49
maqsadga muvofiqlarini olinadi, ayni vaqtda boshqa variantlarini ham e'tibordan
qoldirilmaydi.
Ishchi farazni aniqlash uchun ba'zan dastlabki tajribalar o’tkazishga
ham to’g’ri keladi. Ular o’rganilayotgan ob'yektni chuqurroq o’rganish
imkonini
beradi.
3.Nazariy tadqiqot. Nazariy tadqiqot fundamental
ilm-fanning tadqiq
qilinayotgan ob'yektga qo’llaniladigan, matematika apparati, nazariy mexanika va
boshqa fanlar yordamida olingan yangi, hali ma'lum bo’lmagan,
qonuniyatlarini
tahlil va sintez qilishdan iborat. Nazariy tadqiqotning maqsadi kuzatiladigan
hodisalarni, ularning aloqalarini to’liqroq
umumlashtirish, ishchi farazdan iloji
boricha ko’proq oqibat olishdir. Boshqacharog’i
esa qabul qilingan farazni
rivojlantiradi va tekshirilayotgan muammo nazariyasini ishlab chiqishga olib
keladi, ya'ni shu muammo chegarasida ilmiy
umumlashtirilgan bilimlar
sistemasiga olib keladi. Bu nazariya o’rganilayotgan muammo bo’yicha hodisalar
faktlarini tushuntira olish, oldindan aytish qobiliyatiga ega bo’lish
kerak va bu
yerda hal qiluvchi faktor bo’lib amaliyot kriteriyasi qo’yiladi.
4. Amaliy tadqiqot. Tajriba yoki qo’yilgan ilmiy amaliyot –
ilmiy
tadqiqotning texnik jihatdan eng murakkab va katta mehnat talab etadilar. U
tadqiqotning xarakteri va uning birin ketinligi bilan bog’liqdir. Bu holda tajriba
nazariy tadqiqot
natijalarini tasdiqlaydi, ba'zan esa rad qiladi. Ammo tadqiqot
tartibi o’zgacha bo’ladi. Tajriba nazariyadan oldin bajariladi. Bu yetarlicha nazariy
tadqiq natijalari bo’lmaganda izlanuvchi tadqiqot uchun xarakterlidir.
Dostları ilə paylaş: