O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Vazirlar M ahkam asining vakolatlari



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

3-§. Vazirlar M ahkam asining vakolatlari
Vazirlar M ahkamasi mamlakatimizda ijro hokimiyatini amalga oshiradi. 
Konstitutsiyaga 2014-yil aprelida kiritilgan o‘zgartirish Konstitutsiyada Vazirlar 
M ahkam asining vazifasi va mas’uliyatini aniq belgilab qo‘ydi.
Unga asosan, Vazirlar Mahkamasi:
- samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, 
madaniyat, ta ’lim, so g ‘liqni saqlashni hamda iqtisodiy va ijtimoiy sohaning 
boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga 
oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi;
- fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va 
yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni 
ta ’minlaydi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini 
ta ’minlaydi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy- 
iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;
- ushbu Konstitutsiya va 0 ‘zbeksiton Respublikasi qonunlarida nazarda 
tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Vazirlar M ahkam asi o‘z faoliyatida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Amaldagi Vazirlar M ahkamasi yangi saylangan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar 
M ahkam asining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining 
qaroriga muvofiq o‘z lavozimini davom ettirib turadi.
Bu mutlaqo yangi vazifa Vazirlar M ahkam asining Oliy Majlisga har 
yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan 
m a’ruzalar taqdim etish vazifasidir. Bu vazifa ilgari Prezidentga tegishli edi. 
Vazirlar M ahkam asiga bu vazifaning yuklatilishi ularning mas’uliyatini yanada 
kuchaytirdi.
Shuningdek, Prezident endi Vazirlar M ahkam asi taqdimiga binoan vazirlik
davlat qo‘mitalari va boshqa markaziy idoralarni tashkil qilishni, tugatishni 
belgilaydi (Konstitutsiyaning 93-modda 8-bandi).

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin