48
tadqiqot odatda tabiat bilan to’g’ridan to’g’ri ishi yo’q; ularda tadqiqot ob'yekti
mashina, texnologiya yoki tashkiliy struktura, ya'ni «sun'iy» tabiat. Amaliy
yo’naltirganlik va aniq maqsadligiga amaliy tadqiqotdan xohlagan maqsadni
olishning ulkan ehtimolini beradi (80… 90% ko’proq).
Ishlanma – bu amaliy tadqiqot natijalarini, tajriba modellarini yaratishda va
ishlatib ko’rish, ishlab chiqarish texnologiyasida hamda mavjud texnikani
mukammalashda foydalaniladi. Ishlanma etaplarida natijalari ilmiy tadqiqot
maxsulotlari shunday shakl oladiki, ularni jamiyat ishlab chiqarishining boshqa
sohalarida ham foydalaniladi.
Ko’rilgan tasniflash shartligina bo’lib, bu uchalasining chegaralari
harakatchandir, ammo ularni ilm-fan tabiiyligi birlashtiradi.
Funlamental tadqiqot bilan xo’jalik ishlab chiqarishining o’rtasida o’zaro
bog’liq etaplar yotadi, ya'ni amaliy tadqiqot – ishlanma-loyiha-o’zlashtirishlar.
Loyihalash va o’zlashtirish ayni vaqtda fan hamda texnika sohasiga kiradi. Bu
amaliy ish, chunki u ijodiy faoliyatda ilgaridan ma'lum bo’lgan ko’nikma, qabul
qilingan – standart va tajribaviy mahoratlargagina asoslanib qolmasdan, texnika,
texnologiya yoki ishlab chiqarishni tashkillashtirish, sohalarida yangi ajib
yechimlarni olish uchun hamdir.
Ilmiy tadqiqot- bu ob'yektiv borliqni, qonuniylikni va dunyo realligi
hodisalari aloqalarini o’rganadigan jarayondir. Bilish odam ongining, odam
fikrining ilmiy tadqiqot yordamida boshqariladigan, bilmasdan bilishiga yoki
to’liqmas va aniq bo’lmagandan to’liqroq va aniqroq bilishga yo’naltirilgan
murakkab harakat jarayoni.
Amaliy tadqiqotda olib boriladigan ilmiy tadqiqot, ayniqsa texnika
sohasida qator etaplarni o’tadi. Bular ilmiy tadqiqotdagi strukturani tashkil qiladi
va u quyidagilardir.
1.
Muammoning qo’yilishi. Bu etap tadqiqot qilinishi kerak bo’lgan
muammoni izlash bilangina bog’liq bo’lib qolmasdan, ilmiy tadqiqotning
masalalarini aniq va ravon ifodalanishini ham izlaydi. Tadqiqot masalasini to’g’ri
ifodalash favqulotda katta ahamiyatli, chunki tadqiqotning muvaffaqiyatli tugashi
unga ko’p jihatdan bog’liq.
Muammoni qo’yishda ma'lumot yig’ish va dastlabki ma'lumotlarga ishlov
berishga o’ta katta ish kiritiladi – texnik va nazariy usullar, o’xshash masalalarni
yechish vositalari, qo’shni sohadagi tadqiqotlar natijalari haqidagi ma'lumotlar va
boshqa maxsus ma'lumotlar yig’ish boshlangunchagina emas, balki butun ish
mobaynida davom etish kerak.
Dostları ilə paylaş: