O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

ikkinchi tartibli shartli refleks
deb ataladi.
Taqlid qilish
ham shartli reflek sn in g bir turi b o ‘lib, to ‘da, poda bo‘lib 
yashaydigan hayvonlarda yaxshi rivojlangan. Agar laboratoriyada b ir guruh
m aym unlar k o 'z oldida bitta maym unda ovqatlanish shartli refleksi hosil qilinsa, 
«tomoshabinlaD> 
dan birortasi olinib tajriba xonasiga kiritilib, birinchi bor shartli 
ta ’sir berilgandayoq bu m aym unda muayyan shartli refleks m avjud ekanligi 
kuzatiladi. Demak. «tomoshabin» maymunlarda tajribani kuzatish orqali shartli 
refleks hosil b o ‘lgan.
Assotsiativ shartli refleks-
indiferent ta ’sirlovchilarining bir necha bor mos 
kelishi natijasida kelib chiqadi, shu ta ’sirotlar bir-birini eslatadi. I.P. Pavlov 
laboratoriyasida bir necha bor bir vaqtda itlar tovush va yorug‘ lik bilan ta’sirlashgan. 
Yigirma marotabaqaytarilgandan so‘ng bular o‘rtasida bog‘lanish paydo bo‘!ganligi 
kuzatilgan. A gar yorugMik yakka o ‘zi ta ’sir etilsa, it jim turgan tovush manbayiga, 
tovush berilganda esayorugMik manbayiga qaraganligi kuzatilgan. Shu ta’sirlardan 
biri, yorugM ikka- shartli refleks hosi! qilingandan so‘ng, tovush birinchi marotaba 
berilgandayoq shu refleksni chaqirgan.
Vaqtga hosil qilingan shartli refleks.
Agar shartli ta ’sir bir necha bor ma’lum 
b ir vaqt o ‘tgandan so‘ng qaytariîsa, vaqtga shartli refleks hosil boMishi mumkin. 
N atijada vaqt oralig'i o'tgandan so ‘ng xuddi shartsiz ta ’sir berilgandek javob 
reaksiyasi kuzatiladi. Masalan: b ir necha bor it har 30 minutda ovqatlantirilsa, har 
30 minutda o ‘z-o‘zidan soMakajralish reaksiyasi kuzatiladi.
Shartli reflekslarning tormozlanishi
Shartli reflekslarning hosil b o ‘lishi neyronlaming qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq. 
Tormozlanish jarayoni odam va hayvonlami murakkab xulq-atvorini amalga oshirish 
uchun q o ‘zg ‘alish jarayoni kabi muhim ahamiyatga ega. Tormozlanish shartli 
reflekslam i tartibga solish va mukammallashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. 
Torm ozlanish tufayli organizm uchun eng zarur eng, ahamiyatli faoüyatga e ’tibor 
berilib, qolganlari to ‘xtatib qo‘yiladi (
shartsiz tormozlanish).
Tormozlanish tufayli 
shartli reflekslar uzluksiz aniqlashtirilib mukammalashtirilib o ‘zgaruvchi muhit 
sharoitiga moslashtiriladi. Shartli tormozlanish tufayli shartli reflekslami nozik 
mexanizmi orqali organizm o ‘zini ortiqcha kuchlanishdan saqlaydi (himoyaviy 
tormozlanish).
Shartli reflekslar tormozlanishining ikki guruhi mavjud:
1. 
Shartsiz-tashqi.
2. 
Shartli-ichki.
Shartsiz (tashqi) tormozlanish.
Organizm hayot faoliyati jarayonida tashqi va 
ichki dunyodan uzluksiz ta ’sirlarga uchraydi. Bu ta'sirlam ing har qaysisi tegishli 
refleksni keltirib chiqaradi. Agar hamma ta ’sirlarga organizm javob berganda uning 
faoliyatida hech qanday tartib b o im a s edi. Aslida bunday boMmaydi. Shartsiz
356
www.ziyouz.com kutubxonasi


tormozlanish natijasida hozirgi vaqt uchun eng zarur refleks amalga oshib, qolganlari 
tormozlanadi. Shartsiz tormozlanish nerv tizim ining barcha boMimlarida uchraydi. 
Uni hosil qilinmaydi, u zarur refleks yuzaga kelishi bilan boshqalami torm ozlaydi. 
Shartsiz torm ozlanishni «tashqi» d ey ilish ig a sabab, uni keltirib chiq ad ig an
tomiozlovchi omil refleks yoyidan tashqarida boMadi. Shartsiz tormozlanishni keltirib 
chiqaruvchi ta ’sirlagichlami 
doimiy
va 
so nib boruvchilarga
boMinadi.
Doimiy tormoz.
Itdayaxshi so‘!akajratuvchi shartli refleks hosil qilingan holatda 
shartli q o ‘zg‘atuvchining ta’siriga it kuchli soMak oqishi bilanjavob beradi. Biroq 
sharth qo‘zg ‘atuvchi ta ’siri bilan birga itga o g ‘riq berilsa, bir tomchi ham s o ‘lak 
oqmaydi: shartli refleks yo‘qoladi. Shartli soMak ajratuvchi refleksning tormozlanishi 
hayotiy muhim shartsiz himoyalanuvchi refleks hisobiga yuzaga keldi. Organizm ga 
ziyon keltiruvchi og‘riq reaksiyasi shunchalik muhimki, barcha imkoniyatlami ishga 
solib, undan qutulish zarur. Shartsiz torm ozlanish boshqa reflekslam i to ‘xtatib 
organizmni og‘riqdan qutqarishga y o ‘naltiradi.
Itga k o ‘p marta og‘riqni chaqiruvchi ta ’sir qilsa, u shuncha m arta reaksiya 
beradi. Takrorlanish hisobiga javob reaksiyasining kuchi kamaymaydi.
Doimiy shartsiz tormozlanishning m anbalari boMib, turli shartsiz reflekslar 
boMishi mumkin. Masalan, tajriba vaqtida itda barcha shartli reflekslar o ‘z-o ‘zidan 
y o ‘qohb ketadi. Agar itni tashqariga olib chiqib siydik pufagini bo‘shatishga imkon 
yaratilsa barcha shartli reflekslar qaytadan paydo boMadi. Bunda shartli reflekslar 
siydik pufagini cho‘zi!ishidan hosil b o ‘lgan interoretseptorlam ing im pulslari 
hisobiga tormozlanadi.
Shartsiz tormozlanish boshqa shartli refleks ta ’sirida ham yuzaga kelishi mumkin. 
Bu hayvonlar xulq-atvorining nihoyatda egiluvchanligini ko‘rsatadi. M asalan, 
qopqonga sepilgan don qushni unga yaqinlashishiga sabab boMadi, biroq shu 
vaqtda qush tutuvchining sharpasi q u sh n i uch irib yuboradi. B unda sh artli 
himoyalanish refleksi shartli ovqatlanish refleksini tormozlaydi.
Odamlarda ju d a ko‘pshartli reflekslar borligi tufayli bir faoliyatini to'xtatish
yoki kuchaytinsh uchun juda ko‘p im koniyatlarga ega. Odamlaming flkrlashi va
xulq-atvorida odamni «irodaviy faoliyati» m uhim ahamiyatga ega. Masalan, otishma
bo fayotgan jo y d a askar biologik m uhim aham iyatga ega b o 'lg a n sh a rtli
himoyalanish refleksiga ko'ra tanasi bilan yerga iloji boricha yopishadi, chunki
hayotyoki o ‘lim masalasi ko‘nda!angturibdi. Biroq «Vatan uchun o!g‘a» buyrug‘i
beriladi, yonida yotgan o‘rtoqlan turadi, shartli himoyalanish refleksi ongli ravishda 
tormozlanadi.

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin