O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi


 MAVZU: PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING ASOSIY



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

1.2. MAVZU: PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING ASOSIY 
KATEGORIYALARI VA TUSHUNCHALARI
Reja: 
1. Metodologik tadqiqot va maxsus ilmiy tadqiqot.


29 
2. Metodologik ta’minot manbalari.
3. Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Tayanch so’zlar: Loyiha, refleksiya, tushuncha, ob'ektivlik, tizimlilik, 
kreativlik
2.1.Metodologik tadqiqot va maxsus ilmiy tadqiqot.
 
Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil 
etish va qurish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizim haqidagi 
ta’limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog‘i, metodologiya predmeti - 
faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir. 
Bu erda qaysi faoliyat haqida fikr yuritilyapti? 
Ilmiy faoliyat nazarda tutilyaptimi yoki pedagogik faoliyat? 
Bu savolga javobni quyidagi tahlil natija asosida topish mumkin. 
Arap o‘qituvchi kundagi odatiy nomahsul (reproduktiv) faoliyat bilan 
mashg‘ul bo‘lib, har doim o‘zi o‘zlashtirgan bir xildagi texnologiya bilan ish 
ko‘rsa "dars beruvchi" sifatida faoliyat ko‘rsatsa, bu yerda metodologiya haqida 
gap bo‘lishi mumkin emas. Aksincha, mahsuldor (produktiv) faoliyat namoyish 
etib, misol uchun, ilmiy - tadqiqiy pedagogik faoliyat ko‘rsatsa yoki o‘zining 
xususiy mualliflik o‘qitish tizimini yaratsa, shubhasiz, metodologik faoliyat 
vujudga keladi. Keyingi holatda ikki qarama - qarshi tushuncha - loyiha va 
refleksiya - asosiy o‘ringa ko‘tarilyapti. Ma’lumki, har qanday mahsuldor faoliyat 
loyihalash ko‘nikmalarini talab etadi. Ilmiy-tadqiqiy ishlarning quyidagi 
bosqichlari - ziddiyatlarni aniqlash, muammoni ifodalash, farazlarni qurish va 
h.k. - mantiqan tadqiqot loyihalash usulidir. 
Amaliy pedagogik faoliyatda ham ta’lim (tarbiya) tizimlarini loyihalash 
ishlari amalga oshiriladi. Bunga "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida 
yaratilgan zamonaviy ta’lim tizimi, uni rivojlantirish konsepsiyasi ("portlash 
effekti") misolida iqror bo‘lishimiz mumkin. 
Ijodiy faoliyatni tashkil etishda har doim refleksiya -loyihaning, jarayon va 
natijalarning doimiy tahlili muhim o‘rin tutadi. 
Xulosa sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot metodologiyasi ham, amaliy 
pedagogik faoliyat metodologiyasi ham quyidagi uchlik yaxlitligida qurilishi 
mumkinligini ta’kidlash lozim: "loyiha texnologiya (ilmiy-tadqiqiy yoki 
pedagogik) refleksiya" (A.M. Novikov). 
Bu yondashuvlarga tayanib hamda mavjud adabiyotlar tahlili asosida 
pedagogika 
metodologiyasini 
quyidagicha 
ifodalash 
mumkin: 
pedagogika 
metodologiyasi o’zida pedagogik nazariya asoslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar 


30 
tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishning yondashuvlarini, 
pedagogik voqelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish 
usullarini, 
shuningdek, bu bilimlar tizimini qo‘lga kiritish 
bo‘yicha faoliyat tizimini 
mujassamlashtiradi. Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rifda ilmiy bilishning ikki jihati -
bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat qamrab olingan. Yoki ikki faoliyat turi - 
metodologik tadqiqot va metodologik ta’minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining 
vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yo’nalishlarini, pedagogik 
tadqiqot
larning sifat va samaradorligini oshirish prinsiplarini, ularning tushunchalari 
tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi – metodologik 
bilimlardan tadqiqot dasturlarini
asoslashda va sifatini 
baholashda foydalanishni anglatadi.
Shu bilan birgalikda 
pedagogik muammolarning umumnazariy muammolar bilan almashtirishga yo‘l 
qo‘yib bo‘lmaydi.
Chunki, birinchisi "qanday qilib metodologiyani pedagogikaga qo‘llash 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin