O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

2.Dastlabki faraz. Odatda ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot masalasiga 
va yig’ilgan dastlabki materialning tanqidiy tahliliga tayangan holda chiqaziladi. 
Ayni vaqtda ishchi faraz bir – necha variant bo’lishi mumkin, ulardan eng 


49 
maqsadga muvofiqlarini olinadi, ayni vaqtda boshqa variantlarini ham e'tibordan 
qoldirilmaydi. 
Ishchi farazni aniqlash uchun ba'zan dastlabki tajribalar o’tkazishga 
ham to’g’ri keladi. Ular o’rganilayotgan ob'yektni chuqurroq o’rganish imkonini 
beradi. 
3.Nazariy tadqiqot. Nazariy tadqiqot fundamental ilm-fanning tadqiq 
qilinayotgan ob'yektga qo’llaniladigan, matematika apparati, nazariy mexanika va 
boshqa fanlar yordamida olingan yangi, hali ma'lum bo’lmagan, qonuniyatlarini 
tahlil va sintez qilishdan iborat. Nazariy tadqiqotning maqsadi kuzatiladigan 
hodisalarni, ularning aloqalarini to’liqroq umumlashtirish, ishchi farazdan iloji 
boricha ko’proq oqibat olishdir. Boshqacharog’i esa qabul qilingan farazni 
rivojlantiradi va tekshirilayotgan muammo nazariyasini ishlab chiqishga olib 
keladi, ya'ni shu muammo chegarasida ilmiy umumlashtirilgan bilimlar 
sistemasiga olib keladi. Bu nazariya o’rganilayotgan muammo bo’yicha hodisalar 
faktlarini tushuntira olish, oldindan aytish qobiliyatiga ega bo’lish kerak va bu 
yerda hal qiluvchi faktor bo’lib amaliyot kriteriyasi qo’yiladi. 
4. Amaliy tadqiqot. Tajriba yoki qo’yilgan ilmiy amaliyot – ilmiy 
tadqiqotning texnik jihatdan eng murakkab va katta mehnat talab etadilar. U 
tadqiqotning xarakteri va uning birin ketinligi bilan bog’liqdir. Bu holda tajriba 
nazariy tadqiqot natijalarini tasdiqlaydi, ba'zan esa rad qiladi. Ammo tadqiqot 
tartibi o’zgacha bo’ladi. Tajriba nazariyadan oldin bajariladi. Bu yetarlicha nazariy 
tadqiq natijalari bo’lmaganda izlanuvchi tadqiqot uchun xarakterlidir. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin