O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi


Sahifaning tartib raqami yuqoridagi o’ng burchakda qo’yiladi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Sahifaning tartib raqami yuqoridagi o’ng burchakda qo’yiladi
Magistrlik dissertatsiyasi standartlarga muvofiq keladigan bosmaxona usulida 
muqovalangan bo’lishi kerak. 


126 
Boblar va sarlavhalar nomlarining rasmiylashtirilishi 
Dissertatsiya tadqiqotining har bir bobi yangi sahifadan boshlab yoziladi.
Bobning nomidan keyin paragrafning sarlavhasi qo’yiladi. 
Bob yoki sarlavhalarning nomi asosiy matndan qo’shimcha interval bilan 
ajratib yoziladi.
Boblar va paragraflar nomlari xatboshisidan yoziladi, nuqta qo’yilmaydi, 
tagiga chizib, ta’kidlanmaydi va bochqa betga ko’chirilmaydi. Agar bunday nomlar 
ikki yoki undan ko’proq gaplardan iborat bo’lsa, unda ularning o’rtasiga nuqta 
qo’yiladi. 
Bob nomi bilan matn o’rtasidagi interval 15 mm bo’lichi kerak, bob bilan 
paragraf nomlari o’rtasidagi interval - 8 mm bo’ladi. 
Paragraflar arabcha raqamlar bilan raqamlanadi. Paragraf raqami oldidan bob 
raqami yoziladi, so’ngra paragraf raqami va nomi qo’yiladi. Raqamlar oxirida 
nuqta qo’yilmaydi (1.1). 
Titul varag‘ini rasmiylashtirish 
Dissertatsiya titul varag’ini rasmiylashtirish quyidagi talablarga muvofiq 
bo’lishi kerak:
• dissertatsiya nomi - shrift 16; 
• muallifning familiyasi, ismi - shrift 14; 
• malaka - shrift 14. 
Dissertatsiya ishi mavzuining nomi, magistrantning familiyasi, ismi, otasining 
ismi, «magistrlik dissertatsiyasi» iborasi va yil katta harflar bilan yoziladi.
Shriftni tanlashda faqat Times New Roman yoki Arial shriftlaridan 
foydalanish maqbuldir. 
Matndagi qaydlar, ko’chirmalar va o’zlashtirilgan parchalarni 
rasmiylashtirish 
Ishning bayoni jarayonida magistrant mazmun shartlariga muvofiq 
joylashtirilgan jadvallar, rasmlar, misollar, sxemalar, formulalar va boshqa 
elementlarni qayd qilib o’tishi mumkin, bunday qismlar o’zlari tegishli bo’lgan 
matn bilan yonma-yon qo’yilmasligi ham mumkin. 


127 
Boshqa manbalardan o’zlachtirilgan ma’lumotlar sahifa ostida izoh tarzida 
ko’rsatib o’tiladi. Izoh asosiy matndan uzun chiziq bilan ajratiladi va arabcha 
1

2

3
raqamlari bilan raqamlanadi yoki *** kabi yulduzchalar bilan qayd qilinadi.
Dissertatsiya matnida ko’pincha boshqa mualliflar aniqlagan faktlarni qayd 
qilish yoki o’zlashtirilgan materialni matnga kiritishga to’g’ri keladi. 
O’zlashtirilgan parchalarni bayon ishida rasmiylashtirish shakllari xilma-xil, lekin 
nutqdagi akademik etiket bir qator barqaror nutq shtamplarini ishlab chiqqanki, 
ular o’zlashtirilgan material manbaini aniqroq va qisqaroq tarzda ko’rsatichga 
yordam beradi. 
Boshqa manbalardan olingan barcha materiallarni izohda ko’rsatish kerak. 
Masalan: (5. 42-bet).
Misollar:.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son 
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi 
to’g’risida”gi Farmoni
1
Mirziyoyev.Sh.M Buyuk kelajakni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga 
quramiz. T.:O’zbekiston. 2017.(103 b) 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin