O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

metabolizm
(modda almashinuvi) deb nomlangan. Bu o‘zgarishIar hujayra darajasida 
m etabolizm y o ‘l!ari deb ataluvchi ketm a-ket keluvchi murakkab reaksiyalardan 
iborat. Bu reaksiyalar genetik va kim yoviy mexanizmlar yordamida boshqarilib 
turiladi. M etabolizm ikkiqaram a-qarshiyo‘nalgan va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan 
anabolizm (assimilyatsiya) va katabolizm (dissimilyatsiya) jarayonlaridan iborat.
Anabolizm-
hujayra, to‘qima va a ’zolar tarkibidagi organik moddalar biosintezi 
jarayonlari majmuyidir. U organizmda o ‘sish, rivojlanish, biologik tarkibini yangilash, 
energiyani to ‘plash (makroergik bogMami sintezlash) jarayonlarini ta ’minlaydi. 
A nabolizm oziq moddalar tarkibiga tushgan molekulalarini boshqa murakkab 
m olekulalarga kimyoviy o ‘zgartirishdan iborat. Masalan, aminokislotalami hujayra
292
www.ziyouz.com kutubxonasi


genetik apparatidagi k o ‘rsatm aga asosan sintezlan ay o tg an hujayra o q silla ri 
tarkibiga kiritish.
Katabolizm-murakkab
molekulalaming sod d a moddalargacha parchalanishi
ulaming bir qismini biosintezga asos qilib olinishi v a boshqa qismining esa oxirgi 
mahsulotlargacha parchalanishi va energiya ajratishi jarayonlarining m ajm uyidan 
iborat. M etabolizm natijasida quyidagi oxirgi m ahsulotlar hosil boMadi: su v
(odamlarda bir kunda taxminan 350 mi), karbonat angidrit (230 ml/min), is gazi (0,007 
ml/min), mochevina (bir kunda 30 g cha), azot saqlovchi boshqa m oddalar (b ir 
kunda taxminan 6 g ).
Katabolizm natijasida oziq moddalar m olekulalaridan energiya ajralib chiqadi 
va organizm ehtiyoji uchun sarflanadi. M asalan, o v q at tarkibida tushgan o q sillar
am inokislotalargachaparchalanadivaaminokislotalaroksidlanibCO va H O gacha
parchalanadi, bu jarayon energiya ajralishi bilan kuzatiladi.
Anabolizm va katabolizm jarayonlari organizm d a dinamik muvozanatda boMadi. 
K atabolizm dan anabolizm ning ustun turishi o rg an izm n in g o ‘sishi, to ‘q im a
massasining ortishiga olib kelsa, katabolik jarayonlar ustunligi esa to‘qima tarkibini 
qisman boMish-boMmasIigi inson yoshiga (bolalarda anabolizm ustunlik qiladi, katta 
yoshdagi odamlarda muvozanatli holat va keksalarda katabolizm ustunligi kuzatiladi), 
sogMomlik holatiga, organizmning jism oniy yoki psixoemotsional zo‘riqishiga 
bogMiq.
O rg an izm d a en erg iy a hosil boMishi va u n in g ishlatishi. Modda alm ashinuv 
jarayonida doimo energiya aylanishi sodir boMadi: ovqat tarkibida organizm ga 
tushgan murakkab organik birikmalar energiyasi issiqlik, mexanik va elektrik 
energiyalarga aylanadilar. Odam va hayvonlar atrof-m uhitdan energiyani y o g ‘, 
oqsil, karbonsuv molekulalarining kimyoviy bogMaridagi 
potensial
energiya sifatida 
oladi. Hayot fáoliyatining barcha jarayonlari anaerob va aerob metabolizm natijasida 
hosil boMgan energiyalar bilan ta ’minlanadilar. Energiyani kislorod ishtirokisiz hosil 
boMishi, masalan, g!ikoliz(glukozaning sut kislotasigacha parchalanishi) 
anaerob
almashinuvi
deyiladi. Glukozaning(glikoliz)yoki glikogenni (glikogenoliz) anaerob 
parchalanishi natijasida 1 mol glukoza 2 mol laktatga aylanadi va 2 mol ATF hosil 
boMishiga olib keladi. Anaerob jarayonlaridan hosil boMgan energiya faol hayot 
uchun kamlik qiladi, kislorod ishtirokidagi reaksivalar energiyaga boyroq bo ‘ ladi. 
kislorod ish tiro k id ag i barcha energiya h o sil q ilu v c h i ja ra y o n la rg a
aero b
almashinuvi
deyiladi. Murakkab molekulalar oksidlanganda kimyoviy bogMar 
uziladi, organik molekulalar dastlab uchkarbonatli birikmalargacha parchalanadilar. 
Biologik oksidlanishdan hosil boMgan energiyaning b ir qismi yuqori energetik 
fosfat (ATF bogMari hosil qilishga sarflanadilar va ) energetik zaxira sifatida 
saqlanadi. 1 mol glukoza C 0 2 va H20 gacha oksidlanganda 25,5 mol ATF hosil 
boMadi. YogMartoMa oksidlanganda hosil boMgan A TFm oIekuIalarikarbonsuvIar 
oksidlanganligidan ko‘proqni tashkil qiladi.
Hujayralarda sodir boMayotgan kimyoviy o ‘zgarishlar dinamikasini biokim yo 
o'rganadi. Fiziologiyaning vazifasi esa organizm dagi umumiy modda va energiya 
sarfini bilish va uni toMaqoplash uchun qanday ovqatlanish kerakligini aniqlashdan
293
www.ziyouz.com kutubxonasi


iborat. Energiya almashinuvi organizmning umumiy holatini va fiziologik faolligini
k o ‘rsatuvchi kattalik hisoblanadi.
Biologiya va tibbiyotda energiya kaloriya (kal) o'lchov birligi q o ‘llaniladi. Bir 
kaloriya 1 gsuvni 1°C isitish uchun zarurbo'lganissiqiikdir. Xalqaro(CI)sistemasida 
energetik kattalik djoulda qoMlaniladi. (1 kkal —4,19kD j)
O ziq m oddalarning e n e rg etik qiym ati. Birorta modda oksidlanganda ajralib 
chiqadigan energiya uning bosib o‘tgan bosqichlarigabog‘liq emas (ya’ni yonadimi 
yoki katabolik jarayoni natijasida oksidlanadimi vah. k .). Oziq moddalardagi energiya 
miqdori suv hammomida, yopiq kamera 

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin