Fan: Moliya
Guruh: 103
Yo’nalish: BANK ISHI VA AUDIT
Talaba:___________________
MUSTAQIL ISH
REJA
Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi, yo’nalishlari
O’zbekistonning moliyaviy siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari
Moliyaviy siyosatning mazmuni
Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Qisqa qilib aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifani bajarish uchun yetarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir obyekti hisoblanganijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to’g’risida so’z yurutiladi. Molliyaviy siyosat davlat faoliyatining nisbatan mustaqil sohasi bo’lib, bir vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatning amalga oshrishning muhim vostasi hisoblanadi.
Takror ishlab chqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo’naltriladigan maqsad va vazifalarning yechilishi moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif berish ham mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui, yig’indisi moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatning o’zga xos bo’lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga va iqtisodiy muvafaqqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko’rsatib turishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush darajasini oshishini ta’minlab va davlat daromadlarining niqdorni ko’paytirib, moliyaviy xo’jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin.
Moliyaviy siyosatning ana shunga yo’naltirilganligi orqali uning eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
Amaliyotda moliyaviy siyost moliyaviy tizim orqali amlag oshirlib, uning faoliyati quyidagi tamoyillar orqali tashkil etiladi.
Barcha moliyaviy muassalar funksiyalarining umumiyligi
Barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish
Moliyaviy siyosatning mazmuni va qamrab olishi mumkin bo’lgan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo’nalishlarining umumiy kompleksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasi( uning maqsadlarini, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish
makodarajada va bozor iqtisodiyotining subyektlari darajasida iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo’lgan dinamik holdaagi moliya mexanizmini yaratish
Markazlashtrilgan va markazlashtirilmagan resuralar va moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo’yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish