tormozlaydi. Shuningdek seratonin, adrenalin, glukagonlar ham ichak harakatini
tormozlaydi.
D efekatsiya - to ‘plangan m oddalar to ‘g ‘ri ichak retseptorlarini qitiqlashi
natijasida yo‘gon ichakdan najasni chiqarib yuborilishidir. T o ‘g ‘ri ichakda bosim
4 0 -5 0 sm. suv ustunidan ortgandan so ‘ng odam da defekatsiya sodir qilish xohishi
paydo bo‘ladi. Bosim 20-30 suv ustuniga yetganda to ‘g ‘ri ichak toMganligi hissi
paydo bo‘ladi. T o ‘g ‘ri ichakning silliq muskuliardan tashkil topgan - ichki va
ko‘ndalang targ‘il muskullaridan iborat - tashqi sfinkterlari defekatsiyadan tashqari
paytlarida tonik qisqargan holida b o ‘ladi. Bu sfinkterlami reflektor bo‘shashi,
ichakning perestaltik qisqarishi, o rq a peshovni ko‘taruvchi (m . Lavator ani)
muskulning qisqarishi, to ‘g‘ri ichakning halqasimon m uskuilarining qisqarishi -
najasni to‘g‘ri ichakdan tashqariga chiqishini ta'minlaydi. Defekatsiyada kuchanish
katta ahamiyatga ega, bunda qorin devori va diafragma muskullari qisqarib qorin
bo‘shlig‘idagi bosimni 220 sm. suv ustunigacha ko'tarishi mumkin.
T o‘g ‘ri ichak retseptorlarl orqa m iyaning bel-dumg‘aza sohasi bilan bog‘laydi
va birlamchi reflektor yoyni hosil qiladi. Bu reflektor yoy ixtiyorsiz defekatsiya
holatini boshqaradi. Ixtiyoriy defekatsiya holati bosh miya p o ‘stlog‘i, uzunchoq
miya markazlari va gipotalamus ishtirokida amalga oshiriladi.
Orqa miyaning chanoq nervi tarkibidagi parasimpatik tolalaridan kelgan impulslar
sflnkterlar tarangligini susaytirish va to ‘g ‘ri ichak harakatini kuchaytirish orqali
d efek atsiy an i kuchaytiradi. S im p a tik n e rv la r esa s fln k te rla r q isq arish in i
kuchaytiruvchi va to ‘g ‘ri ichak harakatini susaytiruvchi ta ’sir ko'rsatadi.
Ixtiyoriy defekatsiya holati bosh m iyadan orqa miya m arkazlariga yuborilgan
tashqi sfinkterni b o ‘shashtiruvchi, diafragm a va qorin d ev o ri m uskullarini
qiskartiruvchi ta ’siri natijasidir. S o g ‘lom odam larda b ir sutkada 1-2 m arta
defekatsiya sodir etitadi.
Dostları ilə paylaş: