42
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik
muammolarni
hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni
amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi.
Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi.
Uning ijodkorlik qobiliyati
ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi
va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani
kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik
yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib
boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu
faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega.
Pedagog ijodiy
faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish,
muammoli vaziyatlarni
tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod
mahsulotlarini yaratishga
alohida e’tibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan,
pedagogning masala
yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o‘z oldiga muammoli masalalarni qo‘yish
orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash
keladi. Buning natijasida o‘z
ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan
ehtiyoj sezadi.
Kreativlik potensialiga ega pedagog o‘zida quyidagi malakalarni namoyon eta
oladi:
Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki
ijodiy loyihalarni amalga
oshirishi unda kreativlik potensialini yanada rivojlantiradi. Natijada pedagog:
- bajariladigan vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish;
- masalaning qo‘yilishini tahlil qila olish;
- masalani hal qilish rejasini tuzish;
- masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez,
induksiya, deduksiya, taqqoslash va b.)larni qo‘llash;
- masalani hal qilish usullarini tanlay olish;
- qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini asoslash va qayta tekshirish;
- masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish;
- masalani hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala yechimi yakunlarini
umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish
- ijodiy fikrlashga odatlanadi;
- ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish
ko‘nikmalarini puxta o‘zlashtiradi;
- pedagogika yoki mutaxassislik fani yutuqlari
hamda ilg‘or tajribalardan foydalanish
imkoniyatlarini mustaqil tahlil qiladi;
-
pedagogik jamoa tomonidan olib borilayotgan
ilmiy tadqiqot va ijodiy loyihalarni
bajarishda faol ishtirok etadi
43
Pedagogning kreativ potensiali quyidagi tarkibiy asoslarni o‘z ichiga oladi:
Pedagogning kreativlik potensiali ko‘p darajali jarayon va u quyidagi
tamoyillarga tayanadi: Pedagogning kreativlik potensiali
darajasini aniqlovchi
mezonlar quyidagilar sanaladi:
Dostları ilə paylaş: