O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

129 
DISSERTATSIYA HIMOYASI 
Magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tayyorlash tartibi 
Dissertatsiyani texnik rasmiylashtirish ishi tugallanganidan keyin magistrant 
magistraturadagi ta’lim olishning oxirgi va hal qiluvchi bosqichi - magistrlik 
dissertatsiyasini himoyaga tayyorlashga lozim darajada e’tibor berishi kerak. 
Bunday tayyorgarlik, avvalo, himoya bilan bog‘liq hujjatlar va materiallarning 
rasmiylashtirilishini o’z ichiga oladi.
Mualliflik annotatsiyasi.
Misol: 
Namangan davlat universiteti 
Fakultet: 
Magistratura 
 
 
 
 Magistr: 
 
____________ 
Kafedra: 
Maktabgacha ta’lim metodikasi
Ilmiy rahbar: _____________ 
O‘quv yili: 2019/2020 
Magistrlik dissertatsiyasi mavzui: Maktabgacha yoshidagi bolalar 
faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning
pedagogik tizimi 
KIRISH (magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati O’zbekiston Respublikasi 
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasida 
maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual., axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan 
har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish, maktabgacha ta’lim 
muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoniny tashkil qilishning mavjud tartibini qayta 
ko’rib chiqish hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko’rsatishning zamonaviy 
usullarini joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning 
rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang’ich ta’limga tayyorligini, 
shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy 
rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi bunda bolalarda Vatanga 
muhabbat hissini, oilaga, o’z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga 
hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida 
e’tibor qaratilishi lozimligi masalasiga alohida urg’u berilgan. 
Amalga oshirilayotgan tadqiqotlar tarkibida bolalar faoliyatini integratsiyalash, 
pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash omili sifatida 
ma’naviy-axloqiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish
kabi masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 


130 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son 
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi 
to’g’risida”gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 
dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-
son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi,
2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim 
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 
qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 
391-son “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu 
tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin