avariyalar va falokatlarning,
shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish
chora-tadbirlarini ko‘radi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi
vakilligini ta ’minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni
bajarish chora-tadbirlarini ko‘radi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida
rahbarlikni amalga oshiradi.
Bu vakolatlarni amalga oshirish mexanizmlari va usullari soha bo‘yicha
qonunlarda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan.
Yuqoridagi Qonunda Vazirlar M ahkamasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlariga rahbarligining umumiy masalalari ham belgilab qo‘yilgan. Unga
asosan, Vazirlar
M ahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda
davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtirib hamda
yo‘naltirib boradi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa
organlari haqidagi nizomlar Vazirlar M ahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar M ahkamasi
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda 0 ‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ta ’minlanadigan davlat boshqaruvi boshqa
organlarining markaziy devoni xodimlari sonini va ular ta’minotiga ajratiladigan
mablag‘lar miqdorini belgilaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar
M ahkam asi 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan
xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini
hamda ularning boshqaruv
a’zolarini, shuningdek, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hay’atlarining
a’zolarini tasdiqlaydi.
Vazirlar M ahkamasi zarurat b o lganda o‘z vakolatiga kiruvchi
davlat
boshqaruvining ayrim masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi
qonun hujjatlarida 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga
kiritilgan bo‘lmasa, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va o‘z bo‘ysunuvidagi davlat
boshqaruvi boshqa organlariga berishi mumkin.
Vazirlar M ahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va
xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini yo‘naltirish, muvofiqlashtirish
va ularga rahbarlik qilishdan tashqari shu tuzilmalarning faoliyatini nazorat
qilish vakolatiga ega.
Vazirlar M ahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat
boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi
va vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi
boshqa organlarning hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda
ularni bekor qilish huquqiga ega.
Vazirlar M ahkam asi kollegial organ bo‘lgani uchun davlat boshqaruvining,
xo‘jalik va ijtimoiy madaniy qurilishining eng muhim masalalari Vazirlar
M ahkam asining majlislarida hal etiladi.
3 0 3
Vazirlar M ahkam asining majlislari yilning har choragida kamida bir m arta
o‘tkaziladi.
Vazirlar M ahkam asin in g majlislarini Bosh vazir o‘tkazadi.
0 ‘zbekiston
Respublikasining
Prezidenti
Vazirlar
M ahk am asin in g
majlislarida raislik qilishga haqli.
Vazirlar M ahkam asining majlislarini tayyorlash va o‘tkazish tartibi Vazirlar
M ahkam asining Reglamenti bilan belgilanadi.
Vazirlar M ahkam asi majlislarida hal qilinadigan masalalar doirasi ham
qonunda belgilab qo‘yilgan. .
Quyidagilar faqat Vazirlar M ahkam asining majlislarida ko‘rib chiqiladi:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini
ishlab chiqish va ijro etish,
shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi H ukum ati tasarrufidagi aniq maqsadli
davlat fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalari;
-
boshqaruv
tuzilmasini
takomillashtirish
masalalari,
0 ‘zbekiston
Respublikasi va uning ayrim mintaqalarini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy
rivojlantirish dasturlari loyihalari;
- davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hajmi hamda 0 ‘zbekiston
Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzi ko‘lamini oshirish to‘g ‘risidagi
takliflar;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini belgilash hamda
o'zgartirish to‘g ‘risidagi takliflar;
- davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish dasturlarining loyihalari ham da
xususiylashtirishdan olingan mablag‘lardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari
to‘g ‘risidagi takliflar;
- belgilab qo‘yilgan davlat narxlari qo‘llaniladigan mahsulotlar, tovarlar va
xizmatlar ro‘yxati;
- qonunchilik tashabbusi tartibida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonunlar loyihalari;
- davlatlararo shartnom alar va bitimlarni imzolash to‘g ‘risidagi takliflar.
Vazirlar M ahkam asi
Konstitutsiyaviy
normalar doirasida va
qonun
hujjatlariga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha
organlar,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar
tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar hamda farmoyishlar qabul qiladi.
Vazirlar M ah k am asin in g normativ tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan hujjatlari Vazirlar M ah kam asinin g qarorlari shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar M ah k am a sin in g tezkor va boshqa joriy masalalari bo‘yicha qarorlari
Vazirlar M ah k am asin in g farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar M ah k am a sin in g qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan
imzolanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar M ahkam asi qarorlari va
farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
304
Vazirlar M ahkam asining
qarorlari va farmoyishlari, agar ularda boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Vazirlar M ahkamasi o‘zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan
bevosita yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo'jalik
boshqaruvining boshqa organlari orqali nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlar M ahkam asining normativ tusdagi qarorlari 0 ‘zbekiston Respublikasi
Hukumati qarorlari to‘plamida e’lon qilinadi, keng ommaga darhol yetkazish
zarur bo'lgan taqdirda esa, ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum qilinadi.
Vazirlar M ahkam asining boshqa huquqlari ham mavjud bo‘lib, ular boshqa
qonunlarda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: