XXVI bob. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
SUD HOKIMIYATI
l-§. Sud — davlat hokim iyatining mustaqil tarmog*i.
Sud-huquq islohotlari
Sud
hokimiyatning
alohida
tarmog'i
sifatida
barcha
demokratik
mamlakatlarda e’tirof etilgan. Sobiq tuzumda sud sotsialistik tuzum himoyachisi
sifatida namoyon bo‘lib, undan har qanday demokratik
chiqish va harakatlarni
jazolash vositasi sifatida foydalanilgan.
M amlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab,
sudlarni
alohida mustaqil hokimiyat tarmog'i sifatida vujudga keltirish uchun harakatlar
boshlandi.
Respublika Birinchi Prezidenti:
«Sud hokim iyati isloh qilinm oqda, u
qonunlar ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini
ta’minlashi lozim»1,
- deb mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlarida
e’tirof etgan edi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlashda sud hokimiyatini mustaqil
hokimiyat sifatida o‘rnatishga alohida e’tibor berildi. Jahon
m amlakatlari tajribasi
o‘rganildi. Sud hokimiyatini tashkil etish davlat hokimiyatini tashkil etishning
ajralmas qismi deb qaraldi.
Dostları ilə paylaş: