294
XXIII bob. OZBEKISTON RESPUBLIKASINING
VAZIRLAR MAHKAMASI
l-§. Vazirlar M ahkam asining hokimiyat tizim idagi o‘rni
Davlat hokimiyati tizimida ijroiya hokimiyati alohida o‘ringa ega. Ijro
hokimiyati davlat hokimiyatining mustaqil tarm o g ‘i bo‘lib, o‘z vazifasiga ega.
Ijro hokimiyati qonunchilik hokimiyatidan farq qilib, yuqori va mahalliy organlar
tizimidan tashkil topadi va quyidan yuqorigacha vertikal asosda bo‘ysunish
prinsipida joriy qilinadi. Darslikning bu bobida yuqori ijro hokimiyati organi
xususida to‘xtalamiz.
Jahon davlatchilik tajribasida yuqori ijro organi sifatida hukumat e’tirof etiladi.
Ayrim mamlakatlarda ijro hokimiyati Prezident va hukumat tomonidan, ayrim
mamlakatlarda faqat hukumat tomonidan amalga oshiriladi. Hukumat yuqori
ijro organiga nisbatan ishlatiladigan atama bo‘lib, hukumat turli mamlakatlarda
turli nomlar bilan ataladi, masalan: Vazirlar Kengashi, Davlat Kengashi, Vazirlar
M ahkamasi yoki to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri hukumat deb ataladi. Uning boshliqlari nomi
ham har xil: Hukumat raisi, Bosh vazir, Vazirlar Kengashi Raisi, Kansler va
hokazo.
Lekin barcha mamlakatlarda hukumat kollegial organ sifatida ish yuritadi.
H ukum atning mavqei ham davlat boshqaruv shakllariga qarab har xil.
Parlam entar respublikalarda yoki monarxiya davlatlarida hukum atning mavqei
ancha yuqori va mamlakatining ichki va tashqi siyosat yuritishida asosiy
o‘rnini egallaydi. Ularning mavqei ham Konstitutsiyada yuqori darajada
mustahkamlangan. Masalan, Shvetsiya Konstitutsiyasida: «Davlatni hukumat
boshqaradi», - deb koYsatilgan bo‘lsa, Ispaniya Konstitutsiyasida «Hukumat
ichki va tashqi siyosatga rahbarlikni amalga oshiradi, davlat muhofazasi, Qurolli
Kuchlar va fuqarolik ishlarini boshqaradi», - deb mustahkamlangan. Bu shu
davlatlarda hukumat rolining naqadar yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Prezidentlik va boshqaruvning aralash shaklidagi mamlakatlarda esa,
hukum atning roli Prezident hokimiyati ta’sirida ekanligi bilan belgilanadi.
Bunday mamlakatlarda davlat hokimiyatida ham, ijro hokimiyatida ham Prezident
rolining ustuvorligi mavjud. Hukumatni Prezidentga nisbatan ta ’sir etuvchi hech
qanday vakolati yo‘q.
Shular asosida xulosa chiqarsak, hukumat ijro hokimiyatini amalga
oshirish natijasida davlat va jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalariga
9
rahbarlik qiladigan, davlat boshlig‘i va parlamentning hujjatlari (qonun, qaror,
farmon, farmoyish) ijrosini ta’minlovchi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini
ta ’minlovchi davlat hokimiyatining eng kuchli kollegial organidir.
0 ‘zbekistonda hukumat Vazirlar M ahkamasi hisoblanadi. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar M ahkam asining shakllanishi, 0 ‘zbekistonning mustaqilligi
Prezident institutining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Mustaqillik arafasida sobiq
295
Ittifoqning oxirgi yillarida Prezidentlik instituti o‘rnatilib, ijro hokimiyatini
mustahkamlash jarayonida hukumatni qayta tashkil qilish uchun ham samarali
harakatlar amalga oshirildi.
1990—1992-yillarda Prezident lavozimi tashkil qilinib, uning ishlash
mexanizmlarini shakllantirish jarayonida Prezident hokimiyati bilan shu vaqtdagi
hukum at hisoblanuvchi Vazirlar Kengashi birlashtirildi va Prezident huzuridagi
Vazirlar M ahkam asiga aylantirildi.
Shu munosabat bilan Prezident Farmoni chiqarildi va Vazirlar M ah k am asin in g
tarkibi tasdiqlandi. M azkur farmon bilan xalq xo‘jaligining turdosh tarmoqlaridan
majmualar tuzilib, Vazirlar M ahkam asiga biriktirildi va ularning rahbarlari
Vazirlar M ahkam asi tarkibiga kiritildi.
Prezident bir vaqtning o‘zida Vazirlar M ahkam asining Raisi ham hisoblandi,
b uning oqibatida Prezident hamda Vazirlar M ahkamasi apparati birlashtirildi.
Bu shu vaqtdagi to‘g ‘ri yo‘l edi.
Shu davrda Vitse-prezident lavozimi ta ’sis qilinib, unga Vazirlar M ahkam asiga
rahbarlik qilish va uning ishini yuritish vazifasi yuklatildi. Keyinchalik bu lavozim
1992-yil 4-yanvarda tugatildi va Bosh vazir lavozimi ta ’sis etildi. Bosh vazirga
Vazirlar M ahkam asiga rahbarlik qilish va uning ishini yo‘naltirish, tashkil qilish
vazifasi yuklatildi.
Bu o‘zgarishlar o‘sha paytda amalda bo‘lgan 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasiga
kiritilgan qo‘shimchalar asosida rasmiylashtirildi. Konstitutsiyaning 120-moddasi
quyidagi tarzda bayon qilindi: « 0 ‘zbekiston hukumati Bosh vazirdan, Bosh
vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlaridan, m amlakat vazirlaridan,
davlat qo‘mitalarining raislaridan, yirik konsernlarning va birlashmalarning
rahbarlaridan iborat bo‘ladi».
0 ‘zbekiston Respublikasining o‘sha paytdagi Konstitutsiyasi respublika
hukumati faoliyatini maxsus bobda mustahkamladi. Konstitutsiyaga asosan,
Vazirlar M ahkam asi Raisi - Prezident. Bosh vazir Vazirlar M ahkam asi ishini
tashkil etuvchi, unga rahbarlik qiluvchi lavozim sifatida mustahkamlandi.
Vazirlar M ahkam asi ta rm o g ‘i ixchamlashtirildi.
2000-yillardan boshlab Respublikada davlat qurilishi va boshqaruv sohasida
chuqur islohotlar boshlandi. Hokimiyat bo‘linishi prinsipini chuqurlashtirish
choralari ko‘rildi. Prezident, Parlament, Vazirlar M ahkam asi vakolatlarini qayta
taqsimlash zarurati vujudga keldi. 2003-yil 24-aprelda Konstitutsiyaga kiritilgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida Prezidentning Vazirlar M ahkam asi Raisi
hisoblanishi haqidagi qoida Konstitutsiyadan chiqarildi. Bu bilan Bosh vazirning
mavqei kuchaydi, u endi Vazirlar M ahkam asining rahbari bo‘lib qoldi. Shu bilan
birga, uning mas’uliyati ham kuchaydi.
Shundan keyin Vazirlar M ah k am asin in g mustaqilligini kengaytirish, Bosh
vazir maqomini kuchaytirish ishlari davom etdi.
2005-yilda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida
Birinchi Prezident davlat qurilishi va boshqaruv sohasidagi eng muhim vazifalar
296
qatorida Bosh vazir va umuman, mamlakat hukumatining rolini va shu bilan
birga, m as’uliyatini kuchaytirishni ham ko‘rsatdi‘.
2007-yil 11-aprelda qabul qilingan Qonun asosida Konstitutsiyaga kiritilgan
o‘zgartirishlar va shu paytda qabul qilingan «Davlat boshqaruvini yangilash
va yanada modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda Vazirlar M ahkamasi va Bosh vazir
faoliyatiga katta ta ’sir ko‘rsatuvchi qoidalar mustahkamlandi.
Ularga asosan, Konstitutsiyadan Prezidentning ijro hokimiyati boshlig‘i degan
qoida chiqarib tashlandi. Bu Vazirlar Mahkamasini mustaqil ijro hokimiyatini
amalga oshiruvchi organ sifatida faoliyat ko‘rsatishiga, Bosh vazir mavqeining,
shu bilan birga, mas’uliyatining ham oshishiga olib keldi.
Prezidentning ijro hokimiyati boshlig‘i vakolatiningbekor qilinishi hokimiyatlar
bo‘linishi prinsipini kengroq qo‘llash, barcha hokimiyat tuzilmalarining teng
mavqega ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratdi.
Birinchi Prezidentning 2010-yil 12-noyabrda Oliy Majlis palatalarining
qo‘shma majlisida so‘zlagan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusidagi
m a’ruzasida Vazirlar M ahkamasi faoliyatini takomillashtirish, shu maqsadda
Konstitutsiyaga kiritilishi zarur bo‘lgan qoidalar batafsil ko‘rsatib berildi. M azkur
islohotning amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasi va Bosh vazirning mavqeini
yanada kuchaytirish, shu bilan birga, ular mas’uliyatini oshirishni nazarda tutdi.
Konsepsiya asosida 2011-yil 18-aprelda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar
kiritildi. Uning natijasida Konstitutsiyaning Vazirlar M ahkam asiga taalluqli
98-moddasi yangicha tahrirda bayon qilindi va Bosh vazirning parlament
oldida hisob berib turishi tartibi o‘rnatildi, bu Vazirlar M ahkam asi faoliyati
ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni nazarda tutdi. Bosh vazirga
nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish tartibi o‘rnatildi. Shuningdek, Vazirlar
M ahkam asining
mustaqilligi
kengaytirildi,
masalan,
Prezident
Vazirlar
M ahkam asining vakolatiga kiruvchi har qanday masala yuzasidan qaror qabul
qilishi mumkin, degan qoida chiqarib tashlandi.
2014-yil aprelda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish Vazirlar Mahkamasi
va Bosh vazir vazifa va vakolatlarini yanada kengaytirdi hamda mas’uliyatini
kuchaytirdi.
Bularning barchasi Vazirlar M ahkam asining davlat hokimiyati tizimidagi
o‘rnini yanada aniqlashtirib, bir tomondan, Vazirlar M ahkamasi va Bosh
vazirning mavqeini, vakolatlarini oshirgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularning
mas’uliyatini kuchaytirishga olib keldi2.
Dostları ilə paylaş: |