O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi


Natijalarni tahlil qilish, solishtirish



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

5. Natijalarni tahlil qilish, solishtirish. Nazariy va tajribaviy tadqiqot 
natijalari tahlili va solishtirilishi ilgari surilgan farazni tasdiqlaydi. Teskari bo’lishi 
ham mumkin. 
6. Oxirgi xulosalar. Bu etapda tadqiqotning natijalari o’tkaziladi, ya'ni 
olingan natijalar va ularning qo’yilgan masala bilan mosligi ifodalanadi. Faqat 
nazariy uchun bu oxirgi etap bo’ladi. Texnikada ko’pincha yana bir etap paydo 
bo’ladi. 
7. Natijalari o’zlashtirish. Bu etap olingan natijalarni sanoat 
o’zlashtirishga tayyorlash, joriy qilishni texnologik yoki konstruktorlik
prinsiplarini ishlab chiqish. Bunda ko’pincha tadqiqot muallifi ishtirok etishga 
to’g’ri keladi. Chunki u ko’pincha sof muxandislik masala ramkasiga sig’masligi 
mumkin. 
Ilmiy tadqiqot muammosining qo’yilishi. 
 
Har qanday ilmiy tadqiqotni ilmiy muammoni qo’ymasdan bajarish iloji 
yo’q. Muammo-bu yechimini talab qiladigan nazariy va amaliy masaladir, ya'ni 


50 
tekshirilishi lozim bo’lgan masala. Demak muammo bu shunday narsaki, uni biz 
bilmaymiz, bu ilm-fan rivoji va jamiyat talabi bilan paydo bo’lgan. 
Muammo bekordan paydo bo’lmaydi, ular hamisha ilgari olingan 
natijalardan kelib chiqadi. Muammoni to’g’ri qo’yish, tadqiqot maqsadini aniqlash, 
ilgarigi bilimdan muammoni keltirib chiqarish oson emas. Shu bilan birga odatda 
ma'lum bilimlar muammo qo’yishga yetarli, ammo uni oxirigacha yechish uchun 
yetarli emas. Muammoni yechish uchun ilmiy tadqiqot beradigan yangi bilimlar 
zarur. Shunday qilib har qanday muammo o’zaro ajralmas ikki elementning 
bog’liqligidir. Nimanidir bilmasligimiz haqidagi ob'yektiv bilim va ilgari olingan 
bilimni prinsipial yangicha qo’llash yangi qonuniyatni olish imkoni borligini faraz 
qilish. Bunda bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi. 
Muammoni qo’yishning uch etapini farq qilish lozim: muammoni izlash, xususan 
muammoni qo’yish va muammoni yechish. 
1.Muammoni izlash. Ko’pincha ilmiy va texnikaviy muammolar yuzada 
yotadi. Ularni izlash kerak emas. Paydo bo’ladigan qarama-qarshiliklarni bartaraf 
qilish yo’llarini aniqlash va ularni yechishning yangi vositalarini topishda ularga 
sotsial buyurtmalar keladi. Masalan, shunday muammolar qatoriga havoni 
ifloslantirmaydigan energetik qurilma yaratish muammosi. O’ta aniq va ko’rinarli 
bo’lmagan muammolar ham mavjud. 
-Ko’pincha muammo «Teskaridan» paydo bo’ladi. Amaliy faoliyat, 
natijasida teskari yoki keskin farq qiluvchi natijalar olinganida. 
-Muammoni izlash va tanlab olishda ularning yechish uchun bo’lishi mumkin 
bo’lgan natijalarini amaliyotning talablari quyidagilar bilan tasdiqlanadi. 
-Ayni muammoni yechmasdan belgilangan yo’nalishda texnikaning yanada 
rivojlanishi mumkinmi? 
-Mo’ljallangan tadqiqot texnikaga konkret nima beradi? 

Belgilangan tadqiqot natijalari olinadigan yangi qonuniyat, ya'ni usul va 
vosita ilm hamda texnikada mavjudidan ko’p amaliy bahoga erishishi mumkinmi? 
2. Muammoni qo’yish. Yuqorida eslatilganidek muammoni to’g’ri qo’yish,
ya'ni maqsadini aniq ifodalash, tadqiqot chegarasini aniqlash va shu bilan 
tadqiqot ob'yektini belgilash oddiygina ish emas va har qaysi konkret hol 
uchun individualdir. 
Muammo qo’yishning ma'lum umumiyligiga ega bo’lgan quyidagi asosiy 
«qoida» sini ko’rsatish mumkin. 
a) ma'lumni noma’lumdan qat'iy ajratish. Muammoni qo’yish uchun shu 
sohadagi fan-texnikaning yutuqlarini mukammal bilish kerak, aks holda yanglishib 
ilgari yechilgan muammoni qo’yib qo’yish mumkin. 
b) noma'lumni cheklash, takomillashtirish. Noma'lumning va o’rganilishi 
lozimning chegarasini aniq belgilash kerak. 


51 
v) yechishning aniq shartlarini aniqlash, bu degani muammolar tiplarini 
aniqlash degani. Tadqiqotning umumiy usulini aniqlash va o’lchash aniqligi hamda 
baholash masshtabini berish. 
g) noaniqligining yoki variantlarning mavjudligiga, bu ilgarigini yangi 
pog’onada takrorlashga yo’l qo’yadi. 
3. Muammoni yoyish. Ilmiy yoki ilmiy – texnikaviy muammoni bir karrali 
akt sifatida ko’rish mumkin emas. Muammoning yechimi ko’pincha uning 
yoyilishi bilan mos keladi, ya'ni qo’shimcha savollarining paydo bo’lishi va 
ifodalanishi bilan.Ular har qanday muammoning bog’lovchi, aniqlovchi 
tugunlovchi punkti bo’lgan markaziy masala atrofida guruhlanadi. 
Qo’shimcha savollarni yechish tadqiqotchining qo’liga markaziy masalaga 
javob izlashda ma'lumotlar, faktlar beradi. 
Qo’shimcha savollarni ma'lum darajada asosiy muammoning rejalariga 
(aspektlariga ) o’xshatish mumkin, ya'ni tadqiqot ob'yektini yangi aloqalar bilan 
o’rganish, yangi ob'yekt bilan yoki ob'yektni yangi sharoitda o’rganishga tenglash 
mumkin. 
Ilmiy muammoning markaziy savoli-muammoning har xil (asperaktlari) 
jihatidan bog’langan o’ziga xos tugunidir. Ular ba'zi hollarda alohida tadqiqot 
mavzusi sifatida ham ko’rilishi mumkin. Alohida kichik muammo va mustaqil 
muammo ko’rinishida ham. 
Qishloq xo’jalik
mashinalarini energiya bilan ta'minlash qurilmalarini 
tashxislash muammosini yoyishni ko’ramiz. Bu muammo qo’qqisdan paydo 
bo’lgan emas, kattaroq ilmiy-texnikaviy muammodan o’sib chiqqan qishloq 
xo’jalik
mashinasining ishlatish ishonarliligidan. Bu fundamental muammoning 
jihatlaridan biri. Qishloq xo’jalik
texnikasiga texnik qarov berishga bo’lgan, 
buning tarkibiga qishloq xo’jalik
texnikasining texnik holati nazorati va uning 
murakkab agregatlaridan bo’lgan dvigateli muammolari kirgan. 
Nima uchun nazorat savoli butun boshli tashxislashga o’sib ko’tariladi? Bu 
savolga javob qiyinchilik tug’dirmaydi. Hamisha tez aniq va ayniqsa mashinani 
yoki uning qismlarini bo’laklashni talab qilmaydigan texnik holatini aniqlash va 
uni tiklash uchun aralashish zaruriyati va usuli mavjudligi va nazorat vositasi 
o’rtasida hamisha qarama-qarshilik ko’tariladi. Bu xizmat qiluvchi xodimlarning 
yuqori malakali bo’lishini talab qiladi. 
Qishloq xo’jalik
mashinalari parkining tez o’sish sharoitida agregatning 
uzelini to’liq yoki qismini bo’laklab nosozligi sababini aniqlash qimmat, kam 
unumli , hamisha mutaxassis yetishmasligiga olib keladi. 
Bo’laklamasdan bilvosita tashxis quyish usuli va vositalarining ishlab 
chiqilishi tezda ko’pgina savollar tug’diradi, chunki bu simptomlarni texnik holati 
yomonlashgan dvigatelning va uning uzellarining ishlashi xususiyati xarakterlarini 


52 
bilmasligimiz aniq bo’lib qoladi. Tashxislashning texnikgina emas, balki 
tashkillashtirish iqtisodiy xarakterdagi muammoning qator jihatlari paydo bo’ladi, 
masalan tashxislashning tebranma akkustik usulida dvigatel aloqa kanali sifatida 
operatsiyalarni minimumlash va tashxislashni asboblar bilan jihozlash, texnik 
qarovda tashxislashning o’rni va boshqalar. 
Keltirilganlardan ko’rinadiki, bir muammo boshqasiga o’sib o’tadi va bu 
muammolardan yangi va yangi savollar o’sib chiqayapti, asosiy muammoning 
jihatlari ko’payadi, bunda kattagina me’yorda uning yoyilishi yotadi. 
Albatta tadqiqotchi ilgarigi va hozirgi davrda qilingan va qilinayotgan ishni 
bilmasdan takrorlamasligi uchun ularni aniq bilishi shart. U adabiyotlarni va 
boshqa ma'lumot manbalarini puxta o’rganish shart. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin