Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik
shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini
tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.
Prokuror o‘ziga
tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini
zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga,
korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish
hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga,
tekshirish
natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga ega.
Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning
murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha prokuror qaror qabul qiladi, bu
qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va
shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan
keyin prokuratura organlarida. ular bo‘yicha ish yuritish tugatiladi,
yangi
ochilgan holatlar bundan mustasnodir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar
jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini ta’minlash maqsadida tezkor:
qidiruv faoliyatini, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli
organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar faoliyatini
muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi,
ishchi
guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan, statistika
ma’lumotlarini talab qilib oladi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni
amalga oshiradi.
0 ‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
prokurori tegishincha 0 ‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida belgilangan tartibda
ishtirok etish huquqiga ega.
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari hamda
ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati
va boshqaruvning tegishli
quyi organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
Prokurorning qonunlar ijrosi ustidan
nazorati; fuqarolarning huquqlari
hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorati; jinoyatchilikka qarshi
kurashishni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi
ustidan nazorati; ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida
jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida
qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorati bo‘yicha vakolatlari hamda sudlarda
ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlari «Prokuratura to‘g ‘risida»gi Qonunda
batafsil belgilab qo‘yilgan.
Prokuratura organlari o‘z vazifalarini erkin, hech kimning ta ’sirisiz
olib borishi uchun prokuratura xodimlarining
daxlsizligi ham qonunda
3 6 8
belgilangan. Unga asosan, prokuror yoki tergovchiga nisbatan jinoyat ishi
qo‘zg‘atish va dastlabki tergov o‘tkazish prokuratura organlarining mutlaq
vakolati hisoblanadi.
Prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarlik va intizomiy
nojo‘ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror
tomonidan hal etiladi.
Shuningdek, qonunda prokuratura xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti
masalalari, prokuratura organlari xodimlarini hamda ularning oila a’zolarini
ijtimoiy himoyalash choralari belgilangan.
Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi
bor tayinlanayotgan shaxs
qasamyod qabul qiladi.
Prokuratura xodimlari ham sudyalar kabi deputat bo‘la olmaydi, siyosiy
Dostları ilə paylaş: