qo‘yish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorining
ruxsati yoki sudining qarori bilan amalga oshiriladi.
6. Sudda ishlarning oshkora ko'rilishi. Konstitutsiyaning 113-moddasida:
«Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi», - deb mustahkamlangan. Ishlarni
yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Oshkoralik prinsipi sudlarda muhim ahamiyatli ishlarni ko‘rishda ommaviy
axborot vositalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishida ham ko‘rinadi. Suddagi
qabul qilingan qaror va hukmlar haqida OAVda xabarlar berib boriladi.
7.
Sud
hujjatlarini
bajarishning
hamma
uchun
majburiyligi.
K onstitutsiyaning 114-moddasida: «Sud hokimiyati
chiqargan hujjatlar
barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, m uassasalar,
tashkilotlar, m ansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir», -
deyilgan. Bu sud hujjatlariga kuchli maqom berilganligini ko‘rsatadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasida sud hujjatini
ijro etm aslik uchun javobgarlik belgilangan. Unga asosan, sud hujjatini
bajarishdan bo‘yin tovlashni m a’muriy jazo qo‘llanilganidan
keyin davom
ettirish, shuningdek, sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilganlik
uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
2001-yil 22-sentabrda Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan Adliya vazirligi
huzurida Sud qarorlarining ijro etilishi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan
va moliyaviy ta’minlash Departamenti tashkil etilishi ham sud faoliyatining shu
prinsipini yanada yaxshiroq ta’minlashni nazarda tutgan.
8. Sudlarda ish yuritish tilini tanlash prinsipi. Sud ishlarida ishtirok etuvchi
fuqarolarning huquqlari har jihatdan ta’minlanadi. Buning uchun Konstitutsiya
va qonunlarda yetarli qoidalar mavjud. Buni sud
yuritishda amal qiladigan
prinsiplar ham ko‘zda tutadi.
Fuqarolar huquqini ta’minlashda muhim vosita - sud ish yuritishda til
tanlash masalasidir.
Konstitutsiyaning 115-moddasida, fuqarolar ta’minlovchi vositalardan biri
sifatida, sud ishlari yuritilgan til masalasi hal qilingan. Unga ko‘ra, « 0 ‘zbekiston
Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan
joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlarini olib
borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali
ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda
sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi», - deb belgilangan. Demak, sud
ishlarini yuritishda hech qanday tilga imtiyoz berilmaydi.
9.
Ayblanuvchini
himoya
bilan
ta’minlanish
huquqi.
Bu
prinsip
Konstitutsiyaning 116-moddasida mustahkamlangan. Unga ko‘ra, ayblanuvchi
himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning
har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.
Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga
yuridik yordam berish uchun
359
advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi
qonun bilan belgilanadi.
Ayblanuvchining huquqini himoya qilishni kuchaytirish, uning uchun
himoyachini sud jarayonida prokuror bilan teng huquq asosida qatnashishini
ta’minlashga, sud-huquq islohotlari davomida alohida e’tibor berildi.
Ikkinchi chaqiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi
sessiyasida so‘zlagan ma’ruzasida I.A. Karimov
Dostları ilə paylaş: