O. T. Husanov konstitutsiyaviy


  Qarang: 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013-yil, 17-son, 219-modda (Qonun



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


Qarang: 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013-yil, 17-son, 219-modda (Qonun
2013-yil 22-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan).
3 3 2


0 ‘zbekiston mahallalari kabi kuchli, samarali va ta ’sirchan vosita boshqa 
mamlakatlarda yo‘q. U uzoq davrlardan ijtimoiy hayotda beqiyos o‘ringa ega 
bo‘lib kelgan. Inson qalbida Vatan tuyg‘usining shakllanishiga, milliy g ‘ururning 
vujudga kelishiga, millatchilik illatlaridan xoli bo‘lishga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Mahallalardagi muhit orqali jamoat fikrini to‘laroq aniqlasa bo‘ladi. Demak, 
ushbu xislat 0 ‘zbekistonga xos xususiyatdir. Bu esa, umum e’tirof etilgan 
demokratiya yo'llariga mamlakatimizning qo‘shgan hissasidir. Yoki boshqacha 
qilib aytganda, 0 ‘zbekiston demokratiyani yangi xislatlar bilan boyitmoqda.
M ahallalar faqat eski mahalla o‘rinlarida tashkil qilinib qolmasdan, 
ularga ko‘p qavatli binolarning qo‘shilishi yoki ko‘p qavatli binolardan iborat 
mahallalarning tashkil etilishi esa, ayni muddao bo‘ldi. Chunki bu ko‘p qavatli 
binolarda yashovchilarning hayotiga mahallalardagi ijobiy holatlarni olib kirish 
imkoniyatini beradi.
0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati 
demokratik jarayonlarni rivojlantirish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Bu esa, 
asosiy maqsad - fuqarolik jamiyatini qurishga ko‘maklashadi. «Biz islohotlarni 
chuqurlashtirish, demokratik tub o‘zgarishlar yo‘lidan olg‘a siljish, hayotimizda asl 
demokratik qadriyatlar qaror topayotgani to‘g ‘risida gapirganda, avvalo, fuqarolik 
jamiyati asoslariga o‘tish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish muassasalarini 
butun choralar bilan kengaytirishni nazarda tutamiz. Bu barcha islohotlarning 
asosiy mohiyati va bosh mantiqidir», - deb ta’kidlandi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining to‘rtinchi sessiyasida.
0 ‘zini o‘zi boshqarish muassasalari va ular faoliyatining kengayishi esa, 
bevosita mahallalarning mavqeini kuchaytirish bilan bog‘liq.
Mahalla boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lmagan, faqat 0 ‘zbekistonga xos, 
davlat bilan fuqarolarni bog‘lovchi muhim ko‘prikdir. Uning faoliyati natijasida 
davlat bilan fuqarolar o‘rtasida alohida munosabat vujudga keladi.
Fuqarolik jamiyati qurilar ekan, bu jamiyat faqat fuqarolarning jamiyat 
va davlat ishlaridagi ishtirokini ta ’minlash bilan chegaralanmaydi. Jamiyat 
a ’zolarining jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi uchun imkoniyat yaratilishini 
nazarda tutadi.
Bu o‘z ichiga siyosiy, iqtisodiy, m a’naviy masalalarni oladi. 0 ‘zini o‘zi 
boshqarish organlari, mahallalar fuqarolarining davlat va jamiyat hayotida ma’lum 
mavqega ega bo‘lishi uchun asos yaratadi. Bunga esa tarbiya, ijtimoiy muhofaza 
choralarini kuchaytirish ham kiradi. Demak, o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki 
mahallalarning vazifasi, aholini davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta ’minlash, 
kam ta ’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bilan cheklanib qolmaydi. 
Ularning muhim vazifasi har bir shaxsning ongini, ma’naviy kamolotini oshirish 
uchun, millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy jihatlarni yo‘qotish uchun ish olib 
borishi va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, a n ’analarga, Vatanga, davlatga, boshqa 
fuqarolarning manfaatiga hurm at bilan qarash ruhida tarbiyalashdir.
3 3 3


0 ‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalarning faoliyati bundan so‘ng ham 
takomillashtirilib, vazifalari kengayib boradi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin