16
– ilmiy kashfiyotlar tarixiy bosqich bilan shartlangan bo’ladi.
Bunday
shartlanish jamiyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichida yuzaga keladigan
zaruriyatlar bilan bog’liqdir;
– ko’p hollarda ilmiy g’oya va kashfiyotlar o’z davridan ilgarilab ketadi,
natijada ular jamoatchilik tomonidan bir necha o’n yilliklardan so’ng tan olinadi va
ko’plab yetakchi olimlar o’limidan so’nggina shon-shuhratga erishadilar.
Ilmiy tadqiqot intuitiv bilimdan foydalanish zaruriyatini anglatadi. Ilmiy
tadqiqotning natijasi printsipial jihatdan inson bilish
jarayonining butun tarixi
kontekstidagi ob’ektiv, yangi bilim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot jarayonidagi
takrorlanmaslik mezoni faqatgina ilmiy ijodga o’ziga taalluqli bo’lib, uning
natijasiga ta’sir etmaydi.
Ilmiy tadqiqot –
betakrorligi, mohiyatan yangi bilimlarga erishish
vositalarining o’ziga xosligi hamda natijalarning takrorlanishi bilan
xarakterlanadigan bilish hodisasi bo’lib, uning asosini intuitiv bilimni o’zgartirish
jarayoni tashkil etadi.
Ilmiy tadqiqotni tavsiflash uchun “har qanday haqiqat bema’nilik
sifatida
boshlanib, xurofotda yakunlanadi” degan hikmat ko’proq mos keladi.
Dostları ilə paylaş: