Jismoniy tarbiya - insonni jismoniy kamolotga erishishiga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, inson organizmini morfologik va funksional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan.
Jismoniy tarbiya tizimi-jismoniy tarbiyaning ilmiy -uslubiy, g’oyaviy asoslari tushuniladi. Bu tizim jismoniy tarbiya tizimining bo’g'inlari bo’yicha jismoniy tarbiya vazifalarining, vositalarini, ish shakllarini amalga oshirish tushuniladi.