qabul qilindi. Bu esa, sud tizimi xodimlarining lavozimiga tayinlanishi va
ularning ijtimoiy muhofaza tizimi takomillashishiga olib keldi. Jumladan, sudyalik
lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasini shakllantirish
ishlari Komissiya tomonidan adliya,
prokuratura, sud va ichki ishlar organlari
ishtirokida amalga oshiriladi.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga
tayyorgarlik ko‘rgan, katta hayotiy tajribaga, benuqson obro‘-e’tiborga ega
yuqori malakali yuristlar orasidan o‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy
yuridik ma’lumotli, yuridik ixtisosligi bo'yicha ish staji kamida besh yil bo‘lgan
0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari kiritilishi belgilandi.
Mamlakat Prezidentining «Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» sud-huquq
tizimini isloh etishni yanada chuqurlashtirish yo‘llarini, chora-tadbirlarini belgilab
berdi. Konsepsiyada olib borilgan tadbirlar sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat
organlari nazorat va ta’siridan chiqarish imkonini berganligi alohida ta’kidlandi.
Islohotlar natijasida fuqarolarning sud orqali himoyalanish
kafolatlari jiddiy
tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada
kengaytirishni ta’minlash bo‘yicha katta ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga
oshirildi.
Sudlarda ish ko‘rishdagi o‘zgarishlarga muvofiq,
apellyatsiya instansiyasi
ishni yangitdan ko‘rib chiqishga yubormasdan, uni o‘zi xolisona ko‘rib chiqishi
mumkin bo‘ldi. Prokuror va advokat tengligi ta’minlanib bormoqda. Islohotlarning
eng muhim natijasi - bu qonunchilikni yanada liberallashtirish va
insonparvarlik
tamoyiliga muvofiqlashtirish bo‘ldi. Eng muhimi, «Xabeas korpus» institutining
joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot chorasi sifatida
qamoqqa olishga sanksiya
berish huquqi prokuraturadan sudga o‘tganligi prinsipial qadam bo‘ldi.
Konsepsiyada qo‘lga kiritilgan yutuqlarni sanab o‘tish bilan cheklanmay,
kelajakda sud hokimiyatini yanada kuchaytirish, sudningchinakam mustaqilligini
ta’minlash uchun qilinadigan aniq ishlar (tadbirlar) belgilab olindi1.
Sud-huquq tizimini isloh qilishda, sudning mustaqilligini ta’minlashda
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi « 0 ‘zbekiston
Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-sonli
Farmoni
alohida ahamiyatga ega. U asosida mamlakatimizda Sudyalar oliy kengashini
tashkil etish ko‘zda tutildi. Bu 2017-yil 6-aprelda « 0 ‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashi to‘g ‘risida»gi Qonun qabul qilinib,
uning vazifasi sifatida
sudyalar mustaqilligini ta’minlash va shu maqsadda sudyalikka nomzod tanlash,
nomzodlar zaxirasini shakllantirish, tegishli sudlarga nomzodlar taqdim qilish
va ayrim pog‘ona sudyalarini lavozimga tayinlash belgilandi.
Dostları ilə paylaş: