45
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta
hissasini qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamda
yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish
va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi
tamoyili,
alohida va umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini
aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab
chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli konsepsiyasini ilgari suradi.
Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi.
Sezib bilishning predmeti va ob’ekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi.
Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.”Faqatgina aql
tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir”, - deb
hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi.
Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi,
mavjud bilimlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma
fanlar klassifikatsiyasi, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab
chiqadi. “Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan
bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:
1) fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
2) ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida
zarur xulosani chiqarishi, ya’ni,
mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;
3) xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil
qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi
zarur.
Abu Rayhon Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom etadigan
jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat
borliqning haqiqiy
mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot
alohida o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin,
tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va
hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan anglanishi
mumkin deb hisoblaydi.
Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini
ilmiy asoslashga urindi. Alloma bolaning aqliy, jismoniy o‘sishini tabiiy
qonuniyatga muvofiq kelishi g‘oyasini asoslangan holda ta’lim
jarayoni, uning
tuzilishi, tamoyil va metodlari belgilaydi. Ya.A.Komenskiy ushbu g‘oyasi G‘arb
46
olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ko‘rsatish, o‘quv
jarayoniga tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlar ta’sirini yoritishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda fransuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi
o‘rni haqidagi falsafiy g‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga uringan.
Uning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishiga
asoslanadi.
Hozirda ta’lim mohiyatini tushunishga turlicha yondashuv mavjud. Ya’ni:
1. Sotsiologik yondashuvga ko‘ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni
yoshlarga yetkazishdan iborat. O‘quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi
natijalari bo‘lgan bilimlarni o‘rganadilar. Ta’limning mazmuni o‘quvchilarga
ajdodlar tajribasini o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan
iborat. Bu qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili – shaxs kamolotini
tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi.
2. Xususiy pedagogik yoki didaktik yondashuv yaxlit ta’lim
jarayonining
borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o‘quv materialini o‘rganishni,
uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo‘llash)ni
ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko‘ra ta’lim mazmuni o‘quvchilar tomonidan
bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni
tashkil etishdan iborat.
3. Psixologik yondashuv L.S.Vыgotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning
shaxs rivojlanishida asosiy omil bo‘lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb
yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, ta’lim faqat yaqin
zonada qurilganda, hali to‘la shakllanmagan, lekin o‘quv jarayonini qurishga asos
bo‘la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo‘ladi.
4. Dialektik yondashuv
tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda
rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotga
asoslanadi. Unga ko‘ra ta’lim jarayoni inson ongining borliqni
aks ettira olishiga
imkon berishi zarur. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik yondashish
g‘oyasiga ko‘ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish
qarama-qarshi kuchlar kurashidir.
Dialektik yondashishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-
qarshiliklari quyidagilar sanaladi:
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlar
hajmi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini
harakatlantiruvchi
kuch
hisoblanadi.
U
ta’lim
mazmunini
doimiy
takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim
mazmunini
tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini
izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo‘ymoqda.
47
2. O‘quvchining bilimi va u egallab olishi kerak bo‘lgan shakl, metod va
vositalari) darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish
o‘quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog‘liq. Bir xil mazmun
va hajmdagi o‘quv materiali ham aqliy rivojlanishning turli ko‘rsatkichlari orqali
namoyon bo‘lishi mumkin.
3. O‘quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko‘zda
tutiluvchi rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab
bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo‘lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga
keladi.
5. Aksiologik (yunoncha “axios” –
qimmatli, logiya – fan) yondashuv –
qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ta’lim jarayonida o‘quvchi
hayot, sog‘liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go‘zallik, ijod,
insoniylik va shu kabi qadriyatlar bilan tanishtirib borilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: