O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

131 
Tadqiqot vazifalari 
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligini nazariy-
empirik jihatdan asoslash; 
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash borasidagi xalqaro tajribani tahlil qilish; 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni faoliyatini integratsiyalash jarayonida 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari va pedagogik-
psixologik imkoniyatlarini tavsiflash;
Bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash
modelini ishlab chiqish; 
Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashga yo’naltirilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish;
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish; 
Tadqiqot ob’ekti sifatida maktabgacha katta va tayyorlov guruh yoshidagi 
bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning
pedagogik jarayonlari bo’lib, Namangan, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagi (jami 
7 ta) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borildi.
Tadqiqot 
predmeti 
maktabgacha 
yoshdagi 
bolalar 
faoliyatini 
integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni, nazariy-
pedagogik tizimi. 
Tadqiqot usullari Tadqiqot jarayonida ko’zlangan maqsadlarga erishish va 
qo’yilgan vazifalar yechimini topish uchun pedagogik kuzatuv, tanqidiy-qiyosiy 
tahlil, so’rovnoma, test, matematik-statistik tahlil, natijalarni umumlashtirish 
usullaridan kompleks foydalanildi 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning baholash mezonlari va xaritasi, indeksi orqali 
aniklashtirilgan; 
xalqaro tajribalardagi maktabgacha yoshdagi bolalar integrallashgan 
faoliyatning kontseptual yo’nalishlarini komparativ tahlili asosida bolalar
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mexanizmi takomillashtirilgan;
bolalar faoliyatining ma’naviy-axloqiy tarbiya vositasida rivojlantirish
modeli sub’ektlar faoliyati (o’yin, ijtimoiy, bilish, mehnat)ga oid xaritalar,
integrativ-variativ dasturlari mazmuni asosida takomillashtirilan; 
maktabgacha yoshdagibolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladigan (“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi 


132 
asosida ilg’or tajribalar, badiiy adabiyotlarni o’rganish, umumlashtirish va ulardan 
foydalanish yo’llarini ishlab chikilgan; 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin