O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Qonun. Ilmiy-tadqiqotda qonunning o’rni muhim hisoblanadi. Ilmiy 
adabiyotlarda qonun tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berishda
avvalambor, uning mohiyat tushunchasi bilan bog’liqligiga, qonuniyat va 
tendentsiya (rivojlanish) tushunchalariga, gnoseologik tomondan esa – gipoteza 
(faraz), nazariya, model tamoyiliga e’tibor qaratiladi. Biroq qonunning voqea-
hodisalar orasidagi qarama-qarshilik holatlarini (tasodifiy, ahamiyatsiz, tartibsiz va 
h.k.) bir-biriga bog’lovchi mustahkam takrorlanuvchan, zarur, ahamiyatli, aloqa 
sifatida solishtirish umumiy masalaning yechimini topib bera olmaydi. Chunki 
qonunni faqat alohida olingan qarama-qarshi xususiyatlar bilan emas, balki bu 
xususiyatlarning majmuasi, deb solishtirgan holatdagina biz qonun dialektikasini 
ko’rsatib o’tilgan xususiyatlar kompleksi sifatida tushunishimiz mumkin. Har 
qanday qonun aniq sabablar asosida shakllanadi. Shu ma’noda, qonun nisbiy 
doimiylikni ifodalaydi. Qonun mohiyatning barqaror alomatlarining takrorlanishi 
hamda barcha jabhalardagi munosabatlarning mustahkamligini ifodalaydi. Turg’un 
bo’lmagan tashqi belgilarning o’zgarishi qonunning tabiatini o’zgartirmaydi. Qator 
narsalarning barqaror belgilari takrorlanib turar ekan, bu narsalarga umumiy 
qonunlar xosdir. Bir toifadagi narsalar uchun umumiylikning mavjudligi tufayli 
ularning harakati va faoliyati ma’lum bir doimiylik, takroriylik bilan tavsiflanadi, 
ya’ni ularning o’zgarishiga ma’lum bir yo’nalish xosdir.
Qonunning mavjudligini tashkil etuvchi barcha omillar unga nisbatan 
zaruriyat bilan tavsiflanadilar va bunday qonunga noaniqlik xos emas. Qonun 
narsalar orasidagi turg’un munosabatlar o’rnatilishini bildiradi. Qonun – tabiat va 


19 
jamiyatdagi voqea, hodisa hamda jarayonlar o’rtasidagi munosabat hamdir. 
Qonun – ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlikning shakli, 
biror bir narsaning zaruriy ravishda paydo bo’lishini ifodalovchi tushuncha. 
Qonunni qonuniyatlardan ajrata bilish kerak. Albatta, qonun va qonuniyat bir xil 
turdagi, bir darajali tushunchalardir. Ularning har ikkovi voqelikning ichki 
aloqalarini, rivojlanishini aks ettiradi. Lekin ular o’rtasida farq ham bor. Qonun 
qonuniyatning muayyan bir tomonini ifodalaydi. Qonuniyat hodisalarning muayyai 
sohasidagi yoki olamdagi qonunlarning majmuidir. 
Paradigma. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida paradigma ham o’ziga xos tarzda 
namoyon bo’ladi. Paradigma, ilmiy muammolarni yechishga doir, ilmiy jamoa 
tomonidan tan olingan, aniqlangan qonuniyatlarni fikrlab olishga yordam 
beradigan va shuningdek, ushbu fan sohasining yanada rivojlanishini 
prognozlashga yordam beradigan idealdir. Paradigma fan taraqqiyoti davomida 
hosil qilingan muayyan standartlarni o’z ichiga oladi, shu standartlardan past 
darajada bajarilgan narsalar muhokamaga qo’yilmaydi. Bu standartlarni qo’llab-
quvvatlash ilmiy ish mutaxassisining muhim komponentlaridan biridir. Albatta, 
yangi paradigmalarning shakllanishi fan taraqqiyotida o’z ortidan bor bo’lgan 
standartlar, ilmiy bilishning ideal va me’yorlarining o’zgarib borishini yuzaga 
keltiradi. Shu bilan birga, ilmiy bilimni uning taraqqiyotidagi paradigmalar 
atamalarida bayon qilish konseptsiyasi kumulyativ omildan kelib chiqadi. Ilmiy 
bilimlar taraqqiyotida kumulyativ jarayonlarning mohiyati shundaki, biror alohida 
fanda yoki butun fanda erishilgan standartlar, ideallar, me’yorlar va qadriyatlar 
fanni umuman, namoyon qiladi va fanning bilimlar sistemasi ekanligi haqida 
tasavvur hosil qiladi.
Tizimlilik. Ilmiy-tadqiqotni samarali yo’lga qo’yishda tizimlilik muhim 
ahamiyatga ega. Chunki, tizimlilik ilmiy tadqiqotning o’z-o’ziga ta’sir qilish 
tamoyili uning yanada asosli dalillarga suyanishida muhim o’rinni egallaydi. Ayni 
paytda, ilmiy tadqiqotning manbai bo’lgan yangi nazariy bilimlar va texnologiyalar 
o’zaro muvofiqlashgan holda ilmiy-metodologik tizimni shakllantiradi. Shu 
ma’noda, har qanday ijodiy muhitda yangi bilimga ega bo’lish darajasi cheklangan 
bo’lsa, uning faolligi past darajaga tushib qoladi. Bunday ilmiy sayozlashish ilmiy 
faoliyatdagi dogmalashuvga yoki bo’rttirilgan ilmiy fundamentalizmga olib keladi, 
ya’ni eski ilmiy andazalarga, me’yorlarga moslashib undan chiqib ketolmaslik 
haqiqatni bilishdagi konkret dalil va voqelikni aniqlashga to’sqinlik qiladi. Demak, 
ilmiy tadqiqotda ushbu yo’l bilan nafaqat aniq bir ilmiy maqsad to’g’ri tanlab 
olinadi, balki unga yetishish uchun bir-biriga adekvat bilimlar ham inkor qilinadi. 
Oqibatda esa yangi bilimlarga emas, balki eskilik sarqitlariga suyanib qolish 
holatlari ko’p uchraydigan bo’lib qoladi. Ayni paytda ijodiy izlanishlarini to’g’ri 
va samarali yo’lga qo’yishda insonning yuqori darajada bilimga ega bo’lishi yoki 


20 
aksincha tadqiqot jarayonidagi biron-bir qarorga tez kelishi, bir vaziyatdan 
ikkinchisiga tez ko’nika olishi bilan belgilanadi. Masalan, ilm-fan, siyosat, 
iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy hayotda ilmiy-tadqiqot faoliyatning ahamiyati tobora 
oshib borishi insonning erkin ijod qilish imkoniyati bilan bog’liq. Bu holat esa 
insonning ijodiy fikrlashining o’sishiga, ruhiy zo’riqishlardan ozod bo’lishiga olib 
keladi. Bunday erkinlik ilmiy-tadqiqot faoliyatining namoyon bo’lish shakli 
sifatida insonga yangi ishonch, qo’shimcha kuch beradi. Masalan, K.Popper o’z 
davrida ilmiy ijodda ilmiylikni g’ayriilmiylikdan spekulyativ ravishda ajratishni 
taklif qilish orqali falsifikatsiya tamoyilini ishlab chiqqan edi
10


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin