2-§. Sud-huquq islohotlarining prokuratura organlari maqomiga ta’siri Mamlakatimizda olib borilgan sud-huquq sohasidagi islohotlar prokuratura
organlariga ham ta’sir qildi.
Mustaqillikka erishilib, taraqqiyot yo‘li belgilanar ekan, eng muhim vazifalar
qatorida:
«Barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning u stunligini, jamiyat m anfaatlari himoya qilinishi va a h olin in g xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etish. Q onuniylik va huquqiy tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom bo‘lmasa, qonunlar va an’analar hurmat qilinm asa, huquqiy davlatni tasavvur etib b oim ayd i»1, deb belgilandi.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarishda prokuratura organlarining bevosita
ishtiroki zarur edi.
Shundan kelib chiqib, prokuratura maqomi 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida
alohida XXIV bobda mustahkamlandi va Konstitutsiya qabul qilingandan keyin
(1992-yil dekabrda) «Prokuratura to‘g ‘risida» Qonun qabul qilindi.
Yangi jamiyat qurishning boshlanishi, har kim va har bir narsa qonunga
bo‘ysunishi Iozim bo‘lgan huquqiy davlat qurish maqsadi, jamiyatda qonun
boshqaruvning asosiy va ko‘p qirrali vositasiga aylanishi zarurligi, bu huquqni
muhofaza etuvchi organlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi anglanib,
shu organlar, jumladan, prokuratura to‘g ‘risidagi qonunlarni takomillashtirish
zarurati ko‘zga tashlanayotganligi Prezident tomonidan e’tirof etilganidan2 so‘ng
«Prokuratura to‘g ‘risida»gi Qonunni takomillashtirishga jiddiy kirishildi.
0 ‘zbekiston XXI asrga mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va
jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni amalga oshirish maqsadi bilan kirdi.
Endi barchaning qonun asosida yashashga o‘rganishi muhim bo‘lib qoldi. Sud-
1 Karimov I.A. 0 ‘zbekistonning o ‘z istiqlol va taraqqiyot y o ‘li. - Т.: « 0 ‘zbekiston*, 1992. 17-bet.