Bulardan qaysilari umumdavlat soliqlari va majburiy to‘lovlar bo‘lishi,
qaysilari mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo‘lishi kodeksning shu
moddasida belgilab qo‘yilgan.
Soliqlarni joriy qilish - bu hokimiyatning qonun chiqaruvchi organi bo‘lmish
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolatidir. 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 123-moddasida: «Soliqlarni joriy qilishga faqat 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi haqli», - deb yozib qo‘yilgan.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘lishi uchun quyidagi elementlar
bo‘lishi shart:
- soliq solish obyekti;
- soliq solinadigan baza;
- stavka;
- hisoblab chiqarish tartibi;
- soliq davri;
- soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
- to‘lash tartibi.
Soliq qonunida bu elementlarning bo‘lmasligi yoki noaniq ifodalanishi soliq
munosabatlarida chalkashliklarning yuzaga kelishiga, qonun oldiga qo‘yilgan
vazifalarni to‘liq bajarilmay qolishiga sabab bo‘ladi.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
100-moddasida
mahalliy
davlat hokimiyatlarining mahalliy soliqlar va yig‘imlarni belgilash vakolati
mustahkamlangan. Budjet kodeksi 27-moddasi va «Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g ‘risida» qonuni 24-moddasida mazkur vakolat aniqlashtirilgan bo‘lib unga
ko‘ra, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari mahalliy soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan
miqdorlar doirasida belgilaydi. Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida» qonuni
24-moddasiga binoan hokimlarga qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida
soliqlar bo'yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga
oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib
boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish vakolati berilgan.
2018-yil 29-iyun « 0 ‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish
konsepsiyasi to‘g ‘risida»gi Prezident Farmoni, mamlakatimiz soliq tizimini
tubdan takomillashtirishni nazarda tutdi. Shu asosda Soliq kodeksiga kiritilgan
o‘zgartirishlar soliq yukini kamaytirishiga, soliq ma’muriyatchiligini jahon
talablari darajasida tashkil qilishga olib keladi. Bu esa fuqarolar daromadini,
xususiy tadbirkorlar daromadlarini oshishiga, shu bilan birga davlat budjetini
oshishiga olib keladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida
Dostları ilə paylaş: