XXVIII bob.
MOLIYA VA KRED IT
l-§. 0 ‘zbekistonning moliya va pul-kredit tizimi
Konstitutsiya nafaqat siyosiy tizim, hokimiyat tizimi va ular bilan bog‘liq
huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, u iqtisodiy tizim va u bilan bog‘liq
munosabatlarni, davlat iqtisodining asosiy manbalari:
moliya tizimi, pul-kredit
tizimi, soliq tizimining asoslarini ham tartibga soladi.
Moliya tizimi, pul-kredit tizimi, soliq tizimini,
budjet masalasi, bank tizimini
tartibga solish zamonaviy Konstitutsiyalarga xos xususiyatdir.
Hech qanday davlatning yetarli mablag‘i bo‘lmasa, mablag‘ keladigan
manbalari bo‘lmasa, demokratiya o‘rnatish, aholining farovon turmush tarzini
ta’minlash
u yoqda tursin, tez orada davlat barbod bo‘ladi.
Jahonda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy inqirozlar moliya tizimini, soliq tizimini,
bank tizimini juda ehtiyot bo‘lib, iqtisodiyot qonunlariga amal qilib tashkil etish
zarurligini ko‘rsatdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z
mustaqilligiga erishib, o‘z taraqqiyot yo‘lini
belgilar ekan, samarali va ishonchli moliya, pul-kredit, soliq, bank tizimini
shakllantirishni maqsad qilib qo'ydi va ularning
asoslarini Konstitutsiyada
mustahkamladi. Har qanday davlatning mustaqiliik belgilaridan biri ham o‘z
moliya va pul-kredit tizimiga ega bo‘lishidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXV bobi moliya va kredit
tizimiga bag‘ishlanib, 122-moddada: « 0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va
pul-kredit tizimiga ega», - deb belgilab qo‘yilgan. 0 ‘zining moddiy mazmuniga
ko‘ra davlat moliyasi pul mablag‘lari jamg‘armasini aks ettiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy
Majlisga
Murojaatnomasida
Dostları ilə paylaş: