O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«Endilikda fuqarolarim izning haq-huquqlari davlat idoralari



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Endilikda fuqarolarim izning haq-huquqlari davlat idoralari
tom onidan buzilsa, ular har bir tum an va shaharda tu zilgan ma’muriy
sudlarga murojaat qilishlari m um kin»1.
Sud hokimiyati organlariga Konstitutsiyada yana boshqa vazifalar ham 
yuklangan. Konstitutsiyaning 44-moddasida: «Har bir shaxsga o‘z huquq va 
erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, 
jamoat birlashmalarining g ‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat 
qilish huquqi kafolatlanadi», - deb belgilangan. Bu, bir tomondan, sudlarga 
fuqarolar murojaatlarini ko‘rish mas’uliyatini yuklasa, ikkinchi tomondan, sudni 
fuqaro huquqlari va erkinliklarining eng kuchli, samarali vositasi, kafolati sifatida 
namoyon qiladi.
Bu bilan sudlar fuqarolar huquqlarini davlatdan ham himoya qiladi.
Shunga alohida e’tibor berish kerakki, sudlar nafaqat qonunchilikni 
ta’minlaydi, ular qonun yaratishda, qonunchilik jarayonida ham faol qatnashadi. 
Konstitutsiyamizning 83-moddasiga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Ular Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasiga qonun loyihalarini kiritish, qonunlarga o‘zgartirish 
kiritish takliflari bilan chiqish huquqiga ega.

Bu haqida qarang: M irziyoyev Sh. Xalqim izning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan en g oliy
bahodir. T. « 0 ‘zbekiston*. 2018. 2-tom , 10-bet.
352


0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi «Sudlov 
faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlovni samaradorligini oshirishga 
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g ‘risida»gi Farmoni sud tizimiga ayrim 
o‘zgartirishlar kiritilishini nazarda tutadi. Farmon viloyat va unga tenglashtirilgan 
fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar 
negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini 
yuritish bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil 
etishni nazarda tutadi.
Farmonga asosan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib 
chiqish vakolati ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkaziladi.
M a’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 
ishlarni ko‘rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar 
markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlar tashkil etiladi 
va shu munosabat bilan tuman (shahar) ma’muriy sudlari tugatiladi va 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari 
saqlab qolinadi.
Farmon yana alohida aniq ma’muriy hududlarda sud tizimlarini ham 
takomillashtirishni nazarda tutadi1.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin