uyalganida yuzi qizaradi, q o ‘rqqanida.esa oqaradi. Bu teridagi qon tomirlarining
kengayish va torayishi bilan bog‘!iq. Shunga ko‘ra teri harorati ham o‘zgaradi.
Gmotsiyada teri tukchalarining qopchalaridagi mushaklar qisqarishi natijasida
tukchalarko‘tariladi, d o ‘mboqchalar hosil bo‘ladi (bunday holda«tovuq et» haqida
gapiriladi). Emotsional terlash - sovuq ter chiqish holati kuzatiladi. Bunday ter
ajralish kaftda va peshanada sodir bo‘ladi, harorat boshqarilishidagi ter butun
tana yuzasida am alga oshadi.
Emotsiyada yurak-qon tom ir tizimi faoüyatida ham o ‘zgarish yuz beradi, yurak
urishi tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin, ba’zida aritmiya kuzatiladi, arterial
qon bosimi o ‘zgaradi, tananing har xil qismidagi qon
tomirlarda qonning qayta
taqsimlanishi kuzatiladi.
Emotsiyada nafas olish tezlashishi yoki aksincha, sekinlashishi mumkin, ba'zida
qisqa vaqtga to ‘xtashi, so'ngra chuqur nafas olish bilan almashinuvi (xo‘rsinish)
kuzatiladi, nafas olish va chiqarish vaqtlari ham o ‘zgarishi aniqlangan.
His-tuyg‘u hazm tizim i faoliyatiga ham ta’sir qiladi. His tuyg‘uda ko‘pincha
hazm yo‘li harakati susayishi, so‘lak ajralishi kamayishi va og‘iz qurib qolishi
kuzatiladi. M e’dada shira ajralishi va harakat o‘zgarganligi tufayli ko‘ngil aynishi
kelib chiqishi mumkin, bu holatda so‘lak ajralishi kuchayadi. Hazm tizimida o‘zgarish
har
xil kechishi m um kin, masalan, bir odamda ja h l ishtahani b o ‘g ‘ib qo‘ysa,
ikkinchisida, aksincha, ishtahani ochib yuborishi mumkin. Qattiq qo‘rqqanda ayrim
odamlarda ixtiyorga b o ‘ysunmagan ich ketish holatini kuzatish mumkin. Bu ichak
peristaltik qisqarishining kuchayishi va anal sfinktemi b o ‘shashishi natijasida kelib
chiqadi. K o'pgina his-tuyg‘ularda endokrin bezlar faoliyati va markaziy nerv tizimi
ta ’sirida modda alm ashinuvining kuchayishi kuzatiladi. His-tuyg‘ular qonning
tarkibini ham o'zgartiradi, qonda glukoza, adrenalin, eritrotsit, leykotsitlar miqdorlari
o ‘zgaradi.
Vegetativ reaksiyalar ijobiy hissiyotda salbiy hissiyotga nisbatan kuchliroq
namoyon bo‘ladi, lekin ijobiy hissiyotda vegetativ nosozliklar kuzatilmaydi. 0 ‘z
kuchiga, haq ekanügiga ishongan odamlar hissiyotni zarar keltiruvchi ta’siriga
qarshi tura oladilar. Salbiy hissiyotga qarshilik ko‘rsatmagan odamlar organizmiga
zarar keltirishi mumkin.
Hissiyotda somatik nerv tizimi javoblari ham kuzatiladi. Bu javob hatti-harakatda,
mimikada, tana holatida,
tana muskullari tonusida, ulam ing ritmik qisqarishida
(qaltirash, oyoqda tura olm aslik) namoyon boMadi. B a’zi bir histuyg‘uda ko‘zning
pirpirashi, ko‘z soqqasi harakatining kuchayishi kuzatiladi. Kuchli his-tuyg‘uda
ko‘z soqqasi harakati susayadi.
Har qanday his-tuyg‘u m a’lum bir mimik ko‘rinishga mos keladi.
His-tuyg‘uda m iyadagi elektrik faollikning ortishi kuzatiladi. Bosh miya
po‘stlog‘ining har xil sohasida yuqori chastotali potensiallar yuzaga keladi.
Kishi uchun subyektiv hisoblangan his-tuyg‘ular, uning ehtiyojlari qondirilish
jarayonlari qanday kech ay o tg an lig in in g belgisi sifatid a nam oyon b o ‘ladi.
Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo‘lgan ijobiy hissiy holatlar (zavqlanish,
mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlami qondirish jarayonining xush keladigan tarzda
370
www.ziyouz.com kutubxonasi
kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlam ing qondirilm asdan qolishi salbiy hissiy
kechinmalarga (uyalish, o ‘kinish, hasrat va shu kabilarga) olib keladi.
Dostları ilə paylaş: