, baholash,
mulohazalar,
faktlarni,
ular
ijobiy
bo‘lsa ham, salbiy bo‘lsa ham,
muvaffaqiyatsizliklarning sabablarini, qayd etib borishi kerak.
Tadqiqot arafasida va u o’tkazilgan kundagi ishchi yuklamalarini yozib
borish, uyqu, umumiy ahvol, shug‘ullanish istagi, ovqatlanish xususiyatlariga oid
ma’lumotlarni tahlil qilich zarur. Qo’llanilayotgan tajriba amallarini yozib borish
asnosida pedagog tajribaning tashkil etilishidagi nuqsonlarni bilib oladi, farazning
ifodalanishi to‘g‘riligini aniq tekshirib olish uchun kerakli o‘zgartirishlar kiritadi.
Tadqiqot qaydnomalarida quyidagilar belgilanadi: qaydnomaning tartib
raqami, tadqiqotning o‘tkazilish sanasi va o’rni, uning o’tkazilish vaqti
(boshlanishi va oxiri), tekshiriluvchilarning ism va familiyalari, tug’ilgan sanasi,
sport tayyorgarligi darajasi, tadqiqotning turi hamda o’tkazilgan joyi.
115
7. Tajribani usuliy va texnik jihatdan tayyorlash uning g’oyasi va o’tkazish
rejasidan kelib chiqadi. Uning tarkibiga tajriba o’tkazuvchi va texnik
yordamchilarning tayyorgarligi ob’yektini, shuningdek, moddiy-texnik ta’minot
vositalari-zaruriy jihozlar, qayd etish asboblari, kimyoviy moddalar, transport va
h.k.ni tayyorlash ishlari kiradi.
Dastlabki bosqichda o’tkazilajak pedagogik tajribaning moddiy-texnik
ta’minlanishiga katta e’tibor beriladi: asbob-uskunalar hamda kimyoviy
moddalarni zaruriy miqdorda olish, tajriba uchun kerak bo’ladigan barcha asbob-
uskunalarning ishga yaroqliligini birma-bir tekshirish, tajribaning o‘tkazilishini
ta’minlovchi uskunalar majmuini o‘rganish, ularni sozlash va talay ishlar shular
jumlasidandir. Tajriba jarayonida o’rganilayotgan ob’yektda u yoki bu omillar
ta’sirida yuz berayotgan o’zgarishlarni qayd etish usullari hamda asbob-
uskunalarni tanlashga alohida ahamiyat bilan qarash kerak. Bu o’zgarishlar
o’lchamlarining aniqligi umuman tajribaning «toza» o’tishini belgilaydi. Tajribani
rioya qilishi shart bo’lgan ushbu qoidani doimo yodda tutishi kerak: «Tajribani
o’tkazishda qo’llanadigan barcha asbob-uskunalar hamda texnik jihozlarning
tayyorgarligi va ishga to’la yaroqliligiga ishonch hosil qilmay turib, hech qachon
tajriba o‘tkazishga kirishma».
Shunday qilib, asbob (tajriba qurilmasi) - bilishning juda muhim vositasi,
undan foydalanish esa empirik, shu jumladan, tajriba tadqiqotining o’ziga xos
xususiyatidir.
Tajriba rejasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda tajribachi va
yordamchilarning usuliy hamda texnik tayyorgarligi nihoyatda katta ahamiyatga
ega.
Tajribaga usuliy hamda texnik tayyorgarlik ko‘rish sozlangan qurilmadagi
(asboblar majmuidagi) barcha xalqalarni amalda sinab ko‘rish va, ayni paytda,
tajribachilar harakatlarini mashq qilib olish bilan yakunlanadi. Agar
tayyorlanayotgan tajriba juda murakkab yoki yangi, hali yetarlicha chuqur
o‘zlashtirilmagan usuliyatga asoslangan bo’lsa, tayyorgarlik bosqichini sinov
tajribasi o’tkazish bilan yakunlagan ma’qul, shunda uning barcha unsurlari uzil-
kesil yo’lga qo’yib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |