7-§. Deputatlar va senatorlarning huquqiy maqomi
Davlat-huquqiy munosabatlarida, hokimiyatni amalga oshirishda, xalq
hokimiyatini ro‘yobga chiqarishda deputat va senatorlar alohida o‘rin egallaydi.
Deputat va senatorlar vakillik (qonunchilik) hokimiyati organlarida asosiy
kuch, figura bo‘lishi bilan birga, ular, avvalo, xalq vakilidir. Ular davlat ishlarini
hal qilar ekan, avvalo, xalqning xohish-irodasiga tayanadi, xalq istaklarini
ro'yobga chiqarishga intiladi.
Shuning uchun, Konstitutsiyaviy huquqda deputat kim, senator kim, ularning
huquqiy maqomi qanday degan savol vujudga keladi.
Deputat va senatorlarning huquqiy maqomi to‘g ‘risida maxsus qonunlar
mavjud bo‘lib, ularga 2004-yii 2-dekabrdagi « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g ‘risida»gi
va «Xalq deputatlari viloyat, tum an va shahar Kengashi deputatining maqomi
to‘g ‘risida»gi1 qonunlarni ko‘rsatish mumkin.
Shu qonunga asosan, deputat, bu - Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi,
viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari deputatligiga saylangan va
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari. - Т.: 2007.
217-229-b etlar.
2 8 5
saylov to‘g ‘risidagi qonunlarga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi, viloyat,
shahar, tum an Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan
ro‘yxatga olingan 0 ‘zbekiston fuqarosidir.
Senator, bu - Oliy Majlisning Senatiga saylangan va saylov to‘g ‘risidagi
qonunga muvofiq M arkaziy saylov komissiyasi tomonidan ro'yxatga olingan
0 ‘zbekiston fuqarosidir.
Ya’ni, deputat ham, senator ham, birinchi navbatda, 0 ‘zbekiston fuqarosi.
Fuqaro deputat yoki senator hisoblanishi uchun u qonunlarga asosan saylangan
va ro‘yxatga olingan bo'lishi kerak.
Shundan keyin fuqaro deputat yoki senator sifatida m a’lum huquqiy maqomga
ega bo‘ladi.
Deputat va senatorning huquqiy maqomini ularning vakolat muddati, huquq
va majburiyatlari, odobi, faoliyatining asosiy kafolatlari tashkil etadi. Shularning
yig‘indisi huquqiy maqomni keltirib chiqaradi.
D eputat va senatorning maqomi m a’lum muddat amal qiladi, fuqaro shunday
maqomga belgilangan muddat doirasida ega bo‘ladi.
D eputat vakillik organlarining vakolat muddatiga (Qonunchilik palatasi,
viloyat, tum an shahar Kenashlari), senator Senatning vakolat muddatiga
saylanadi yoki tayinlanadi. U larning vakolat muddati - besh yil.
Lekin shu vakolat muddatidan avval ham deputat yoki senatorlarning
vakolati tugatilishi mumkin.
Deputatning, senatorning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari
tugatiladi:
- u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;
- u qonunga ko‘ra deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga
nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
- unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
- u chaqirib olingan taqdirda;
- sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
- u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo'qolgan deb
topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;
- u 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda;
- u vafot etgan taqdirda;
- Oliy Majlis palatalari yoki viloyat, Toshkent shahar Kengashlari tarqatib
yuborilganda;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari
viloyat,
tum an,
shahar Kengashining senator etib
saylangan
deputati
vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilishi.
Alohida hollarda deputatning, senatorning vakolatlari tegishincha Qonunchilik
palatasining, Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Deputat, senator degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi xulq-atvor bunday
2 8 6
masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin. Deputatning, senatorning
vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.
Qonunchilik palatasi deputati palatada doimiy asosda ishlaydi, shu
davrda ilmiy-pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa ish bilan
sh u g ‘ullanishga haqli emas.
Mahalliy Kengash deputatlari deputatlik faoliyatini jamoatchilik asosida,
asosiy ishidan ajralmagan holda olib boradi.
Senatorlarning ayrimlari Senatda doimiy asosda ishlashi mumkin, bunday
senatorlar ilmiy-pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa ishda
ishlashi mumkin emas. Boshqa senatorlar asosiy ish joyidan ajralmagan holda
senatorlik faoliyatini bajaradi.
Deputat va senatorlar quyidagi huquqlarga ega:
- Deputat,
senator tegishincha Qonunchilik palatasining,
mahalliy
Kengashlarning, Senatning majlisida ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar
bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Deputat, senator:
- palataning, Kengashning organlariga saylash va saylanishga;
- palata va Kengash majlislarida ko‘rib chiqilishi uchun m asalalar taklif
etishga;
- palata, Kengash majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan
masalalarni ko‘rib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan
takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
- qaror loyihalari va ularga tuzatishlar kiritishga;
- palata, Kengash tomonidan tuziladigan organlarningshaxsiy tarkibi hamda
saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning
nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga;
- munozaralarda ishtirok etishga, m a’ruzachi va raislik qiluvchiga savollar
berishga;
- parlament va deputat so‘rovi bilan murojaat etishga;
- o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish
sabablari yuzasidan izoh berishga;
- palata va Kengash majlisida raislik qiluvchiga palata majlisida muhokama
qilinayotgan masala yuzasidan o‘z nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini
topshirishga;
- palata va Kengash tarkibidagi o‘zi a’zo bo‘lgan tegishli organning qaroriga
qo‘shi!magan taqdirda o‘z nuqtai nazarini palata majlisida bayon qilishga yoki bu
haqda tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Kengash raisiga, Senat
Raisiga yozma ravishda m a’lum qilishga;
- palataga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud
mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini palata majlislarida eshitish
to‘g ‘risida taklif kiritishga;
2 8 7
- 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek, palata
va Kengash qarorlarining bajarilishini tekshirish haqida ko‘rib chiqilishi uchun
masalalar taklif etishga;
- palata va Kengash' majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;
- fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini
buzish holiari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa holiari m a’lum bo'Iib
qolgan taqdirda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli
organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli.
Bulardan tashqari, Qonunchilik palatasi deputati qonunchilik tashabbusi
huquqiga, palatadagi deputatlar birlashmalari ishida ishtirok etish huquqiga ega.
Shuningdek, mahalliy Kengashlarda tuzilgan partiya guruhlari ishida ishtirok
etish huquqiga ega.
Deputat va senatorlarning majburiyatlari, burchlari ham qonunda aniq
belgilab qo‘yilgan.
Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar va
Senat majlislarida (sessiyalarida) shuningdek, ular saylagan organlar (qo‘mita,
komissiyalar) tarkibiga a’zo bo‘lsa, ularning ishida qatnashishi, ovoz berishda
shaxsan ishtirok etishi shart.
Majlis, sessiya, turli organlar ishida ishtirok etish imkoniyati bo‘lm agan
taqdirda deputat, senatorlar tegishlicha Spikerga, Senat Raisiga (qo‘mita,
komissiya raislariga) oldindan xabar qilib qo‘yishi shart.
Qonunlarga muvofiq, deputat va senatorlar zimmasiga boshqa majburiyatlar
yuklanishi mumkin.
Deputatlar faoliyatida eng muhim institutlardan biri parlament so‘rovi
(mahalliy Kengashlarda deputatlik so‘rovi) hisoblanadi.
Deputat, senator davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor
shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan
tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament
so‘rovi yuborishga haqlidir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament
so‘roviga javobni belgilangan muddatlarda tegishli palataning majlisida beradilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, Bosh prokuroriga, surishtiruv
va tergov organlarining rahbarlariga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish
yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
Parlament so‘rovlari bo‘yicha axborot tegishincha Qonunchilik palatasi,
Senat majlisida muhokama qilinishi mumkin.
Deputat so‘rovida deputat tegishli hududda joylashgan davlat organlarining
mansabdor
shaxslariga
ularning
vakolatlariga
doir
masalalar
bo‘yicha
tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilinishni talab etib, so‘rov
yuborishga haqli.
Dostları ilə paylaş: |