M irziyoyev Sh.M . X alqim izning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan en g oliy bahodir. T.
« 0 ‘zbekiston*. 2013. 2-tom, 8-9 -b etla r.
314
Konstitutsiyaning 100-moddasiga binoan, mahalliy hokimiyat organlari
ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
- qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta ’minlash;
- hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
- mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar,
yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jam g‘armalarni hosil qilish;
- mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
- atrof muhitni muhofaza qilish;
- fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta ’minlash;
- normativ hujjatlarni qabul qilish hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga va 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan
boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Bulardan ko‘rinib turibdiki, mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifalariga
ijtimoiy va davlat hayotiga taalluqli barcha masalalarni hal qilish, ularda ishtirok
etish kiradi. Faqat mahalliy davlat hokimiyati organlari bu masalalarni o‘z
hududida amalga oshiradi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun «Mahalliy
davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi Qonunda ularning vakolatlari belgilab berilgan.
Vazifalar alohida-alohida ko‘rsatilmasa-da, vakolatlar aniq belgilangan.
Qonuniylik, huquqiy tartibot va fuqarolarning xavfsizligini ta ’minlash
davlatning eng asosiy vazifasi, bu davlat miqyosida hal qilinadigan masala, bu
masalada asosiy yo‘nalish davlat tomonidan ishlab chiqiladi, mahalliy hokimiyat
organlari esa, davlat strategiyasini joylarda amalga oshishini ta ’minlaydi.
Qonuniylik, huquqiy-tartibot va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bir-biri
bilan bog‘liq hodisa va ijtimoiy munosabatlardir. Qonuniylik bo‘lmasa, huquqiy
tartibot bo‘lmaydi, huquq-tartibot ta’minlanmasa, fuqarolarning xavfsizligi,
manfaati buziladi. Bu masalada mahalliy vakillik organlari umumiy vazifalarni
hal qilsa, ijro hokimiyati organlari mahalliy vakillik organlari qarorlarining
ijrosini ta ’minlaydi. Mahalliy hokimiyat organlarining birgina faoliyati bilan
qonuniylik, huquqiy tartibot va fuqarolarning xavfsizligi ta ’minlanishi mumkin.
Masalan, mahalliy hokimiyat organlariga fuqarolarning murojaatlarini ko‘rish
vakolati berilgan.
Murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib, hal qilish, hududdagi boshqa
organ va tashkilotlarda murojaatlarni ko‘rish ahvolini nazorat qilish qonuniylik
bilan bog‘liq bo‘lsa, unda ko‘tariladigan masalalar huquq-tartibotga, xavfsizlikka
qaratilgan bo‘lishining o‘zi ham bu maqsadlarning bir-biri bilan bog‘liqligini
ko‘rsatadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari bu vazifani bajarishda hududdagi shu
vazifalar bilan sh u g ‘ullanuvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Masalan: sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, Adliya organlari, soliq, bojxona
va boshqalar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘z hududida iqtisodiy, ijtimoiy, xo‘jalik
masalalarida keng doiradagi masalalarni hal qilish vazifasi yuklangan bo‘lib,
315
bularga iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish vazifasi kiradi. Rivojlantirish
vazifasi shu majmuaga kiruvchi tarmoqlarni boshqarishni ham nazarda tutadi.
Mahalliy kengashlar hokimlarining taqdimiga binoan hududlarni rivojlantirish
istiqbollarining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Hududni rivojlantirish dasturlari
ishlab chiqilib, qabul qilinadi. 0 ‘tish davridagi davlatning bosh islohotchilik
vazifasi joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati orqali am alga
oshiriladi.
Har qanday hududda -deyarli barcha masalalarni hal qilishda moliya,
mablag4 m uhim rol o‘ynaydi. Bu esa, budjetni shakllantirish va un d an
to ‘g ‘ri foy d ala n ish g a bo g ‘liq. S h u n in g uchun mahalliy davlat hokim iyati
o rg an la rin in g eng muhim vazifalari sifatida Konstitutsiyada ularning mahalliy
budjetning mablag‘lari hisoblanuvchi mahalliy soliqlar va yig‘imlarni belgilash,
shuningdek, budjetdan tashqari ja m g ‘armalarni hosil qilishi belgilangan.
Har bir hududiy tuzilish (viloyat, tuman, shahar) o‘z budjetiga ega va
ular mam lakat budjetining bir qismini tashkil etadi. Budjet tegishli hududni
rivojlantirish, boshqarishning moliyaviy manbasi hisoblanadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududi budjetini (Respublika
budjetidagi ajratmadan tashqari) mahalliy soliqlar va yig‘imlar hisobiga
shakllantiradi. 1993-yil 7-maydagi «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g ‘risida»gi
Q onunga asosan, mahalliy soliqlar va yig‘imlarga nimalar kirishi belgilab
qo‘yilgan. Mahalliy Kengashlarning sessiyalarida m untazam ravishda soliq
va yig‘imlarga tegishli masalalar ko‘rib chiqiladi. Ularni ijrosini esa hokimlar
amalga oshiradi.
Konstitutsiyada kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish mahalliy davlat
hokimiyati organlarining asosiy vazifalari qatorida ko‘rsatilgan kommunal
xo‘jalik ko‘p tarmoqliligi va asosan hududlarga taalluqligi bilan boshqa sohalardan
farq qiladi. Kommunal xo‘jalik bu - xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq sohadir.
Kommunal xo‘jalikda Respublikadagi fondlarning asosiy qismi jamlangan.
Kommunal xo‘jalik tarkibiga tu rar joy fondi va u bilan bog‘liq qurilish-ta’mirlash
va loyihalash tashkilotlari, yordamchi xo‘jaliklar, ishlab chiqarish texnika
bazasi, suv ta ’minoti, kanalizatsiya, gazlashtirish va uning ta ’minoti, isitish,
elektr energiyasi bilan ta ’minlash tizimlari, mehmonxonalar va boshqa ko‘plab
manbalar kiradi.
Kommunal xo‘jalikning deyarli barcha tarmoqlari budjet bilan hududni
rivojlantirish dasturlari bilan bog‘liqdir. Xalq deputatlari Kengashlari hudud
budjetini uning ijrosi haqidagi hisobot va rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash
bilan kommunal xo‘jalik tarmoqlari faoliyatiga ham ta ’sir qiladi. Kommunal
xo‘jalik idoralari, tashkilotlari rahbarlarini lavozimiga tayinlash yoki lavozimidan
ozod qilishda mahalliy hokimiyat organlari ishtirok etadi. Kommunal xo‘jalikni
boshqarish, kommunal mulkni boshqarishni ham o‘z ichiga oladi.
Mahalliy d a v lat hokimiyati o rganlarining atrof muhitni muhofaza qilish
vazifasi Konstitutsiyada belgilangan vazifalar qatoriga kiradi. Bu vazifa
316
ona tabiatni asrash, yashab turgan zamin, makonni saqlashga qaratilgan
bo'lib, u insonni s o g ‘lig‘i, hayoti, umum an yer yuzasidagi jonli hayotning
davom etishini ta ’minlashga qaratilgandir. H amm a mamlakatlarda ham atrof
m uhitni saqlashga qaratilgan tadbirlarning salmoqli qismi joylardagi tadbirlar
hissasiga to ‘g ‘ri keladi. M amlakatimiz mustaqillikka erishganidan boshlab
atrof muhitni muhofaza qilishga muhim masalalar qatorida qarala boshladi.
Prezident t a ’kidlaganidek, atrof muhitga ziyon yetkazilishiga va respublikadagi
ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik iqtisodiy sohadagi asosiy
vazifalardan biridir1.
Atrof muhitni muhofaza qilish tabiatni muhofaza qilishning bir qismi bo‘lib,
u inson salomatligi omilidir. Agar atrof muhit muhofaza qilinmasa, sog‘liqni
saqlash yo‘lida olib borilayotgan boshqa tadbirlar samarasiz bo‘lib qoladi.
Respublikamizda «Tabiatni muhofaza qilish to‘g ‘risida»gi Q onun2 qabul
qilingan bo‘lib, unda mahalliy hokimiyat organlarining vazifasi, vakolatlari
ko‘rsatib qo‘yilgan. Bundan tashqari, ularning vakolatlari «Yer to‘g ‘risida»gi,
«Suv va suvdan foydalanish to‘g ‘risida»gi qonunlarda ham ko‘rsatilgan. Mahalliy
davlat hokimiyati organlari o‘z hududida atrof muhitni muhofaza qilish vazifasini
shu sohani boshqarish va shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalar, fuqarolar
faoliyati ustidan nazorat olib borish orqali amalga oshiradi.
Konstitutsiyaning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining
vazifasi sifatida «fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta ’minlash» ko‘rsatilgan.
2003-yil 27-avgustdagi « 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida»gi Vazirlar M ahkam asining
qarori joylardagi adliya organlariningmahalliy davlat hokimiyatidan mustaqilligini
belgilab qo‘ygach, bu vazifa mahalliy davlat organlarining vazifasi sifatida
qaralmay qo‘yildi.
2018-yil 2-fevraldagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotin-qizlarni
qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida»gi Farmoni bilan fuqarolik
holati aktlarini qayd etuvchi organlar tuman, shahar hokimiyatiga bo‘ysundirildi.
Bu jamiyatning asosiy bo‘g ‘ini bo‘lgan oila institutini yanada mustahkamlashni
nazarda tutadi va konstitutsiya normasining amaliy ifodasi hisoblanadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yana bir Konstitutsiyaviy vazifasi,
o‘z vakolatlari doirasida normativ hujjatlar qabul qilish, qonun va boshqa hujjatlarni
amalga oshirishdir. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari normativ
xarakterda bo‘ladi. Chunki ular shu hududda majburiy kuchga ega bo‘ladi.
Konstitutsiyamizning 104-moddasida hokim o‘ziga berilgan vakolatlar
doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
birlashmalar,
shuningdek,
mansabdor shaxslar va
fuqarolar tomonidan
Dostları ilə paylaş: |