O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

 


28 
Maktabgacha metodologiya funksiyasi asosida aniqlash. 
Metodologiya alohida fan sifatida ikki funksiyani bajaradi: deskriptiv 
(ifodalovchi) va perskryaptiv (me’yorlovchi). 
 Birinchisi — ob’ektni nazariy jihatdan ifodalashni ko‘zlasa, keyingisi - 
tadqiqotchining ishlashi uchun mo‘ljal olishga shart - sharoit tug‘diradi. Bu ikki 
vazifaning mavjudligi pedagogika metodologiyasini ham ikki guruhga ajratishni 
taqazo etadi - nazariy va me’yoriy. 
Maktabgacha pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilarni 
kiritish mumkin: metodologiya ta’rifi; fan metodologiyasining umumiy tavsifi, 
uning darajalari; metodologiya bilimlar tizimi va faoliyatlar tizimi sifatida; 
pedagogika sohasidagi tadqiqiy faoliyatni metodologik ta’minlash manbalari
pedagogik tadqiqot ob’ekti va predmetining metodologik tahlili. Me’yoriy asosni 
quyidagi savollar doirasini qamrab oladi: 
- Maktabgacha pedagogikani ob’ektiv borlig’ni ma’naviy o‘zgartirishning
boshqa shaklidan farqli ilmiy asoslash; 
- Maktabgacha pedagogika sohasidagi ishlarni fanga taalluqliligini
aniqlash:
- maqsadning o‘ziga xosligi; maxsus tadqiqot ob’ektini ajratish; maxsus
bilish metodlari va vositalarini qo‘llash;
- atamalarning bir xilligi
- pedagogik tadqiqotlarni guruhlarga ajratish; 
- tadqiqot tavsifnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi, tadqiqot 
ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazlari,himoya qilinadigan holatlar, 
yangiliklar, fan uchun muhimligi, amaliyot uchun muhimligi; 
- pedagogik tadqiqot mantiqi; 
- pedagogika fanlari tizimi, ularning o‘zaro aloqasi. 
Tadqiqot muammosi bo‘yicha qabul qilingan direktiv va me’yoriy hujjatlar 
ham bevosita maktabgacha metodologiyaning me’yoriy asosini tashkil etadi. 
Nazorat uchun savollar:
1. Maktabgacha pedagogik improvizatsiya tushunchasiga ta’rif bering? 
2. Maktabgacha pedagogik tadqiqotlarning asosiy xossalariga nimalar kiradi? 
3.Shaxsni shakllanishiga qanday omillar ta’sir etadi? 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin