4. Tumanlar va shaharlar prokuraturalari.
5. Viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi
harbiy prokuraturasi, 0 ‘zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi.
6. Tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan
harbiy okruglar, hududiy
harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar.
7. 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘limlari.
8. 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro
byurosi va uning joylardagi bo‘limlari.
Sharoitdan kelib chiqib, ijtimoiy munosabatlarni
vujudga kelishi va yangi
vazifalarni paydo bo‘lishi prokuratura tizimiga, uning tarkibiy tuzilmalariga
o‘zgartirish kiritishga olib kelishi mumkin. «Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning
alohida tarkibini joriy etish orqali turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g ‘risida»gi 2020-yil 28-avgustdagi
Prezident Farmoniga asosan, Bosh
prokuratura tizimida «Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan
nazorat hamda yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‘yicha
ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etish belgilandi»1.
Barcha prokurorlarning vakolat muddati besh yil.
Konstitutsiyaga binoan 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Prezident
tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi (93-moddaning
12-bandi), bu haqdagi Prezident farmoni Oliy Majlis Senati tomonidan
tasdiqlanadi (80-moddaning 6-bandi).
Bosh prokuror o‘rinbosarlari ham Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi
va lavozimdan ozod qilinadi2. Bosh prokuratura huzuridagi departament va
byuro
direktorlari ham Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod
qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy vakillik
organi tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlarning prokurorlari, Toshkent shahar prokurori,
tuman va shahar
prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlar 0 ‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Barcha
prokurorlarning vakolat muddati besh yil.
0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura tizimiga kiruvchi barcha prokurorlar
faqat tayinlash yo‘li bilan lavozimni egallaydi. Bu prokuratura organlarining
boshqa davlat organlaridan farqini ko‘rsatuvchi xususiyat hamdir.
Respublika Bosh prokurorini tayinlashda
va lavozimidan ozod etishda
Prezident va Oliy Majlisning Senati ishtirok etadi: unda Prezidentning Bosh
Dostları ilə paylaş: