Ovoz berish vaqtida nomzod Kengash deputatlarining
tegishli ovozini
ololmasa, Prezident lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha
maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki m a rta taqdim
etish huquqiga ega.
Taqdim etilgan nomzod Kengashda uch marta rad etilsa,
Prezident Kengashni
tarqatib yuborish va hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlash huquqiga
ega. Tarqatib yuborilgan Kengashga uch oy ichida saylov o‘tkaziladi.
Konstitutsiyaviy qonunga asosan Konstitutsiyaning 102-moddasiga o‘zgar-
tirish kiritildi, unda «Viloyat va Toshkent shahar hokimi 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod
etiladi» - deb, tayinlash va ozod qilish qonunga havola qilindi. Qonunda esa,
yuqorida keltirilgan tartib mustahkamlangan. Bunday tartibni o‘rnatilganligi
Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandiga ham o‘zgartirish kiritilishiga sabab bo‘ldi.
Konstitutsiyaning 102-moddasidagi tuman, shahar hokimlarini tayinlashga
taalluqli qoida-normalar o‘zgarishsiz qoldi. Unga asosan:
tum an va shaharlarning
hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod
qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Shaharlardagi tum anlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli
xalq deputatlari shahar
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tu m an hokimi tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tum an Kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.
Konstitutsiyada
alohida hollarda, tuman va shahar hokimlarini lavozimidan
ozod qilish tartibi ham belgilangan. Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandiga
binoan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi
«Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘
tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z
qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli». Avvalgi
bandda viloyat hokimlarini
lavozimidan ozod qilish masalasini Kengashidan siyosiy partiyalarning partiya
guruhlari ham ko‘tarish huquqiga egaligi va shunday holat yuzaga kelganda,
hokimni vazifasidan ozod qilish tartibini bayon qilgan edik.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalarining qo‘shma
majlisidagi m a’ruzasida viloyat va Toshkent shahar
hokimlarini tayinlashda
Bosh vazir ishtirokini belgilovchi norma bo‘lishi haqida taklif bildirildi va
Konstitutsiyaning 93-moddasi
15-bandi:
« 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Bosh
vazirining taqdimnomasiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent
shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi»,
degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.
3 2 8
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari nima uchun zarur?
2. 0 ‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari
tizimi qanday tashkil
qilingan?
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy vazifalari qanday?
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari qanday?
5. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qaysi organlar? Nima uchun
ular vakillik organlari deyiladi?
6. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qanday tashkil qilinadi?
7. Mahalliy vakillik organlarining tashkiliy faoliyat shakli qanday?
8. Mahalliy ijro hokimiyatini kim amalga oshiradi?
9. Hokimlarning maqomi qanday?
10. Hokimlar lavozimiga qanday tayinlanadi va ozod qilinadi?
Dostları ilə paylaş: