- kredit (davlat krediti va bank krediti);
- mulkiy va shaxsiy sug‘urta.
0 ‘zbekiston Respublikasi moliya tizimining har bir bo‘g ‘ini u yoki bu ijtimoiy
ehtiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallangan turli pul jamg‘armalarini tashkil etish,
taqsimlash va ulardan foydalanishga qaratilgan o‘ziga xos vazifalarni bajaradi.
0 ‘zbekistonning davlat budjeti moliya tizimining markaziy bo‘g ‘ini bo‘lib,
uning yordamida davlatning markazlashtirilgan pul jam g‘armasi tashkil etiladi.
Davlat budjeti moliya tizimining boshqa bo‘g ‘inlari bilan o‘zaro uzviy bog‘liq
bo‘lib, muvofiqlashtiruvchi markaz vazifasini bajaradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tarkibiy qismi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar hisoblanadi.
Mahalliy budjetlar bozor
islohotlarining barcha bosqichlarida davlat tomonidan olib borilayotgan kuchli
ijtimoiy siyosatning vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatning Davlat budjetida davlat maqsadli jam g‘armalari ham
to‘plangan bo‘lib, ular yordamida 0 ‘zbekiston fuqarolarining pensiya ta’minoti,
xususiylashtirish jarayonlarini rivojlantirish, aholini ish bilan band etish va
boshqa masalalar hal etiladi.
Kredit yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan mablag‘larini
kredit resurslariga jalb etish, ularni qaytarish va foizlar to‘lash sharti bilan
foydalanuvchilarga berish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos moliyaviy munosabatlar
majmuidir.
Davlat krediti vaqtincha davlat tasarrufiga tushadigan va iqtisodiyotni
rivojlantirish, budjet taqchilligi va boshqa ehtiyojlarning ustuvor yo‘nalishlarini
moliyalashtirish
uchun
foydalaniladigan
qo‘shimcha
pul
mablag‘larining
to‘planishini ta’minlaydi. Davlat kreditida davlat - qarz oluvchi, yuridik va
jismoniy shaxslar esa - qarz beruvchi (kreditor)lar sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat krediti vositasida yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb
etish turli shakllarda, avvalo, davlat zayomlari, pul majburiyatlari va boshqa
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularni joylashtirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Bozor munosabatlari rivojlanishi va qimmatli qog‘ozlar
bozorining
yuzaga kelishi sharoitida davlat kreditining muhim shakli yuridik shaxslar
orasida joylashtiriladigan davlat qisqa muddatli zayomlari hisoblanadi.
Pul tizimi - bu respublikada pul muomalasini reja asosida tashkil qilishdagi
shakl va usullarni huquqiy normalar bilan tartibga solishdir. Pul tizimi rasmiy
pul birligini, har xil turdagi davlat pul belgilarini, muomalaga pul chiqarish
tartibi va uni ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e’lon
qilingan
« 0 ‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g ‘risida»gi
Farmoniga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab 0 ‘zbekiston Respublikasining
milliy valyutasi - «So‘m» muomalaga kiritildi.
374
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
122-moddasining
ikkinchi
bandi 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga bag‘ishlangan bo‘lib,
0 ‘zbekistonning Davlat
budjeti
respublika
budjetidan,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iborat ekanligi ko‘rsatiIgan.
2000-yil 14-dekabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan
bizning respublikamizda birinchi marta budjetga oid qonun, ya’ni 0 ‘zbekiston
Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risidagi»gi Qonuni qabul qilindi. 2013-yil
26-dekabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi qabul qilinishi bilan
yuqoridagi qonun o‘z kuchini yo‘qotadi va 0 ‘zbekiston Respublikasida budjetga
oid barcha masalalar mazkur qonunga asosan hal qilinadi.
Davlat budjeti
loyihasini o‘z ichiga olgan Budjetnoma 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan tayyorlanadi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
joriy yilning 15-sentabriga qadar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasi loyihani keng
muhokamadan o‘tkazib, ma’qullangandan so‘ng, joriy yilning 15-oktabriga qadar
0 ‘zbekiston Respublikasi Hisob Palatasi xulosasi bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy majlisi palatlariga kiritadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan
budjetnoma 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan
ko‘rib chiqiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
palatalari soliq va budjet
siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, prognoz yil uchun Davlat budjetini, davlat
maqsadli jamg‘armalarining budjetlarini hamda kelgusi ikki yilga oid budjet
mo‘ljallarini qabul qiladi.
Davlat budjeti - bu davlat hokimiyati vakillik organi tomonidan
tasdiqlanadigan markazlashgan pul fondlarining tashkil topishi, taqsimlanishi
va foydalanishning asosiy moliyaviy rejasi bo‘lib, davlatning
barcha vazifalari va
funksiyalarini ta’minlashga xizmat qiladi. 0 ‘zbekistonning Davlat budjeti ikki
qismdan: daromadlar va xarajatlardan iborat.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat
budjeti ijrosini nazorat qilishni amalga oshirish chog‘ida:
- turli darajadagi budjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi;
- turli darajadagi budjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g ‘risida soliq va
bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlardan
axborotlar oladi.
Budjet mablag‘lari oluvchidan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning
tushumi va sarfi to‘g ‘risida ma’lumotlarni talab qilib oladi:
- qonun hujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag‘lari xarajati
to‘g ‘risida ma’lumotlar oladi;
- budjet mablag‘lari oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘z
vakolatlari
doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan o‘tkazadi.
Dostları ilə paylaş: