Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 13 ta respublika
va 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda muhokamadan o’tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha
jami
5
ta ilmiy maqola, shundan
2
tasi respublika
va 1
tasi xorijiy jurnallarda 2 tasi
respublika konfrensiya materillarida chop qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob,
xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat.
Dissertatsiya hajmi 86 betni tashkil qiladi.
Statistik, tahliliy material respublikaning tegishli oliy o‘quv yurtlarida
kurslarini o’qitishda qo’llanilishi mumkin.
Ilmiy rahbar _________ Magistr _________ Taqrizlar va baholarning olinishi Magistrlik dissertatsiyasi majburiy tartibda taqriz qilinadi. Opponent
dissertatsiya tadqiqoti bajarilgan ilm sohasi mutaxassislari ichidan tayinlanadi.
Opponent taqriz qilinayotgan dissertatsiyaning mohiyati va asosiy qoidalarining
malakali tahlilini o‘tkazishi, shuningdek, tanlangan mavzuning dolzarbligi, uning
ochib berilishiga yondashuvning mustaqilligi, o’zining nuqtai nazari borligi, ilmiy
tadqiq qilish uslublaridan foydalanish mahorati, xulosalar va tavsiyalarning
aniqligi darajasi, olingan natijalarning ichonchliligi, ularning yangiligi va amaliy
ahamiyatini baholashi kerak.
Ishning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda uning kamchiliklari, jumladan,
faktik xatolari va shu kabilar ham qayd qilinadi. Taqriz hajmi odatda kompyuterda
terilgan ikki sahifadan besh sahifagacha matndan iborat bo‘ladi.
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilichga kafedra mudirining ruxsatini olish. Lozim darajada rasmiylashtirilgan magistrlik dissertatsiyasi taqrizlar bilan
birga (ikki nusxada) kafedraga taqdim etiladi. Kafedra bu ishni ko’rib chiqib,
oldindan himoya qilish kuni va vaqtini tayinlaydi. Oldindan himoyadan o’tgan
134 magistrlik
dissertatsiyalari
kafedraning
majlisi
bayonnomasi
bilan
rasmiylashtiriladi va ommaviy himoyaga tavsiya etiladi.