O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V


səhifə198/238
tarix22.12.2023
ölçüsü
#190479
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

Siydikning quyuqlashish mexanizmlari.
Issiq qonli hayvonlaming buyragi 
qonga nisbatan yuqori konsentratsiyali siydik chiqarish xususiyatiga ega. Buning 
sababini buyraklar turli qismlarini burib teskari oqish mexanizmi bilan izohlash 
mumkin. Suv m uvozanati holatiga qarab, buyraklar goh suyuq, goh quyuq siydik 
ajratishi mumkin. Bu jarayonda nefronning barcha qismlari mag‘iz modda tomirlari 
hujayralararo suyuqlik ishtirok etadi.
Burib teskari oqizuvchi sistemaning ishlash mohiyati shundan iboratki, Genie 
qovuzlog‘ining ikki qismi-tushuvchi va k o ‘tariluvchi qismlari bir-biroviga jips 
taqalib, bir butun mexanizm sifatida ishlaydi. Qovuzloqning tushuvchi (proksimal) 
qism idagi ep iteliy faq at suvni o ‘tkazadi-yu, natriy ionlarini o ‘tkazm aydi. 
K o‘tariluvchi (distal) qismdagi epiteliy esa faqat natriy ionlarini fäol reabsorbsiya 
qila oladi, ya’ni kanalcha siydigidan buyrakning to‘qima suyuqligiga o ‘tkaza oladi, 
lekin ayni vaqtda suvni kanalchalardan to ‘qima suyuqligiga o ‘tkazmaydi.
Siydik genie qovuzlog‘ining tushuvchi (proksimal) qismidan o ‘tayotganda suv 
to ‘qima suyuqligiga o ‘tgani tufayli siydik asta-sekin quyuqlashadi. T o'qim a 
suyuqligiga suv o ‘tishi passiv protsessdir, buning sababi shuki, qovuzloqning 
proksimal qismi yonidagi distal qismi epiteliysi natriy ionlarini aktiv reabsorbsiya 
qiladi, ya’ni ulami kanalchalardan to ‘qim a suyuqligiga (interstitsial suyuqlikka) 
o ‘tkazadi; to‘qima suyuqligiga o ‘tgan natriy ionlari bu yerda suv molekulalarini 
distal kanalchadan emas, balki proksimal kanalchadan tortib oladi.
Suvning proksim al kanalchadan to ‘qim a suyuqligiga chiqishi sababli bu 
kanalchada siydik to b o ra q u y u q lan ad i va qovuzloq c h o ‘qqisida k o ‘proq 
konsentrlanib qoladi. Siydik yuqori konsentratsiyali b o ‘lib qolgani tufayli distal 
qismidagi natriy ionlari to'qim a suyuqligiga o ‘tadi, chunki distal kanalcha devorlari 
suvni o ‘tkazmaydi, lekin natriy ionlarini aktiv reabsorbsiya qiladi. Qovuzloqning 
distal kanalchasidan natriy ionlarining to‘qim a suyuqligiga o ‘tishi o ‘z navbatida 
bu suyuqlikning osm otik bosim ini oshiradi, buning natijasida esa, yuqorida 
k o ‘rsatilganidek, suv proksim al kanalchadan to ‘qim a suyuqligiga chiqadi. 
Shunday qilib, proksim al kanalchada suvning siydikdan to‘qima suyuqligiga 
o ‘tish tufayli distal kanalchada natriy reabsorbsiyalanadi, natriyning reabsorbsiya 
kanalchadan suvning to ‘qim a suyuqligiga chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu ikkala 
protsess birga o ‘tadi. N atriy siydikdan to'qim a suyuqligiga chiqishi sababli 
qovuzloq cho‘qqisidagi gipertonik siydik keyinchalik Genie qovuz!og‘ining distal 
kanalchasi oxirida qon plazm asiga nisbatan izotonik va hatto gipotonik b o ‘lib 
qoladi.
Q o v u zlo q n in g tu rli y e r la rid a yon m a-y o n y o tg an proksim al va distal
316
www.ziyouz.com kutubxonasi


kanalchalardagi siydikning osmotik bosimi juda kam farq qiladi. Kanalcha atrofidagi 
to ‘qima suyuqlig‘ining osmotik bosimi proksimal va distal kanalchalaming shu 
qismidagi siydikning osmotik bosimigataxminan baravar keladi.
Proksimal kanalchada suv so ‘rilganidan, siydikning osm otik bosimi asta-sekin 
oshib boradi, distal kanalchada esa natriy reabsorbsiyasi tufayli siydikning osmotik 
bosimi shuga yarasha sekin-asta pasayadi. Shunday qilib, proksimal (yoki distal) 
kanalchaning qo'shni ikki qismi orasidagi osmotik bosimlar farqi ancha katta emas. 
Qovuzloq bo‘ylab esa bosimning bu kichik farqlari qanalchalam ing har bir qismida 
qo‘shilib boradi va qovuzloqning boshlangMch (yoki oxirgi) qismi bilan cho‘qqisi 
orasida bosimningjuda katta farqini (gradiyentini) vujudga keltiradi. Qonga nisbatan 
izotonik bo‘lgan bir talay siydik qovuzloqning boshlang‘ich qismiga yig‘ilishini 
ta’kidlab o ‘tish zarur. Genie qovuzlogMda siydik ko‘plab suv va natriyni yo‘qotadi 
va qovuzloqdan ancha kam siydik oqib chiqadi, bu siydik qon plazmasiga nisbatan 
yana izotonik, hatto gipotonik b o ‘ladi. Shunday qilib, qovuzloq k o 'p miqdorda 
suv va natriy ionlarini reabsorbsiyalovchi konsentratsion mexanizm sifatida ishlaydi. 
Texnikada qanday bo‘lmasin m oddalar konsentratsiyasini katta tafovut qildirish 
zarur bo‘lganda boya tasvir etilganiga o ‘xshash 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin