0 ‘zini o‘zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga
asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o‘zini o‘zi
boshqarish organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzilmalar ishida ishtirok
etishda ko‘rinadi.
Biror-bir yo‘l bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni
cheklash, to‘sqinlik qilish mumkin emas.
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g ‘risida»gi1 Qonunda
(8-modda) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat
hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi ko‘rsatilgan va ularning amaliy faoliyati
ham shuni ko‘rsatadi.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda o‘zini o‘zi boshqaruv davlat organlaridan
mustaqil deb ko‘rsatilgani bilan (Rossiya Konstitutsiyasining 12-moddasida,
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga
kirmaydi, deb belgilangan), ba’zan bu qoidaga zid holatlar mavjud. M asalan,
Rossiyada 50 mingdan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy boshqaruv
m a’muriyati boshlig‘i - o‘lka, viloyat m a’muriyati boshlig‘i, davlat organi
tomonidan tayinlanishi belgilangan.
0 ‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini aniq bir
xil pog‘onada mahallalarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, ularning
0 ‘zbekistonning
siyosiy
tizimida
o‘z
munosib
o‘rnini
topishiga,
bozor
munosabatlariga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati
qurish davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga sabab bo‘ladi. Albatta, shahar
va mahallalarda tuzilgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlarida farq bor.
0 ‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi
ishtirokini ta ’minlovchi, ularning m a’naviy tarbiyasiga, ijtimoiy himoyasiga ta ’sir
qiluvchi va boshqa manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shuvchi muhim
tuzilmadir.
Keyingi paytda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati
yanada faollashdi va kengaydi. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlariga katta umid bog‘lanmoqda. Fuqarolik jamiyatida
fuqarolar faqat davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish bilan chegaralanmaydi.
Bu jamiyatda har bir shaxsning fikri, ovozi e’tiborga olinishi, har bir kishi
o‘zini to‘laqonli shaxs, jamiyatning to‘la a’zosi deb his qilishi kerak. Bunda ham
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli kattadir.
0 ‘zini o‘zi
boshqarish organlarini tashkil
qilishda,
shakllantirishda,
0 ‘zbekistonning eng katta y u tu g ‘i ushbu masalani hal qilishga milliy a n ’analar,
qadriyatlarni tiklash, aholining tub manfaatlariga mos keluvchi yo‘lni tanlash
nuqtai nazaridan yondashish bo‘ldi. Ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishda asosiy tayanch
(makon) qilib mahallalar belgilandi.
Dostları ilə paylaş: