4-§. Xalq deputatlari m ahalliy K engashlarini tashkil etish tartibi,
tarkibi, faoliyat shakli
Konstitutsiyada xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini tashkil qilish, vakolat
doirasi va saylash tartibi qonun bilan belgilanadi, degan havolaki norma mavjud
(103-modda ikkinchi qism). Shu konstitutsiyaviy norma asosida 1993-yil 2-sentabrda
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi va 1994-yil 5-mayda «Xalq deputatlari
viloyat, tu m an va shahar Kengashlariga saylov to‘g ‘risida»gi qonunlar qabul
qilindi1.
Xalq deputatlari Kengashlari bitta yo‘l bilan - saylov orqali tashkil etiladi.
Xalq deputatlari Kengashlariga saylov ko‘ppartiyaviylik asosida, bir mandatli
saylov okruglarida, har besh yilda o‘tkaziladi. Bu degani saylovlarda ishtirok
etish huquqiga ega bo‘lgan barcha siyosiy partiyalar teng imkoniyatlarda
qatnashadi. Bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi va ularning vakolati
besh yil davom etadi.
Saylovlar umumiy, teng va to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri saylov huquqi asosida yashirin
ovoz berish orqali o‘tadi. Bular saylov huquqining asosiy prinsiplaridir.
Umumiy saylov - 18 yoshga yetgan barcha fuqarolarni millati, jinsi, irqi, dini,
kelib chiqishi, ijtimoiy ahvoli, m a sh g ‘ulot turi, kasbi, egallab turgan lavozimidan
q at’iy nazar saylovda ishtirok etadi. Ya’ni saylash huquqidan foydalanishdir.
Faqat sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek,
sud hukmi bilan ozodlikdan m ahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar
saylovda qatnashmaydi. Umumiy saylov huquqi mahalliy Kengash deputatligiga
saylanuvchilar oldiga ba’zi bir talablarni qo‘yadi va ular umumiy saylov huquqiga
zid emas, jahon saylov tajribasida qo‘llaniladigan talablardir. Jumladan,
mahalliy Kengash deputati bo‘lib, 21 yoshga to‘lgan, kamida 5 yil 0 ‘zbekiston
Respublikasida muqim yashayotgan fuqarolar saylanishi mumkin.
Deputatlikka nomzodlar oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- sodir etilgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanm agan yoki
sudlanganligi olib tashlanm agan shaxslar;
- saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida 0 ‘zbekiston Respublikasi
hududida muqim yasham agan shaxslar;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari,
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat
bojxona qo‘mitasi, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
-
diniy
tashkilotlar va
birlashmalarning professional
xizmatchilari
deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydilar.
Sudyalar,
prokuratura
organlari
va
hokimiyat
ijroiya
organlarining
mansabdor shaxslari (viloyatlar, tu m anlar va shaharlarning hokimlari bundan
Dostları ilə paylaş: