Palestrika - qadimgi yunon gimnastikasining qismi bo’lib, uning asosini kurash mashqlari tashkil qilgan
Orxestrika - qadimgi yunon gimnastikasining qismi bo’lib, nafis harakatlarni rivojlantirish uchun bajariladigan mashqlar
Stadiy- qadimgi yunon o'yinlarida yugurish masofasi (192 m 27 sm) Stadiodrom-qadimgi yunon o’yinlarida 175 mdan 192,27mgacha masofaga yugurish
Diaulos- qadimgi yunon o’yinlarida 2 stadiy masofaga yugurish Dolixodrom- qadimgi yunon o’yinlarida 24 stadiy masofaga yugurish Pentathlon-qadimgi yunon o’yinlarida yugurish, sakrash, nayza va disk uloktirish, kurashdan iborat bo’lgan mashqlar.
Pankration- qadimgi yunon o'yinlarida kurash va qo’l jangidan iborat bo’lgan mashqlar
Gum;uiist - o'rta asrlarda insonparvar ma’rifatchilar
Filantropin - yangi davrda insonparvar ma’rifatchilar tomonidan ochildan
maktablar
Skaut- XIX asr oxiri-XX asr boshlarida yoshlar harbiy-sport tashkilotining a’zosi
Militarizm - mamlakatda barcha sohalarni harbiy maqsadlarga yo’naltirish Xartiya - qonun-qoidalar to’plami, konstitutsiya Olimpiya xartiyasi - Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining asosiy xujjati Olimpizm - olimpiya harakatining asosiy g’oyasi, ya’ni sport, madaniyat va ta’limni bog’liqligidir.