O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Metodologiya - (yunoncha-metodlar haqida ta’limot) ijodiy jarayon sifatida 
ilmiy bilish yo‘llari va vositalarining, ilmiy tadqiqot qonuniyatlarining, ularni 
taqqoslash va tizimlashtirish zamirida yuzaga kelgan. Demak, metodologiya 
ilmiy bilish faoliyatining mohiyatini yo‘llari va vositalarining nazariy 


24 
muammolarini, shuningdek, ijtimoiy jarayon sifatida ilmiy tadqiqot qonuniyatlarini 
o‘rganadi. 
Metodologiya tushunchasi murakkab va har doim ham bir xilda talqin 
qilinavermaydi. Birinchi navbatda u keng ma’noda - fan metodologiyasi sifatida 
qo‘llanilib, barcha ilmiy fanlar uchun llmiy bilishning falsafiy tayanchi 
hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, metodologiya fan sifatida ob’ektiv borliqni 
bilish haqida ta’limot (nazariyasi)dir. Top ma’noda esa aniq ilmiy fanlar (shu 
jumladan, pedagogika) uchun ilmiy bilish nazariyasini aiglatadi. 
Demak, metodologik bilimlarning umumiy tizimida metodologiya o‘rnini 
aniqlashtirish uchun mavjud. Aniq fanlar metodologiyasi umumiy metodologiyaga 
tayangan holda: 
1. Uning 
talablarini 
muayyan 
fan 
ob’ekti 
tashkil 
etadigan 
hodisa va jarayonlarni o‘rganishga tatbiq etadi; 
2. O‘zida bilishning aniq ilmiy metodlari haqidagi nazariyani 
o‘rganilayotgan 
hodisa 
va 
jarayon 
qonuniyatlarining 
o‘ziga 
xos 
jihatlari bilan bog‘liq holda mujassamlashtiradi. 
Maktabgacha pedagogika - boshqa rivojlangan fanlar qatori o‘zining 
alohida predmetiga, nazariy prinsiplariga ega va alohida tadqiqot 
metodologiyasi biluvga tortilgan ob’ektiv voqelikning o‘ziga xos xususiyatlari 
va qonuniyatlarini hisobga olgan holda qo‘llaydi. 
Metodologik 
muammolarni 
ishlashdagi 
siljishlarning 
mavjudligiga 
qaramasdan, qator nazariy-metodologik muammolar yechimsiz qolyapti. 
Yetarlicha tadqiq qilinmayapti. Fikrimizcha, metodologik muammolarni ishlab 
chiqish kamida ikki shartni hisobga olishni taqozo etadi. 
Birinchi shart - pedagogika birmuncha dolzarb muammolari bilan maktab, 
akademik litsey, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining amaliy vazifalari 
o‘rtasidagi 
aloqadorlikni 
kuchaytirish 
lozim. 
Bu 
bizni 
sxolistik 
nazariyalashtirishdan, umumiy mulohazalashdan tiyib turadi. Asosiy e’tiborni 
shunday tadqiqot yo‘nalishlari va muammolariga qaratish lozimki, natijada 
pedagogika fanining hayotiy muhim masalalari yechimini topish uchun 
metodologik yondashuvlar bilan bizni qurollantirishsin, ta’lim va tarbiyaviy 
jarayonning amaliy vazifalari yechimini ta’minlashsin. 
Ikkinchi shart - metodologiya va maktabgacha pedagogika nazariyasi 
muammolarini ishlab chiqishga yuksak malaka va tajribaga ega, ilmiy jihatdan 
yetuk universitet, institut hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan pedagog xodimlarni jalb etish lozim. 
Metodologiyaga e’tiborning kuchayishi, kun tartibida turganligining ob’ektiv 
omillari mavjud: mamlakatimizda insonparvar demokratik huquqiy davlat 
zaminida kuchli fuqarolik jamiyati qurilmoqda va ta’lim tizimi jamiyat 


25 
taraqqiyotiga mos holda tubdan yangilandi. Bu yangi modelning 
muvaffaqqiyati ko‘p jihatdan pedagogik tadqiqotlar natijasiga, umuman, 
pedagogika fanining rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir. 
Dastlab pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati, ularning 
mantiqi, metodologik tavsifi bilan bog‘liq quyidagi masalalar aniqlashtirilmog‘i 
lozim: 
- pedagogikaning nazariy tadqiqotlari samarasini oshirish; 
- pedagogik tajribani o‘rganish va natijalaridan foydalanish; 
- pedagogik tajriba-sinov, uning mohiyati, metodikasini
oydinlashtirish; 
- fan yutuqlarini ta’lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish muammolari; 
- tarbiyaga yaxlitlikda yondashish, bunda mafkuraviy tarbiyaning
ahamiyati; 
- pedagogika fanini milliy va umuminsoniy tajribalar asosida
rivojlantirishning metodologik jihatlari va x.k. 
Anu shu savollar doirasidan ma’lum bo‘ladiki, mavjud bilimlar bilan 
yashash, zamonaviy talab va ehtiyojlarga befarq qarash, mumkin emas. Bunday 
sharoitda tabiiyki, "tayanch" nuqta amaliyot bo‘lishi lozim, ya’ni zamonaviy 
ta’limi holati - haqiqiy haqiqat mezoni hisoblanadi. Amaliyot ta’siri ostida 
nazariya ilmiy kashfiyotlarning asosiy omiliga aylanadi. Faqat keng va har 
tomonlama tashkil etilgan amaliyotgina faoliyatning kamchiligini va 
etilmaganligini hamda ayni vaqtda pedagogik voqelikni bilishga xizmat qiladi. 
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilinishi va rivojlantirishning tarixiy 
ahamiyati - bu ta’limning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aks etgan - 
"inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz xuquq-lari 
oliy qadriyat hisoblanadi" (23-modda) - prinsipiga amal qilgan holda insoniylikka 
yo‘naltirilganligidir. Insoniy ustuvorlik ta’lim sohasidagi davlat siyosatining 
asosiy prinsipi sifatida O‘zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘g‘risida" gi qonunida 
ham o‘z ifodasini to‘liq topgan; "Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin