Bundan tashqari, Konstitutsiya va qonunga asosan, Konstitutsiyaviy sud
sudyalari deputat bo‘la olmaydilar, siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi
bo‘lishi va boshqa haq to'lanadigan lavozimni egallashi mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sud sudyasi Prezident oldida qasamyod qabul qiladi.
Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
- u jinoiy javobgarlikka tortilganida;
- sudyalik lavozimiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanganda;
- sudyaning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan u bedarak yo‘qolgan deb
hisoblanganda.
Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari quyidagi hollarda Oliy Majlis
Senatining qarori bilan muddatidan ilgari tugatiladi:
- sudyalik qasamyodini buzganda;
- iste’foga chiqish to‘g ‘risida
iltimos qilganda;
- unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan sudning ayblov hukmi bo‘lsa;
- sudya ogohlantirilgandan yoki uning vakolatlari to‘xtatilganidan keyin
ham o‘z vazifasiga to‘g ‘ri kelmaydigan faoliyatni davom ettirsa;
- uzoq davom etadigan kasallikka chalinsa;
- fuqarolikni yo‘qotsa.
Konstitutsiyaviy sudning sudyasi o‘z vakolatlari davrida almashtirilmaydi.
Konstitutsiyaviy sudyalar daxlsizlik huquqidan foydalanadi, ya’ni ular Senatning
roziligisiz, uning majlislari o‘rtasida Senat Kengashining roziligisiz jinoiy
javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan ma’muriy jazoga
tortilishi mumkin emas.
Sudyalarga nisbatan jinoiy ish faqat Bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atiladi.
Sudyani majburiy keltirish,
ushlab turish, shaxsiy ashyolari, yuki, transporti,
turar joyi yoki xizmat binosini ko‘zdan kechirish, tintuv qilish mumkin emas.
Umumiy yurisdiksiya sudlari Konstitutsiyaviy suddan farq qilib Oliy sud
va quyi pog‘onalarda (ma’muriy-huquqiy tuzilishlarda) tuziladigan sudlardan
iborat bo‘lib, ularning sudyalarini saylash, tayinlash tarkibi (oliy sud sudyalari
saylanadi, quyi sud sudyalari tayinlanadi) turlicha.
Respublika Oliy sudi raisi, o‘rinbosarlari, sudyalari Respublika Prezidentining
taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi va lavozimidan
ozod etiladi.
Viloyatlar va Toshkent shahar sudining raislari va rais o‘rinbosarlari, 0 ‘zbe-
kiston
harbiy sudining raisi, Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan
0 ‘zbekiston Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpog‘iston sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari Respublika
Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining, 0 ‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining xulosasi
asosida 0 ‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Jo‘qorg‘i
Kenges tomonidan tayinlanadi.
Qoraqalpog‘iston sudlarining sudyalari tumanlararo, tuman (shahar)
sudlarining raislari va sudyalari 0 ‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining
354
0 ‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Jo‘qorg‘i
Kenges tomonidan tayinlanadi.
Harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari,
tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari 0 ‘zbekiston
Prezidenti bilan kelishilgan holda Sudyalar oliy kengashi tomonidan tayinlanadi
va lavozimdan ozod etiladi.
Sudyalar birinchi
marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga
va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davrigacha belgilangan tartibda
tayinlanadi yoki saylanadi.
Sudya o‘z vakolat muddati davomida harbiy sudning, viloyat va Toshkent
shahar sudining sudyasi, tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va
sudyasi lavozimiga Sudyalar oliy kengashi tomonidan, Qoraqalpog‘istonda esa
Qoraqalpog‘iston sudiningsudyasi, Qoraqalpog‘iston tumanlararo, tuman (shahar)
sudining raisi va sudyasi lavozimiga 0 ‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining
taqdimnomasiga binoan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan qayta tayinlanishi mumkin.
Bunda bir sudning o‘zida sudyalik lavozimida bo‘lish muddati ikki yildan kam
bo‘lmasligi kerak.
Sudyaning qayta tayinlash masalasi
uning arizasiga asosan, Sudyalar Oliy
malaka hay’atining tavsiyasiga binoan kiritiladi.
Sudyaning vakolat muddati uning sudyalik lavozimida faoliyat yuritgan
umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar, qoidalar «Sudyalar to‘g‘risida»gi
Qonunning yangi tahririda 63, 631-moddalarda mustahkamlangan.
Qonun sudyalikka nomzodlar uchun tegishli talablarni ham belgilagan.
Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalari bo‘lib saylanuvchi nomzodlar oldiga
ham qonun bir necha talablarni qo‘yadi.
«Sudlar to‘g ‘risida»gi yangi tahrirdagi Qonunning 6I-moddasiga asosan,
o‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi
bo‘yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik
mehnat stajiga ega bo‘lgan, 0 ‘zbekiston fuqarosi fuqarolik ishlari bo‘yicha
tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar)
sudining, tumanlararo, tuman (shahar)
iqtisodiy sudining, tuman (shahar)
ma’muriy sudining, hududiy harbiy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumota ega va yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida yetti yillik,
qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan
0 ‘zbekiston fuqarosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat sudining,
Toshkent shahar sudining, Respublika harbiy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘n yillik,
shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga
ega bo‘lgan 0 ‘zbekiston fuqarosi Oliy sudning sudyasi bo‘lishi mumkin.
Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan
nomzodlar zaxirasida
turgan shaxslar belgilangan tartibda o‘qishi va stajirovkani o‘tashi shart. 0 ‘quv
355
va stajirovkani o‘tash davrida ular asosiy ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi
saqlangan holda o‘z mehnat vazifalarini bajarishdan ozod qilinadi.
Sudyalikka tayinlanadiganlar oldiga qo‘yiladigan talablarni sudya darajasiga
qarab: oliy yuridik ma’lumot, ma’lum joyda tegishli ish staji va fuqarolik deb
ko‘rsatish mumkin.
Sudyalar qasamyod qabul qiladi. Qasamyod yuqori sud organida qabul
qilinadi.
Sudyalarning mustaqilligi alohida kafolatlanadi. Shu asosda: sudyaga
nisbatan hurmatsizlik uchun javobgarlik; sud ishlariga aralashishga yo‘l
qo‘yilmaslik,
sudyalarning daxlsizligi;
sudyalarning vakolatini
to‘xtatish
va vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishning alohida tartibi belgilanishi;
sudyalarning
intizomiy javobgarligi; sudyalarning moddiy ta’minoti; sudya va
uning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalash choralari «Sudlar to‘g ‘risida»gi (yangi
tahrirda) Qonunda belgilangan.
Umumiy yurisdiksiya sudlari va xo‘jalik sudlari sudyalari ham boshqa haq
to‘lanadigan ishlarda ishlay olmaydi va siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: