O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

so 'la k bezi; KP
-
hazm markazining
po'stloqdagi vakiiligi; G - ko‘z; M-muskul;
Ya - til; S - po 'stloq ostt markazi; 1 - bosh
miya po 'stlog‘i kutrang moddasidagi ko'ruv
markazi bilan so'lak ajralish reflekslari
orasidagi vaqtinchalik aloqa; 2 - oq mod-
dadan o'tgan assotsiativyo'l;
3 - po 'stloq osti markazlaridagi yo
7.
Shartli refleks hosil bo'lish mexanizmi.
Shartsiz refleksni qandaydir befarq 
ta’sirot bilan bir necha bor mos kelishi natijasida shartli refleks hosil bo‘Iadi. Markaziy 
nerv sistemasi ikki nuqtasining bir necha bor bir vaqtda q o ‘zg ‘alishi ular o ‘rtasida 
vaqtinchalik aloqa
hosil bo‘lishiga olib keladi, natijada dastlab muayyan shartsiz 
refleksga hech qanday aloqasi bo‘lmagan befarq ta ’sirot ushbu refleksni chaqira
353
www.ziyouz.com kutubxonasi


boshlaydi. Demak, shartli refleks hosil bo‘lishi mexanizmi asoslda 
vaqtinchalik
aloqaning hosil bo'lishi
yotar ekan.
l.P. Pavlov dastlab vaqtinchalik aloqa shartli ta ’simi qabul qiluvchi bosh miya 
po‘stlog‘ida va shartsiz refleksning po‘stloq osti markazlari o‘rtasida hosil bo‘ladi, 
degan. Keyinchalik tajriba natijalariga asoslangan holda, l.P. Pavlov vaqtinchalik 
aloqa faqat bosh m iya p o ‘slog‘ida shartli ta’sirotning va shartsiz refleksning 
po‘stloqdagi m arkazlari orasida hosil b o ‘ladi, degan xulosaga keladi. l.P. Pavlov 
laboratoriyasida har qanday shartsiz refleksning bosh miya po‘stlog‘ida markazi 
mavjudligi tajribada isbotlab berildi.
Vaqtinchalik aloqaning hosil bo'lishi fiziologik mexanizmi.
l.P. Pavlov 
b o ‘yicha vaqtinchalik aloqaning hosil bo‘lishi bir vaqtda bosh miya po‘stlog‘ining 
ikki nuqtasi q o ‘zg ‘alishi: y a’ni, shartli ta ’sirotni qabul qiladigan va bosh miya 
p o ‘stlog‘idagi shartsiz refleks markazlarining bir vaqtda qo‘zg‘alishi natijasidir. 
Bosh miya po ‘stlog‘idagi b ir vaqtdagi qo‘zg‘aIishlaming mavjudligi, qo‘zg‘alish 
jarayonining kuchsizroq joydan (shartli ta’sirot natijasida kelib chiqqan), kuchliroq 
(shartsiz ta’sirot natijasida kelib chiqqan) joygaharakatlanishinikeltirib chiqaradi. 
Shu harakatlar natijasida bosh miya p o ‘stlog‘ining ikki nuqtasi o ‘rtasida yangi 
yo‘l ochiladi. Demak, l.P. Pavlov bo‘yicha vaqtinchalik aloqa hosil boMishi mexanizmi 
asosida yangi y o ‘! ochilishi -dom inantlikjarayoniyotadi. Lekin dominant o ‘choq 
va vaqtinchalik aloqa o ‘rtasida katta farq mavjud, dominant o ‘choq qisqa davom 
etsa, hosil b o ig a n vaqtinchalik aloqa turg‘un bo‘ladi. Shuning uchun dominantlik 
jarayoni vaqtinchalik aloqa hosil bo‘lishiningboshlang‘ich davrida, ya’ni neyronlar 
orasidagi ishtamay turgan sinapslaming ishlab ketishida katta ahamiyat kasb etadi.
Vaqtinchalik aloqaning mustahkamlanishi, ya’ni bosh miya po‘stlog‘ ining ikki 
nuqtasi orasidagi sinapslam ing o ‘tkazuvchanligi turg‘unligi boshqa mexanizmlar 
asosida amalga oshiriladi. Ayrim tadqiqotchilar fikricha, neyronlararo sinapslarda 
o'tk azu v ch an lik n in g osonlashishiga sabab berilayotgan takroriy ta ’sirotlar 
natijasida bosh miya p o ‘stlog‘idagi funksional o ‘zgarishlardir.
Shartli va shartsiz ta’sirotlaming mos kelishi oraliq neyronlarda yo‘qolmaydigan 
iz qoldiradi, natijada bu yerda o‘tkazuvchanlikturg‘un b o iib qoladi.
Ayrim tadqiqotchilar fikricha, vaqtinchalik aloqa bosh miya po‘stlog‘idagi 
morfologik o ‘zgarishlar bilan bog‘liq. !.S. Beritov b o ‘yicha shartli va shartsiz 
ta ’sirotlar natijasida q o ‘z g ‘a!ayotgan bosh miya p o ‘stlo g ‘i sohalari orasida 
neyronlar va ulam ing sinaps sohasi yo‘g ‘onlashishi kuzatiladi. Bundan tashqari, 
neyron tanasi impuls kelayotgan tomonga va uning o ‘simtasi esa qo‘zg‘alish 
uzatilayotgan tomonga qarab uzayadi va bu o ‘zgarish!ar natijasida qo‘zg‘alishning 
o ‘tkazilishi tezlashadi.
A.I. Roytbak fikricha, vaqtinchalik aloqaning hosil b o iish i asosida mana shu 
ikki nuqta orasidagi neyronlam ing miyelin qobig‘i bilan qoplanishi yotadi.
P.K. Anoxin b o ‘yicha vaqtinchalik aloqa shartli va shartsiz ta'sirotlar bosh 
m iya p o ‘s tlo g ‘in in g b itta n e y ro n ig a k elib tu g ash i va m ana shu neyron 
aksoplazmasida ketadigan kimyoviy jarayon natijasida RNK kodi 
0
‘zgaradi va 
vaqtinchalik aloqani ta ’m inlovchi oqsil molekulasi sintezlanadi.

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin