O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Tayanch so’zlar Pedagogik tadqiqot, improvizatsiya,pedagogik ijod, ilmiy 
tadqiqot, paradigma, gipoteza, nazariya, intuitsiya, xulosa, metodologiya. 
 
Pedagogik tadqiqotbu pedagogik jarayonda yangilikni izlash va 
topishdir. Bunday ijodning birinchi bosqichi – o’zi uchun yangilikni kashf etish
pedagogik vazifalarni hal etishning nostandart vositalarini bilib olishdan iborat. 
Bunday vositalar avvaldan ma’lum, biroq pedagog tomonidan qo’llanilmagan 
bo’ladi. Bu yerda gap innovatsiya kabi ob’ektiv yangilik haqida emas, balki 
sub’ektiv yangilik to’g’risida bormoqda. Shunday bo’lsa-da, eski usul va 
vositalardan yangicha sharoitlarda foydalanish ham mumkin. Ikkinchi bosqich – 
nafaqat o’zi uchun, balki boshqalar uchun ham yangilikni kashf etish, ya’ni 
novatorlikda namoyon bo’ladi. Masalan, pedagogik jarayon uchun samarali 
bo’lgan o’qitishning yangi metodini ishlab chiqish bunga misol bo’la oladi. 
Pedagogik ijodning xususiy ko’rinishi improvizatsiya hisoblanadi. Pedagogik 
improvizatsiya (lotincha imprivisus – kutilmagan, tasodifiy) eng umumiy ma’noda 
nimanidir yaratish – kutilmagan pedagogik yechimga kelish va uni o’sha zahotiyoq 
amalga oshirishni anglatadi. Improvizatsiya jarayoni to’rt bosqichdan iboratdir: 
1) pedagogik jarayonda biron bir kutilmagan fikrga kelish
2) intuitiv ravishda vujudga kelgan pedagogik g’oyani bir lahzada anglab 
olish va uni amalga oshirish yo’llarini tanlash;
3) g’oyani ommaviy tarzda bayon qilish; 
4) pedagogik g’oyani amalga oshirish jarayonini zudlik bilan tahlil etish. 
Hozirgacha fanda ilmiy-tadqiqot faoliyatni anglashga nisbatan yangi 
yondashuvlar shakllanayotganligini alohida ta’kidlash kerak. Chunki ilmiy 
hamjamiyatning hozirgi kundagi ilmiy dunyoqarashi yangi sifatiy bosqichga o’tdi. 
Ba’zi olimlar bu jarayonni yangi postnoklassik paradigmalar bilan izohlashga 


13 
harakat qilmoqdalar
1
. Mohiyatan esa, hozirda ilmiy-tadqiqot faoliyatining yangi 
tipologik xususiyatlari shakllanmoqda. Shunga muvofiq ilmiy faoliyatning tadqiqot 
ob’ekti ham o’zgarib bormoqda. Ular orasidagi gnoseologik bog’liqlik tobora 
epistemologik aloqadorlikka o’z o’rnini bo’shatib bermoqda. Shu sababdan ham 
fan taraqqiyotining hozirgi bosqichida ilmiy bilimlarni epistemologik jihatdan 
sintez qilish g’oyasi ustuvorlik qilmoqda. Ushbu yondashuvning ahamiyatli jihati 
shundan iboratki, unda inson o’rganilayotgan ob’ektdan tashqarida emas, balki 
uning ichida, bilish jarayonining bir qismi sifatida faoliyat olib boradi. Bunday 
yondashuv natijasi o’laroq, biz ilmiy hamjamiyatning haqiqat mohiyatiga yanada 
yaqinlashayotganligini anglaymiz. “Ilmiy faoliyat ijod bilan chambarchas bog’liq. 
Ilmiy xodimning bilimi, iste’dodi, qobiliyati, ko’nikmalari, ilmiy haqiqatning 
tagiga yetishga bo’lgan intilishlari ilmiy ijodda o’z aksini topadi”
2
. Shu nuqtai 
nazardan, ilmiy ijod faqat ilmiy muammolarning yechimini izlab topishni emas, 
balki u dunyoni yangi tamoyillar asosida tushunish, taraqqiyot paradokslarini 
noan’anaviy yondashuv asosida tahlil qilish, yangi ilmiy g’oya va gipotezalar 
orqali ilmiy yo’nalishlarni ishlab chiqishga shart-sharoit yaratadi.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati insonning bevosita shaxsiy va jamoaviy bilim hamda 
ko’nikmalariga bog’liq. Shu nuqtai nazardan, ilmiy faoliyat insonning bir qancha 
tadqiqotlari asosida yig’iladigan shaxsiy yoki jamoaviy intilishining bir 
ko’rinishidir. Demak, ilmiy-tadqiqot faoliyatining yangicha turini shakllantirish 
taraqqiyot uchun muhimdir. Zero, ilmiy ijod natijalarini amaliyotga tatbiq etish 
orqali jamiyat miqyosida ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda farovonlikni 
ta’minlash mumkin. Darhaqiqat, ilmiy-tadqiqot faoliyati insonning individual 
ko’nikmalari, ilmiy izlanishlari, nazariy va amaliy bilimlarining rivojlanishi 
natijasida tobora mustahkamlanib boradi. Aynan shuning uchun ham insonning 
ijodkorlik qobiliyatida bilim va ruhiy kechinmalarining uyg’unlashganini kuzatish 
mumkin. Zero, ilmiy-ijodiy jarayonni hech qachon sun’iy tarzda shakllantirib 
bo’lmaydi.
Bugungi kunda yangi ilmiy g’oyalarning insonparvarlik bilan uyg’unlashuvi 
fanning muhim talablardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham A.A.Koblyakov, 
“Odamlar murakkab ilmiy-ijodiy faoliyati natijasida, o’zligini yo’qotish xavfiga, 
barqaror hayotdagi bevosita yoki bilvosita bosim ostida kardinal ravishda 
o’zgarishiga olib kelmoqda. Bu esa ularning o’z insoniy sifatlarini yo’qotishi bilan 
tobora xatarli tus olmoqda. Ayni shu ma’noda, biz ilmiy yutuqlardan samarali 
foydalangan holda bir qutbda bir dunyo boylik to’planayotganligini, ikkinchi 
qutbda esa qoloqlik, qashshoqlik, kambag’allik, kasalliklar, ocharchilik 
1
Qarang: Yatsenko.L.V. Filosofskiye osnovaniya teorii I metodologii tvorchestva / Teoriya i metodologiya
2
Saifnazarov. I., Nikitchenko G.V., Qosimov B.U. Ilmiy ijod metodologiyasi.O’quv qo’llanmasi-Toshkent: Yangi 
asr avlodi, 2004. 


14 
hukmronlik qilayotganligini kuzatish mumkin bo’ladi”
3
, - deb yozadi. Darhaqiqat, 
bunday ijtimoiy-iqtisodiy tanglik keskin siyosiy kelishmovchiliklar, konfliktlar, 
diskriminatsiya, mintaqaviy ziddiyatlar, terrorchilik va boshqa xavf–hatarlarning 
oshib borishiga ta’sir ko’rsatishini unutmasligimiz lozim.
Zamonaviy ilmiy tadqiqot konsepsiyalarida inson qanday kuchlar ta’sirida 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin