O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: 
maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalanganlik 
darajasini 
tashxislash 
texnologiyasi 
takomillashtirilgan; 
maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning didaktik shart-sharoitlari tizimlashtirilgan; 
“Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimi” nomli monografiya va
“Katta va tayyorlov guruhlar uchun integratsiyalashgan mashg’ulotlar 
ishlanmalari” (“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida), metodik qo’llanma, 
“Maktabgacha ta’limni integratsiyalash” nomli o’quv qo’llanma maktabgacha 
ta’lim amaliyotiga joriy etilgan; 
maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash modelidan foydalanishga oid tavsiyalar ishlab 
chiqilgan. 
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi muammoga falsafiy, metodologik, 
metodik, psixologik va pedagogik yondashuvlarga hamda maktabgacha yoshdagi 
bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga 
doir milliy tajriba, respublikamiz va chet ellik olimlar, shuningdek, kommunikativ 
faoliyatni tashkil etishga doir ilg’or ish tajribalarga asoslanganligi, tadqiqot 
vazifalariga mos keluvchi, o’zaro bir-birini to’ldirib boruvchi metodlarning 
qo’llanilganligi, tahlil va tadqiqot tavsifining miqdor, shuningdek, sifat jihatidan 
ta’minlanganligi, tajriba-sinov ishlarining reprezentativligi hamda olingan 
natijalarning matematik-statistik tahlil metodlari yordamida qayta ishlanganligi 
bilan belgilanadi. 
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot 
natijalarining ilmiy ahamiyati dissertatsiyada ilgari surilgan nazariy-empirik 
yondashuvlar, qarashlar, ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilganligi, shuningdek, 
maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashga yo’naltirilgan didaktik vaziyatlar mazmuni, printsiplari, 
shakllari, vositalari, usullari va metodlari, pedagogik-psixologik imkoniyatlari 
takomillashtirilganligi, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini 
integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo’naltirilgan 
pedagogik jarayonning didaktik, psixologik xususiyatlari, mazmuni, vositalari, 
usullari va metodlari bilan boyitilgani bilan izohlanadi. 
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati mavzuga oid ta’lim-tarbiyasini tashkil 
etishda maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida


133 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasi pedagogik-psixologik diagnostikasi, 
bolalar faoliyatini integratsiyalash modelining qo’llash imkoniyatlarining 
kengaytirilgani hamda oliy o’quv yurtlarining maktabgacha ta’lim pedagogikasi, 
pedagogika nazariyasi, tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi kurslari 
mazmunini boyitishi, malaka oshirish kurslari dasturlarini takomillashtirishda, 
MTT mutaxassislari ish tajribasini ommalashtirishda foydalanish mumkinligi bilan 
belgilanadi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin