Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv guruhlar tashkil etish Omarova Zevinisa Kasimovna Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor mutaxassislarini qayta tayyorlash malakasini oshirish instituti “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi Telefon +998(97)7418388 Zebo0212@mail.ru Kalit so‘zlari: Maktabgacha ta’lim tashkiloti. Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bola. Ta’lim- tarbiya. Tibbiy –psixologi- pedagogik komissiya. Tashkilot pedagoglari.
Qisqacha mazmuni: Ushbu maqola. Umumiy turdagi ta’lim tashkilotida TPPK ni tashkil etish tashkilotdagi alohida ehtiyojga ega bolalarni aniqlash inklyuziv guruhlarini tashkil etish va ularga shart- sharoit yaratish pedagoglar o‘rtasidagi xamkorlikni tashkil etish to‘g‘risida so‘z boradi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar va rivojlanishida nuqsoni bo‘lmagan bolalarning bir tashkilotda birgalikda ta’lim –tarbiya olishiga inklyuziv guruhlarni tashkil qilish bugungi kunning dolzarb muommolaridan biri hisoblanadi. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy- psixologik– pedagogik komissiya tashkil etilishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilishi natijasida tashkilotda aniqlangan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni aniqlab endi bu tarbiyalanuvchilarni hududiy biriktirilgan davolash- profilaktika tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatidan o‘tadigan chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tish uchun komissiyaga yuboriladi. Endi bu komissiya xulosani berish uchun hududiy shahar tibbiy-psixologik- pedagogik komissiyaga yo‘naltirish kerakligi Vazirlar Maxkamasining 2021- yildagi 510-son “Reabilitatsiya markaziga ega bo’lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko’p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirilishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” gi nizomning 4 ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilganda va unda turli yoshdagi tarbiyalanuvchilar orasida nutqida nuqsonlari bo‘lgan va alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarning tashxislari aniqlanadi. Aniqlangan tashxisdan kelib chiqib xar bir tashkilot rahbari o‘zining tashkilotidagi barcha pedagoglarga alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarga shart- sharoitni yaratish va ular bilan tashkilotdagi barcha pedagoglarni ogohlantirib, tashhislari aniqlangan bolalar bilan xar bir pedagog yakka ishlash uchun reja tuzishlari kerakligi ko‘rsatib berilgan . Maktabgacha ta’lim tashkilotida nima uchun TPPK ni nimaga tashkil etish va u komissiyaning vazifasi nimadan iborat ekanligi ko‘rsatilgan. MTTDMQTMOI ga malakasini oshirish uchun keladigan tinglovchilar tomonidan umumiy turdagi tashkilotlarga alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolani yagona darchadan yo‘llanma asosida kelganini va ularga poliklinika tomonidan sog‘lom deb ma’lumotlarning berilishini aniqlab bermoqda . Endi bu holatlarni aniqlash uchun har bir tashkilot rahbari o‘z tashkilotidagi TPPK ning a’zolari va tashkilot pedagoglari bilan hamkorlikda ( psixolog, defektolog, logoped , musiqa rahbari , jismoniy tarbiya yo‘riqchisi) va tashkilotning tibbiy mutaxassislari tomonidan qayta ko‘rib chiqib komissiya a’zolarining bildirgisi xulosasiga ko‘ra alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolani qayta komissiyaga tuman shahar viloyat boshqarmasidagi komissiyaga ichki komissiyaning bayonnomasi asosida qayta ko‘rikga yuborilishi kerak. Har bir tashkilot o‘zining ichki komissiyasining ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda endi ota- ona ham sarson bo‘lmasligi tashkilotda bola bilan ishlash uchun to‘g‘ri sharoit yaratilishini ta’minlagan bo‘lamiz. Buning natijasida har bir tashkilot komissiyaning bayonnomasi yoki xulosasiga ko‘ra tashkilotdagi aniqlangan alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bola uchun inklyuziv guruhlarini tashkil etish nizomda ko‘rsatib o‘tilgan . Inklyuziv guruhlarni tashkil etishda 25 ta sog‘lom bola, 3 tadan alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bola (eshitishida, ko‘rishida, tayanch- harakatida nuqsoni bo‘lgan, dauna, aqli zaifning yengil darajadagi tashxislari va autizimning yengil turdagi , og‘ir nutq nuqsoniga ega duduqlanuvchi, rinonaliya tashhisi ) bo‘lgan bolalar jalb qilinadi . Inklyuziv guruhlarning maqsadi alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolani o‘z tengdoshlari bilan teng huquqli ta’lim olishini kamsitilishmaslikning oldini olishdan iborat . Inklyuziv ta’lim –bu barcha bola uchun ochiq bo’lgan ta’lim.1 Shu munosabat bilan aytish joizki, ta’lim tashkilotidagi pedagoglar bu ta’limdan xabari bo’lgan va shu bolalarga moslashishlari, sevishi, yondashishi, kamsitishmasliklarning oldini olish ko’zda tutilgan. Shunigdek alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni umumturdagi tashkilotga jalb qilish va bunday bolalarning ota- onalari sarson bo’lmasliklari va har qanday to’siqlarni aniqlash, ularni ajratib qo’yish, illatiga qarshi kurash va kamaytirish yoki bartaraf etish, umum turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilish ko’zda tutilgan. Har qanday bola ta’lim olish va o’ziga muvofiq darajada bilimga erishish huquqiga ega2.